Kirish kimyoviy elementlar er po’stida sof xolatda deyarlik uchramaydi, ular doimiy tarkibga EGA bo’lgan kimyoviy birikmalar xosil qiladi



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə35/65
tarix16.06.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#131378
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   65
амалиёт

Struktura. Mayda cho'kindi jinslarning strukturasi ko'proq mikroskopik belgi bo'lib, asosan shliflarda mikroskop ostida o'rganiladi. Yirik bo'lakli jinslarning tuzilishi esa oddiy ko'z bilan kuzatiladi.
Bo'lakli jinslarning strukturasi quyidagi turlarga bo'linadi:
1. Psefitli (yirik bo'lakli) struktura. Bo'laklarning o'lchami 2 millimetrdan katta.
2. Psammitli (o'rta bo'lakli) struktura. Bo'laklar 0,1-2 mm at­rofida.
3. Alevritli (mayda bo'lakli) struktura. Donalar 0,01-0,1 mm.
4. Pelitli struktura. Zarrachalar 0,01 mm dan kichik.
Bo'lakli jinslar bo'shoq va sementlangan bo'lishi mumkin. Sement­langan jinslarda bo'lak donalaridan tashqari sement ham uchraydi. Sement materiallari karbonatlar, temir gidrooksidi, gips, kremne­zyom va fosfat minerallari, gil va boshqa moddalardan tashkil topgan. Sement bilan bo'laklarning o'zaro miqdoriga ko'ra sementlanish bir necha turga bo'linadi:
Kimyoviy usul bilan hosil bo'lgan jinslarda donalarning shakli va katta-kichikligi minerallarning kristallanish kuchiga va eritma­larning konsentratsiyasiga bog'liq. Kimyoviy tog' jinslarida donalar­ning katta-kichikligiga qarab strukturalar quyidagi turlarga bo'li­nadi.
1. Dag'al donali strukturada donalar 1 mm dan katta bo'ladi.
2. Yirik donali - 0,25 - 1,0 mm.
3. O'rta donali - 0,1 - 0,25 mm.
4. Mayda donali - 0,05 - 0,1 mm.
5. Mikrodonali - 0,05 - 0,01 mm.
6. Afanitli - 0,01 - 0,001 mm.
7. Kolloidalli - 0,001 mm dan kichik.
8. Oolitli strukturada donalar asosan ellipsoid shaklida bo'ladi.
Biogen tog' jinslarining strukturasini turlarga bo'lganda fau­na va floraning saqlanish darajasi hisobga olinadi. U ikki turga bo'linadi:
1. Bimorf strukturali jinsda fauna va flora juda yaxshi saqla­ngan bo'lib, u organizmlarning hayot faoliyati joyida to'planadi.
2. Detritusov strukturarali jinsda fauna va flora bo'lak ho­lida uchraydi. Bunga sabab, dengiz suvi oqimi ta'sirida ular bir joydan boshqa joyga ko'chirilishi jarayonida maydalanadi.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin