Kirish kimyoviy elementlar er po’stida sof xolatda deyarlik uchramaydi, ular doimiy tarkibga EGA bo’lgan kimyoviy birikmalar xosil qiladi



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə40/65
tarix16.06.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#131378
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   65
амалиёт

Alevrit va alevrolit
Alevrit bo'shoq jins bo'lib, uning sementlangan turini alevro­lit deyiladi. Ularning kelib chiqishi, tarkibiy qismi qum va qumtoshlar­ga o'xshash bo'lib, ulardan jins tashkil qiluvchi bo'laklarning maydali­gi (0,01- 0,1 mm) bilan farq qiladi. Ular donalarning katta-ki­chikligiga qarab yirik (0,05 - 0,1 mm) va mayda (0,05 - 0,1 mm) donali, mineral tarkibiga ko'ra - monomineral, oligomiktli va po­limiktli turlarga bo'linadi.
Gil
Gillar cho'kindi jinslar orasida keng rivojlangan bo'lib, kishi hayoti uchun katta ahamiyatga ega. Ular fizikaviy xususiyatlari, ho­sil bo'lishi va mineral tarkibiga ko'ra tasniflanadi. Fizikaviy xu­susiyatiga ko'ra ular ikki turga bo'linadi: gil va argillit.
Gil suvda ivib yopishqoq, xamirsimon modda hosil qiladi va o'ziga berilgan shaklni saqlab qoladi. Xumdonda qizitilganda toshdek qattiq va pishiq holga keladi. Gil yuqori darajada umumiy (50-60% ) va past effektiv g'ovaklikka ega, o'tkazuvchanlik xususiyatiga ega emas. Argillit suvda bo'kmaydi. U gilning zichlanishi, mikrog'ovak­larning kamayishi (1-2%), kolloidal cho'kmalarning suvsizlanishi, gil mi­nerallarining qayta kristallanishi, gravitatsion yoki tektonik bosim va boshqa jarayonlar ta'sirida hosil bo'ladi.
Gillar hosil bo'lish sharoitiga ko'ra ikki turga bo'linadi: bo'lakli va kimyoviy. Bo'lakli gillar tog' jinslarining fizikaviy yemiri­lishi va qayta yotqizilishi mahsulidir. Jinsni tashkil qiluvchi bo'laklarning kattaligi 0,01 mm dan kichik bo'ladi. Ular daryo, ko'l, botqoqlik, laguna va dengiz sharoitida hosil bo'ladi. Kimyoviy gil­lar jinslar kimyoviy nurash mahsulotlarining suv havzalarida cho'kma­ga tushishidan hosil bo'ladi. Ular murakkab tarkibli bo'lib, gilsimon minerallardan (kaolinit, gidroslyuda, montmorillonit va boshqalar) tashqari temir gidrooksidi, karbonatlar, sulfatlar va boshqa auti­gen minerallarda uchraydi. Jinsni ikkinchi darajali qismini alevrit va qum donachalari tashkil qiladi. Ularning miqdori ayrim hollarda 50 % gacha yetadi. Gilsimon minerallarning necha turi jins tarkibida uchrashiga asoslanib, oligomiktli, polimiktli gillarga bo'linadi.
Oligomiktli gillarda bir gil minerali ( 80-90 % ) ko'proq uch­raydi. Ular orasida gidroslyudali, kaolinitli va montmorillonitli turlari keng tarqalgan.
Gillar boshqa cho'kindi jinslardan eguluvchanlik xossasi bilan ajralib turadi. Bu xususiyat gillarning montmorillonit turiga ko'proq xosdir. Gidroslyudali gillar sariq-yashil, kulrang, jigarrang yoki qo'ng'ir tusdagi jinsdir. Bu gilllarda ko'p miqdorda boshqa mineral bo'laklari uchrashi mumkin. Gillar strukturasi pelitli. teksturasi qatlamli va qatlamsiz bo'ladi. Qat­lamli tekstura keng tarqalgan bo'lib, ular ko'proq gorizontal qat­lamlidir. Qatlamsiz teksturaning quyidagi turlari mavjud: xol-xol, setkasimon, konglomeratsimon, brekchisimon va boshqalar.
Gillarning yotish sharoiti turlicha. Ular har xil qalinlikdagi va uzunlikdagi qatlamlar va linzalar hosil qiladi. Gillar tog' yonbag'rida, soylarda, daryo vodiylarida va dengizning shelf qismida hosil bo'ladi.


Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin