Kirish kimyoviy elementlar er po’stida sof xolatda deyarlik uchramaydi, ular doimiy tarkibga EGA bo’lgan kimyoviy birikmalar xosil qiladi



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə36/65
tarix16.06.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#131378
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   65
амалиёт

Tekstura. Zarralarning o'zaro joylanishlariga qarab cho'kindi tog' jinslari orasida quyidagi teksturalar uchraydi: a) tartibsiz tekstura - jinsni tashkil etgan material betartib joylashgan, ya'ni aralashgan holatda bo'ladi. Bunday tekstura muz yotqiziqlariga - morenalarga, konglomeratlarga va boshqalarga xosdir; b) varaqsimon va (qat-qat teksturalar) qat-qatlik yuza bo'ylab turli kattalikdagi donalar tez-tez almashinib turganligidan jins yupqa-yupqa varaqchalarga ajraladi; d) cherepitsasimon tekstura (varaqsimon teksturaning bir xili). Jins donalari osonlikcha yupqa, mayda taxtachalarga, ko'pincha bir-birini qoplaydigan cherepitsalarga ajraladi. e) yo'l-yo'l tekstura - qatlamlar yuzasi deyarli parallel yoki to'lqinsimon buriladi va asta-sekin yo'qolib ketadi. Ko'pincha cho'kindi jinslarning qat-qatligi va boshqa tuzilish xususiyati kichik jins bo'laklarida yaxshi ko'rinmay bir butun qatlamda yaqqol ko'zga tashlanib turadi. Bularni makrotekstura deb yuritiladi.
Ko'pchilik cho'kindi jinslarning eng muhim belgisi bo'lgan qatlamlilik shu teksturaga kiradi. Qatlamlanish cho'kindi jinslar dengiz va chuchuk suv havzalarida yoki quruqlikda hosil bo'lgan qatlamlangan jinslarda kuzatiladi. Bunday sharoitda hosil bo'ladigan qatlamlan­gan jinslarning mineral tarkibi ham, donachalarning o'lchami ham o'zgaradi. Mineral tarkibining o'zgarishi esa jins rangining o'zgarishiga sabab bo'ladi.
Agar cho'kindilar tinch sharoitda to'plansa, to'g'ri yoki gorizontal qatlamlanish hosil bo'ladi. Bu esa to'plangan materialning tarkibi ancha katta maydonda o'zgarmaganligini ko'rsatadi. Agar cho'kindi shamol yoki suv oqimlari yordamida cho'ksa, qiyshiq yoki kesib o'tuvchi to'rsimon qatlamlanish vujudga keladi.

5. Cho'kindi jinslar qanday hosil bo'ladi?


6. Cho'kindi jinslar necha turga bo'linadi?
7. Cho'kindi tog' jinslarida qanday stukturalar mavjud?
8. Cho'kindi tog' jinslarida qanday teksturalar mavjud?
9. Jinslarning qanday g'ovaklik darajasi bor?
10. Jinslarning rangi nimalarga bog'liq?






Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin