Kirish kimyoviy elementlar er po’stida sof xolatda deyarlik uchramaydi, ular doimiy tarkibga EGA bo’lgan kimyoviy birikmalar xosil qiladi


Yirik bo'lakli jinslar - psefitlar



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə39/65
tarix16.06.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#131378
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   65
амалиёт

Yirik bo'lakli jinslar - psefitlar
Psefitlarga fizik nurash mahsulotlarining hisobiga hosil bo'l­gan bo'shoq (graviy, dresva, shag'al, sheben) va sementlangan (gra­velit, dresvyanka, konglomerat va brekchiya) jinslar kiradi. Bu jinslarning strukturasi psefitli bo'lib, sementlanish turi har xil bo'ladi. Sement tarkibida karbonat, kremopal, fosfat, temir mine­rallari, gil va qum bo'lishi mumkin. Jinsning teksturasi ko'proq tar­tibsiz va kamroq qatlamsimon. Yirik bo'lakli jinslar har xil qa­linlikda qatlam va linza shaklida yotadi.
Konglomerat va shag'al yirik bo'lakli jinslar orasida keng tarqalgan bo'lib, silliqlangan bo'laklardan (10-100 mm) tashkil top­gan. Konglomeratlar sekin-asta brekchiyaga va gravelitga o'tib bora­di. Ular hosil bo'lish sharoitiga ko'ra dengiz, daryo, tog'oldi va mo­rena turlarga bo'linadi.
Dengiz shag'al va konglomeratlari dengiz to'lqinlarini qirg'oqqa urilish joylarida, daryoni dengizga quyulish joyida va tez oqadigan suv osti oqimlari yo'lida hosil bo'ladi. Bu jinslarga bo'laklarning yax­shi silliqlanganligi va ularning katta-kichikligi bir xilligi xosdir. Dengiz konglomeratlarining geologik kesimda uchrashi cho'kindi­larning hosil bo'lish vaqtida uzilish bo'lganligidan dalolat beradi. Ularning qalinligi uncha katta bo'lmaydi. Konglomeratlar cho'kindi qat­lamlarning ostki qismida joylashgan bo'lib, bazal gorizontlarini hosil qiladi, shu sababdan ularni bazal konglomeratlari deyiladi.
Kontinental konglomeratlarni geologik kesimda uchrashi jins hosil bo'lish davrida yosh va baland tog'larni kuchli suv oqimlari yuv­ganligini ko'rsatadi. Tog'oldi hududlarida konglomerat qatlamlari­ning qalinligi bir necha yuz metrga, ayrim davrlarda ming metrgacha yetishi mumkin. Bo'laklarni o'rganish natijasida birlamchi jins nuragan yerni, bo'laklarni qayta yotqizilishi uchun ta'sir etuvchi omilni, qatlamlar­ning yoshini aniqlash mumkin. Tog' jinsining tarkibida gil bo'laklari bo'lib, ular qirrali bo'lsa, bo'laklar bilan ta'minlovchi birlamchi jinsning yaqinligini ko'rsatadi.
Ko'l va flyuvio-glyatsial shag'al va konglomeratlar kam rivojlan­gan. Dag'al bo'lakli jinslarning o'ziga xos turlaridan biri konglome­rat va brekchiya oralig'idagi jins tillit - muzlik morena yotqizig'idir. Jinsning 80% gacha qismi tartibsiz joylashgan shag'al, shchebendan tortib to valun va glibalargacha bo'lgan bo'laklardan tashkil topgan. Yirik bo'laklar oralig'ida qum-gil bo'laklari uchraydi. Tillitni muz­lik yotqizig'i ekanligini ko'rsatuvchi asosiy belgi yirik bo'laklarda­gi shtrixlar va tirnalishlarning borligidir.
Shcheben va brekchiya. Bu jinslar kam tarqalgan bo'lib, sekin-asta shag'al, konglomerat, dresva va dresvyankaga o'tib boradilar. Brekchiya­ni o'rganish katta amaliy ahamiyatga ega, chunki jinsning struktura va teksturasiga qarab ularning hosil bo'lish sharoitini aniqlash mumkin. Brekchiya hosil bo'lish sharoitiga ko'ra bir necha turlarga bo'linadi.
1. Vulkanogen brekchiya. U vulqonlarning otilish jarayonida jins­lar bo'laklarga bo'linib ketishidan hosil bo'ladi. Brekchiyaning bu turini jins tarkibida tufogen materiallarning ko'pligidan aniqlab olinadi.
2. Tektonik brekchiyaga bo'laklarning bir xilligi, ishqalanish yuzasi va shtrixlarning borligi xosdir.
3. Tuz gumbazlarining brekchiyasi. Bu jinslarga har xil gori­zont cho'kindi qatlamlarini jimjimador ezilishi va siljishi xosdir.
4. Fizik nurash brekchiyasi har xil katta-kichiklikdagi tub joy jinslarining qirrali bo'laklari borligi bilan ajralib turadi.
5. Surilma brekchiyasiga tub joy kesimlaridagi yumshoq va plas­tik jinslarning bo'laklari borligi xosdir.
6. Muzlik brekchiya sekin-asta konglomeratga o'tib boradi. Brekchiyaning bu turiga bo'laklarda shtrixlar hamda silliqlanish iz­lari borligi va ularning tarkibi har xilligi xosdir.
Graviy va dresva bo'shoq, gravelit va dresvyanka sementlangan zich jins bo'lib, ular 2 dan 10 millimetrgacha bo'lgan bo'laklardan tashkil topgan. Gravelit silliqlangan, dresvyanka esa qirrali bo'laklardan tashkil topgan bo'lib, ular sekin-asta konglomerat va brekchiyaga o'tib boradilar.
Qum (bo'shoq) va qumtoshlar (sementlangan) -psammitlar donalarning katta-kichikligiga qarab: a) dag’al donali (2-1 mm); b) yirik donali (0,5-1 mm); d) o'rta donali (0,5-0,25 mm); e) mayda donali (0,25 dan 0,1 mm gacha) turlarga bo'linadi. Jinslarning teksturasi tartibsiz, qatlamli, strukturasi psammitli.
Qumtoshlarning tarkibi har xil bo'lib, bo'laklar asosan kvars, ortoklaz, mikroklin, plagioklaz, kamroq slyudalar va boshqa mine­rallardan tashkil topgan. Aksessorlar sirkon, apatit, sfen, turma­lin, granat, ma'danli minerallardan magnetit, gematit uchrashi mumkin.
Sementning tarkibida har xil minerallar uchraydi: gil minerallari (kaolinit, montmorileo­nit), karbonatlar (kalsit, dolomit, kamroq siderit), kremniy minerallari, temir oksidlari va kamroq xlorit, seolit, fosfat va sulfat guruhiga kiruvchi minerallar. Ko'pincha qumtosh­lar tarkibida organik qoldiqlar-ko'mirsimon va bitum moddalari uchrashi mumkin.
Qum va qumtoshlarning mineralogik tasnifi bo'lak donalarining tarkibiga asoslanadi. Bu belgiga qarab ular monomineralli, oligo­miktli va polimiktli turlarga bo'linadi. Monomineral qumlar bir mineraldan tashkil topadi. Ularga keng tarqalgan kvars va kam uchraydigan dala shpatli, glaukonitli qum va qumtoshlar kiradi. Oligo­miktli jins asosan ikki mineraldan iborat bo'lib, jins bo'laklari­ning ko'p qismi bir mineraldan (75-95 % ) tashkil topadi. Bu tur­larga kvars – dala shpatli, kvars-glaukonitli qum va qumtoshlar kira­di. Polimiktli jinslarning tarkibida har xil mineral va jins bo'laklari uchraydi.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin