Kurs ishining vazifalari:Agressiv xulq-atvor haqidagi fikr-mulohazalar XX asr boshlarida yuzaga keldi. Bu nazariya agressiya haqidagi dastlabki nazariya bo‘lib, unda agressiyaning sababi frustratsiya nazariyasi bilan bog‘liq ravishda tahlil etilgan. Unga ko‘ra agressivlik frustratsiyaning oqibatidir. Bunday qarash birinchi marta D. Dollard tomonidan ilgari surilgan. Ammo ushbu nuqtayi nazar amaliyotda o‘z tasdig‘ini topmadi. Agressiv xulq-atvor xususidagi ikkinchi nuqtayi nazar L. Berkovichning ijtimoiy bilish nazariyasida keltiriladi. Unga ko‘ra, maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat davomida vujudga keladigan to‘siq shaxsda agressiv xatti-harakatlarni hosil qiladi. Nihoyat, agressiv xulq-atvorning kelib chiqish sabablari haqidagi eng zamonaviy nuqtayi nazar bilishning kognitiv nazariyasi bilan bog‘liq holda ifodalanadi. Bu konsepsiyada agressiv harakatlar quyidagi jarayonlarning natijasi sifatida baholanadi:
1. Subyektning o‘z agressiv xulq-atvori ni ijobiy deb baholashi.
2. Frustratsiyaning mavjudligi.
3. Affekt yoki stress tipidagi emotsional qo‘zg‘alishning kuchliligi.
R. Kratchfild va N. Livson agressiyaning bir-birini inkor etmaydigan ikki xil tavsifini ishlab chiqqanlar. Birinchisi, xulq-atvorning tashqi alomatlariga asoslanadi va unga ko‘ra «Agressiya kimgadir ziyon yetkazuvchi xulq-atvorning har qanday ko‘rinishidir». Ikkinchisi, odamning ichki niyatlari bilan bog‘liq bo‘lib, insonni harakatga undovchi kuchlarni ocrganish bilan anglash mumkin bo‘lgan holatlar bilan mushtarakdir, ya’ni, «Agressiya boshqa bir insonga ziyon yetkazishni maqsad qilib olgan har qanday xattiharakatdir».
Kurs ishining predmeti:Agressiyaning yuqorida zikr etilgan tavsiflariga monand tushunchalarga tayangan ko‘plab psixologlar agressiyani jonli olamning yashash uchun kurash bilan bog‘liq uzviy tavsifsi deb hisoblaydilar.
Jozef Bass tomonidan taklif etilgan mulohazalardan biriga asosan, agressiya — boshqalar uchun xavf tug'diruvchi va ularga ziyon yetkazuvchi har qanday fe’l-atvor ko‘rinishidir. Bir qancha taniqli tadqiqotchilar tomonidan taklif etilgan agressiyaning ikkinchi ma’nosi esa quyidagini o‘z ichiga oladi: u yoki bu harakatlar agressiya sifatida kvalifikatsiyalanishi uchun ular kimnidir oxir-oqibat xafa qilish yoki haqoratlashga olib kelishi shart emas, balki xafa qilish va haqoratlashni maqsad qilib qo‘yish ham agressiyadir. Va nihoyat uchinchi nuqtayi nazar N. Zilman tomonidan bildirilib, unga ko‘ra agressiya — boshqalarga tan jarohati va jismoniy jarohatlar yetkazish demakdir.