Kirish kimyoviy elementlar er po’stida sof xolatda deyarlik uchramaydi, ular doimiy tarkibga EGA bo’lgan kimyoviy birikmalar xosil qiladi



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə38/65
tarix16.06.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#131378
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   65
амалиёт

G'ovaklik. Cho'kindi tog' jinslaridagi g'ovaklik juda katta amaliy ahamiyatga ega bo'lib, (neft geologiyasida, gidrogeologiyada va muhandislik geologiyasida) juda muhim tashqi belgilardan biri hisoblanadi. G'ovaklik bir necha xil omillarga bog'liqdir. Bularga jins tashkil qiluvchi donachalarning kattaligi, sement­ning miqdori va zichligi (ayniqsa qum-toshlar uchun) va jinsning ayrim qismi va uni tashkil qilgan zarrachalarni eritmalarda yuvilishi (ohaktoshlar, dolomitlar va boshqalarda) kiradi. Jinslarni g'o­vaklik darajasiga qarab quyidagicha ajratish mumkin:
a) zich jinslar - g'ovaklari oddiy, ko'zga ko'rinmaydi;
b) mayda g'ovakli jinslar - g'ovaklari mayda-mayda
ko'rinadi;
d) yirik g'ovakli jinslar - g'ovaklari 0,5-2,5 mm;
e) ilma-teshik (kavernoz) g'ovak jinslar (ko'pincha ohaktoshlarda va dolomitlarda uchraydi) - katta kovakla­ri murakkab bo'shliqqa o'xshaydi. Ular erib ketgan chig'anoqlarni, shuningdek jinsning ayrim qismlarida saqlanib qolgan bo'shliqlarni eslatadi. Jinsning hajm birligi, uning g'ovaklik darajasiga bog'liqdir.
Bo'lakli jinslarning tasnifi bo'laklarining katta-kichikligiga, shakli va qanchalik sementlanganligiga asoslangan. Bu belgilar jinslarning tashqi ko'rinishini belgilash bilan bir vaqtda, ularning hosil bo'lish sharoitini ham aks ettiradi
Cho'kindi bo'lakli jinslar bo'laklarining kattaligiga qarab quyidagi asosiy guruhlarga bo'linadi (4- jadval).
a) dag'al bo'lakli (psefit) jinslarni bo'laklari 2 mm dan katta ;
b) qumli (psammit) jinslar zarrachalari 2 mm dan 0,1 mm gacha bo'ladi;
d) alevritda zarrachalar 0,1 mm dan 00,01mm gacha bo'ladi;
e) gilli (pelit) jinslarning zarrachalari 0,01 mm dan kichik bo'ladi.
Bo'laklarning shakli va kattaligiga qarab jinslarning turlarga bo'linishi

Bo'laklarning o'lchami, mm

Bo'laklari yumaloqlangan jinslar

Bo'laklari yumaloqlanmagan jinslar

10 dan katta

Shag’al (bo'shoq), konglomerat

Sheben (bo'shoq), brekchiya

2-10

Graviy (bo'shoq), gravelit



Dresva (bo'shoq), dresvyanka

0,1-2



Qum, qumtosh

0,01-0,1

Alevrit, alevrolit

0,01 dan kichik

Gil, argillit
4-jadval



Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin