Kirish Kurs ishi mavzusining dolzarbligi va zarurati


Kurs ishining metodologik asosi



Yüklə 62,48 Kb.
səhifə3/4
tarix09.10.2023
ölçüsü62,48 Kb.
#153150
1   2   3   4
PSIXOLOGIYADA AXLOQ FENOMENI

Kurs ishining metodologik asosi: Agressiya tushunchasini talqin qilishdagi kelishmovchiliklarga qaramasdan, ijtimoiy fanlar sohasidagi ko‘plab mutaxassislar uning ikkinchi nuqtayi nazarda bayon etilgan ma’nosini ma’qullashga ko‘proq moyillik bildiradilar.

1. Shaxslararo munosabatlarda agressiv xulqning namoyon bo‘Iishi


L.Berkovits (1968, 1981, 1995) va boshqa tadqiqotchilar bunday stimullar qatoriga qurol kirishini aniqlashdi. Tajribalarning birida o‘yinchoq qurol o‘ynagan bolalar o‘yindan so‘ng boshqalar kubiklardan qurgan uychani osongina buzib tashlashgani kuzatilgan. Yoki yana bir tajribada Viskoniya universiteti talabalari ko‘z oldilarida qurol turganda (ularning nazarida bu qurol oldingi tajribadan so'ng tasodifan unutib qoldirilgan edi) o‘z «dilozor»lariga ko‘proq kuchlanishli tok yuborishgan. «Tasodifan unutib qoldirilgan predmet»lar qurol emas, tennis raketkasi bo‘lganida esa tokni kamroq yuborishgan. AQSHda sodir bo'layotgan qotilliklarning teng yarmi shaxsiy qurol orqali amalga oshirilishini bilganda, L.Berkovits unchalik lol qolmadi. Statistik ma’lumotlarga qaraganda uyda qurol saqlansa, u qachondir otiladi va qandaydir begona kishi emas, balki atrofdagi tanishlardan birovi jabrlanadi. «Qurol nafaqat jinoyat sodir qilishga imkon beradi, — deydi L. Berkovits, — balki u jinoyat sodir qilishga undashi ham mumkin. Barmoq tepkiga talpinadi, shuningdek, tepki ham barmoqqa talpinadi». Bu tushuncha agressiyani emotsiya, motiv yoki ko‘rsatma sifatida emas, balki xulq-atvor modeli sifatida ko‘rishni taqozo etadi. Bu muhim fikr ko‘plab chalkashliklarni tug'dirdi. Agressiya termini ko‘p hollarda g‘azab kabi negativ (salbiy) his-tuyg‘ular bilan, haqorat qilish va ziyon yetkazish kabi motivlar bilan, hatto negativ ko£rsatmalar sirasiga kiruvehi irqiy va etnik xurofot bilan assotsiatsiyalanadi. Bu omillar natijasi zarar yetkazish bomgan xulq-atvorda albatta muhim rol o ‘ynashiga qaramay, ular bunday harakatlar uchun asos bo'la olmaydi. G ‘azab boshqalarga tajovuz qilish uchun aslo zaruriy shart bo‘lib hisoblanmaydi, boshqacha qilib aytganda, ayrim holatlarda agressiya o‘ta sovuqqonlik holatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgani kabi, o‘ta kuchli hayajon holatida ham paydo bo‘lishi mumkin. Shuningdek, agressorlarning ular tajovuz qilayotgan shaxslardan nafratlanishlari yoki ularni yoqtirishlari umuman shart emas. Ko'pchilik odamlar o'zlari yoqtirgan insonlarga zulm o‘tkazadilar. Shunday qilib, hozirda ko‘pchilik tomonidan «Agressiya — boshqa tirik jonzotga u buni istamagan vaziyatda haqorat yoki ziyon yetkazishni maqsad qilib qo‘ygan xulq-atvorning har qanday shakli», degan tushuncha qabul qilingan. Inson agressiyasi ko‘rinishlarining turli-tuman va tubsizligidan kelib chiqib, mazkur xulq-atvorni o‘rganishda D.Bass to ­ monidan taklif etilgan konseptual ramkalar bilan chegaralanish juda foydali ekanligi ayon bo‘ldi. Uning fikricha, agressiv harakatlarni uchta shkalaga asoslangan holda tasvirlash mumkin: jismoniy — verbal, aktiv — passiv va to‘g‘ri — egri. Ularning kombinatsiyalari sakkizta ehtimolga yaqin kategoriyalarni berib, ko‘plab agressiv harakatlarni ular asosida tushuntirish mumkin. Masalan, bir kishining ikkinchisining ustidan otib, pichoqlab yoki kaltaklab zo‘ravonlik qilishi ham jismoniy, ham aktiv, ham to‘g‘ri shkala sifatida kvalifikatsiyalanishi mumkin.
Agressiyaning ijtimoiy ma’qul va assotsial agressiv xulq-atvor turlari farqlanadi. Ijtimoiy ma’qul agressiya turida frustratsiya, affekt, stress va nizo natijasida kelib chiquvchi zo‘riqish hamda xavotirlanish ijtimoiy me’yorlarga mos keluvchi harakatlar orqali hal qilinadi. Assotsial agressiv xulq-atvor jamiyatda qabul qilingan me’yorlarga zid bo‘lgan harakatlarda namoyon bo‘ladi.
Agressiyaning turli: bevosita jismoniy kuch ishlatishdan, raqibni so‘z bilan haqoratlab unga tahdid qilishdan tortib, boshqa 134 bir insonni yashirincha boshqarishga, kelgusida kutilayotgan noxushliklarga shama qiluvchi bilvosita ta’sir ko‘rsatish shakllari kuzatiladi. Shuningdek, agressiyaning ijtimoiylashuvga bo‘ysunmaydigan dardmandlik darajasiga boruvchi shakllari ham ma’lum. Psixologiyada agressiv xulq-atvor quyidagicha klassifikatsiya qilinadi: 1. Agressiyaning dardmandlik darajasidagi alomatlari (tutaqib ketish, jahl kelganda o‘zini yo‘qotib qo‘yish).
2. Agressiyaning jismoniy og'zaki va boshqa butun jamiyat uchun nomaqbul sanalgan axloq qonun-qoidalari bilan bog‘liq shakllari (odatda, ular ijtimoiylashuv xususiyatlari, aksilijtimoiy xulq-atvor me’yorlarining mustahkamlanishi bilan bog‘liq bo‘ladi).
3. Jamiyatda qabul qilingan axloq qonun-qoidalarini yetarlicha o‘zlashtirilmaganligi yoki xatti-harakatlarini idora qilish imkonini beruvchi xususiy sifatlarni to‘liq shakllanganligi bilan bogliq agressiyaning turli ko‘rinishlari (ta’lim-tarbiya ko‘rmaganlik).
4. Ayrim kuzatuvchilar tomonidan agressivlik haq-huquqlarini poymol qilish, birovga ziyon yetkazish gumonini paydo qiladigan, boshqa bir kuzatuvchilar tomonidan qat’iylik, faollik sifatida talqin qilinadigan barcha xatti-harakatlar. Agressiv xulq-atvor bu inson bilan vaziyatning o‘zaro ta’siri natijasidir. Agressivlik sifat va miqdor tavsiflariga ega bo‘lib, barcha xossalar kabi u ham turli darajalarda ifodalanadi. Deyarli to‘liq nomavjudlikdan to yetarlicha rivojlangan agressivlikkacha namoyon bo‘ladi. Agressivlik har bir shaxsda ma’lum miqdorda mavjud bo‘ladi. Agressivlik darajasi yuqori bo‘lgan kishilar boshqalarga nisbatan agressiv reaksiyalarni namoyon etishga ko‘proq moyil bo‘ladilar. Agressiv reaksiyalarga boshqa odamlarni qoralash, haqoratlash yoki ularga jismoniy zarar yetkazishga yo‘naltirilgan reaksiyalarni kiritishimiz mumkin. Agressiv xulq-atvor asosini agressivlik motivi tashkil etadi. Agressiv xatti-harakatlar shaxsga ma’naviy, moddiy yoki jismoniy zarar yetkazishi, destruktiv xulq-atvorning yuzaga kelishiga ta’sir ko‘rsatishi bilan xarakterlanadi. Bunday xatti-harakatlarni bartaraf etishning psixologik jihatdan qiyin tomoni shundaki, agressiv xatti-harakat qiluvchi shaxs o‘z xatti-harakatlarini oqlash uchun turli xil dalillarni keltiradi va o‘z aybini soqit qilishga urinadi. Agressiyaning tez-tez ifodalanishi shaxsning emotsional holati bo‘lib, uning asosini quyidagilar tashkil etadi: — nerv-psixik kasalliklar, inson nerv sistemasining nihoyatda charchaganligi; — oiladagi psixologik muhitning nosog‘lomligi va ota-onalarda pedagogik-psixologik bilimlarning yetishmasligi; — shaxsning xarakter, xislati, ijtimoiy muhitning yomonlashuvi. Agressivlikning me’yordan ortishi natijasida shaxsda asab tizimining buzilishi, nerv-psixik kasalliklar, kommunikativ malakalarning pasayishi, o‘z-o‘ziga adekvat baho bera olmaslik, ishonch hissining yo‘qolishi, o‘z-o‘zini boshqara olmaslik, xavotirlanish darajasining ortishi, frustratsiya, depressiya, stress kabi salbiy oqibatlar kuzatiladi. Hozirgi kunda insonlarda kuzatilayotgan agressiv xattiharakatlarning namoyon bo'lish sabablarini aniqlash, destruktiv xulq-atvorni oldini olish yoki nazorat qilish muammolarini ilmiy o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, inson tabiatdagi bu ko‘rinishni chuqur o‘rganish psixologiya fanining bugungi kun talabiga aylanmoqda.

2. Agressiv xulq-atvor borasidagi nazariyalar


Agressiv xulq-atvorni har tomonlama tushuntirib beruvchi nazariyalar mavjud bo‘lib, ularning har biri agressiya va uni keltirib chiqaruvchi omillarni batafsil tushuntirib beradi.
Ularni umumlashtirgan holda quyidagicha tasniflash mumkin:
• Psixoanalitik yondashuv.
• Etologik yondashuv.
• Sotsiologik yondashuv.
• Frustratsiya nazariyasi.
Ijtimoiy o‘rganish nazariyasi.
Agressiyaga aloqador eng birinchi va eng mashhur nazariy j tushunchaga asosan bunday xulq-atvor o‘z tabiatiga ko‘ra ko‘p i jihatdan instinktivdir. Bu yondashuv keng tarqalgan bo‘lib, unga ko‘ra inson genetik va konstitutsional ravishda shunday harakatf larni bajarishga «programmalashtirilgan»ligi tufayli agressiya sodir boiadi.
Agressiyani tushuntirishda psixoanalitik yondashuv.
Bu yondashuv tarafdorlarining fikriga ko‘ra agressiya — bu instinktiv fe’l-atvor turlaridan biridir. Bu nazariyaning yaratuvchisi bo‘lgan Z. Freyd o‘zining dastlabki ishlarida shuni ta’kidlaganki, insoniy fe’l-atvorlarning barchasi bevosita yoki bilvosita erosdan, ya’ni hayot instinktidan yaraladi. Erosning quvvati (libidosi) hayotni mustahkamlashga, saqlab qolishga va ko‘paytirishga yo‘naltiriladi. Ushbu ma’noda agressiya mana shu libidoz impulslarning buzilishi va blokirovka qilinishiga nisbatan reaksiya sifatida qabul qilinadi. Birinchi jahon urushi zo‘ravonliklari tajribasini boshdan kechirgan Freyd, agressiyaning kelib chiqishi va mohiyati haqida fikr yuritar ekan, u ikkinchi asosiy instinkt - tanatos — o‘limga ishtiyoqning mavjudligini taxmin qildi. Bu instinktning quvvati buzg‘unchilikka va hayotni to‘xtatishga yo'naltirilgandir. Shunday qilib, tanatos agressiyani tashqariga chiqarishga va boshqalarga yo‘naltirilishiga bevosita sabab bo'ladi.
Freydning agressiyaning boshlanishi va tabiatiga nisbatan bildirgan muJohazalari o‘ta pessimistik bo‘Jgan, deyish murnkin. Chunki unga ko‘ra agressiv xulq insonga tug‘ma berilgan bo‘lib, undan qutulib bo‘lmasligi ta’kidlanadi. Freydning fikricha, tanatos energiyasi tashqariga yo‘- naltirilmasa, bu inson psixikasining buzilishiga olib keladi. Shuning uchun agressiyani tashqi namoyon bo‘lishi tanatosning bunday buzg‘unchi kuchini susaytirishi va natijada yanada xavfli harakatlarning paydo bo‘lish ehtimolini kamaytirishi mumkin. Shunday qilib, Freyd keying! davr nazariyotchilaridan farqli o‘Iaroq bu tushunchaga optimistik jihatdan qaramagan. Etologik yondashuv. Nobel mukofoti laureati mashhur etolog K. Lorens agressiyaga nisbatan evolutsion yondashuv tarafdoridan biri bo‘lgan va uning bu pozitsiyasi Freydning pozitsiyasi bilan o‘xshash ekanligini namoyish qilgan. K. Lorens ta’limotiga ko‘ra, agressiya insonlarga va boshqa tirik jonzotlarga xos bo‘lgan hayot uchun kurash tugcma instinktidan kelib chiqqan. U bu instinkt uzoq evolutsiya davrida rivojlangan, deb taxmin qilgan bo‘lib, uning uchta muhim vazifasini ajratib ko‘rsatadi. Birinchisi, hayot uchun kurash instinkti turli xil biologik tur vakillarini dunyo bo‘ylab katta geografik kengliklarga tarqatib yuboradi, bu esa oziq-ovqat resurslarining maksimal sarflanishini ta’minlaydi. Ikkinchidan, agressiya biologik turning genetik fondi yaxshilanishini ta’minlaydi, chunki faqat eng kuchli va quvvatli individuumlargina o‘zidan avlod qoldira oladi. Uchinchidan, kuchli tur vakillarigina o‘zini himoya qila oladi va avlodining tirik qolishini ta’minlay oladi. Freyd instinktiv agressiv energiyaning qanday yig‘ilishi va tarqab ketishi haqida aniq bir fikrga kelmay turgan bir pallada, K. Lorens bu muammo yuzasidan aniq bir to‘xtamga kelib bo‘lgan edi. Uning fikricha, yashash uchun kurash instinkti bilan yo‘g‘rilgan agressiv energiya organizmda uzluksiz ravishda aylanib yuradi, borgan sayin to‘planib boraveradi. Demak, agressiv energiyaning hajmi qancha ko‘p bo‘lsa, uning tashqariga «otilib chiqishi» uchun shunchalik kam kuchga ega bo‘lgan stimul (bahona) kerak bo‘]adi. K. Lorens nazariyasining qiziqarli jihati shundaki, u o‘z nazariyasida inson boshqa jonzotlardan farqli o‘laroq o‘z turiga mansublarga qarshi zulm o‘tkazishi holatlarining keng tarqalganligini ta’kidlab ko‘rsatadi. Uning fikricha, barcha tirik jonzotlarga yashash uchun kurash instinktidan tashqari o‘zining barcha xohish-istaklarini bosa olish imkoniyati berilgan; bu imkoniyat ularning o‘ljalariga qay darajada jiddiy talofat yetkazish yoki yetkazmaslik xohishlari bilan o‘zgarib turadi. Shunday qilib, tabiat tomonidan boshqa jonzotlarni o'ldirish uchun barcha zarur ashyolar (epchillik, uzun tirnoq va o‘tkir tishlar) bilan ta’minlangan yirtqich sher va yo‘lbarslar o‘z turi vakillariga tajovuz qilishning oldini oluvchi ushlab turuvchi omillarga egadir. Lekin ularga nisbatan ancha zaif bo‘lgan insonlarning o‘z tug‘ma ehtiyojlarini ushlab turuvchi omillari yetarli darajada kuchli emas. Insoniyat tarixining muqaddimasida erkak va ayollar o‘z qabiladoshlariga qarshi agressivlik ko‘rsata turib, tish va mushtlarini ishga solganlar va bu hoi u qadar qo‘rqinchli tuyulmagan, chunki ularning bir-biriga jiddiy jarohat yetkazish ehtimoli u darajada yuqori emas edi. Insoniyat taraqqiyoti texnik taraqqiyot bilan uyg‘unlashishi natijasida inson ommaviy qirg'in qurollarini yaratdi, uning o‘z xohish-istaklarini qondirishga bunday holatda intilishi insonning tur sifatida yo‘qolib ketish xavfini vujudga keltirdi. K. Lorens tarixda jahonga hukmronlik qilish istagida bo‘lgan buyuklarning butun bir millatlarning qirilib ketishini istaganligini o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yishi — aynan inson zo‘ravonligi agressiyaning oldini oluvchi tug£ma ushlab turuvchi omillardan ustunlik qilayotganligi sifatida tushuntiradi. K. Lorens ham xuddi Freyd kabi agressiyadan qutulib bo‘lmaydi deb hisoblasa-da, agressiyani susaytirish yoki nazorat qilish mumkin degan fikrni yoqlagan. U agressiv energiyaning xavfli darajagacha yetishining oldini olish va bu orqali zo‘ravonlik holatlarini kamaytirishi mumkin, deb taxmin qilgan. Sotsiobiologik yondashuv. Bu yondashuv tarafdorlari evolutsion nazariya tarafdorlaridan farqli o‘laroq, tabiiy tanlash jarayonini tushuntirishda o‘ziga xos asoslarni taklif qiladilar, ularning asosiy fikriga ko‘ra inson xulq-atvorida genlarning ta’siri kattadir, ya’ni agressiv xulq insonning boshqa avlodlarida ham saqlanib qolishi ta’minlanadi. Ular «...individuumlar Altruizm va o‘zini qurbon qilish yocli bilan bo‘lsa-da, o£xshash genliklarga (ya’ni qarindoshlariga) yashab ketish uchun yordam ko‘rsatadilar va o‘z genlaridan farq qiluvchi (qarindosh bo‘lmagan)larga nisbatan agressiv munosabatlarda bo‘ladilar, degan farazni isbotlaydilar. Agressiv xulqdagi individuumlar begonalarga zarar yetkazish uchun har qanday vaziyatdan foydalanadilar va hatto ularning o‘zlaridan nasi qoldirish imkoniyatlarini ham chegaralab qo‘yishgacha yetib boradilar. Agressiyaning foydali jihati shuki, u (ya’ni agressiya) mazkur individuumni genetik yaroqliligini oshiradi. Agressiv raqobatchilik biron-bir turni o'limga olib kelsa, bu turda genetik layoqatlilikni oshirish imkoni bo‘lmaydi. Shunga asoslangan holda ijtimoiy biologlar quyidagi fikrni ilgari suradi: agressivlik - individuumlarning mavjud resurslardan o‘z hissasini olish vositasi bo‘lib, o‘z o‘rnida bu resurslar tabiiy tanlashda (asosan, genetik darajada) omad olib keladi.
Agressiyaning ijtimoiy o‘rganish nazariyasi
Boshqalaridan farqli o‘laroq bu nazariya zaruriy mustahkamlash bilan bog‘liq ijtimoiylashuv jarayonida uqib olingan xulqatvorni bildiradi. Ya’ni namunaga asoslangan inson xulq-atvori o‘rganiladi. Bu nazariya Bandura tomonidan taklif etilib, o‘qib olish, provokatsiya qilish (qayrash) va boshqarishni tushuntirib beradi. Uning fikricha, agressiv xulq-atvorni tahlil qilish uchun quyidagi vaziyatlarni e’tiborga olish talab qilinadi:
1. Bunday xatti-harakatni o‘qish usullari.
2. Ularni yuzaga chiqarish uchun provokatsiya qiluvchi (qayrovchi) omillar.
3. Ularning mustahkamlanib qolish shart-sharoitlari.
Shu sababdan bunda katta e’tibor o‘qitishga, ijtimoiylashuvning birlamchi vositalari bo‘lgan ota-onalarning bolalarni agressiv xulq-atvorini o‘zgartirish uchun ta’siriga qaratiladi. Xususan, shu narsa isbotlanganki, ota-onaning xulq-atvori agressiya modeli bo‘lib xizmat qilishi mumkin, ya’ni odatda agressiv ota-onalardan agressiv farzandlar dunyoga kelishi mumkin. Bu nazariyaga ko‘ra agressiv harakatlarning ba’zilar tomonidan (masalan, talabaning do‘sti tomonidan «yasha, boplading», deb) quvvatlanishi bunday harakatlarning kelgusida ham qaytarilish ehtimolini oshiradi. Shu 141 bilan birga, natijali agressiya, ya’ni agressiv harakatlarni amalga oshirish yo‘li bilan muvaffaqiyat qozonish ham agressiv harakatlarning qaytarilishida alohida ma’no kasb etadi. Hozirgi paytda ijtimoiy o‘rganish nazariyasi agressivlikning oldini olish mumkin deb hisoblovchi eng effektiv metod bo'lib kelmoqda. Agressiyaning frustratsiya nazariyasi. Djon Dollard tomonidan taklif etilgan bu nazariya yuqorida keltirilgan yondashuvlarga qarama-qarshi qo‘yiladi. Unda agressivlik evolutsion emas, balki situativ jarayon sifatida qaraladi. Bu nazariyaning asoschisi D. Dollard va uning hamkasblari - «frustratsiya doimo agressiyaga olib keladi» degan fikrni ilgari suradilar (John Dollard, 1939). Masalan, faraz qiling, bugun darsga kech qolmaslik uchun nonushta qilmasdan keldingiz. Uch para dars tugagunicha qorningiz ochib ketdi. Darsdan so‘ng mazza qilib ovqatlanishni mo‘ljallagan edingiz. Mana qo‘ng‘iroq ham chalindi. Lekin guruh murabbiysi kirib yarim soatga qolishingizni, shoshilinch muhokama qilinishi lozim bo‘lgan masala borligini aytdi. Guruh yig‘ilishining tugashini intizorlik bilan kutib ovqatlanish uchun oshxonaga borganingizda, ular sizga odam ko‘p bo‘lganligi uchun bugunga ovqat qolmaganini aytishdi... Mana, ovqatlanish ehtiyojini qondira olmasdan, va’dalashganingizdek, o‘rtog‘ingiz bilan kutubxonaga qaytdingiz. 0 ‘rtog‘ingiz sizdan ehtiyot bo‘lgani yaxshimikan? Unga biror yomon gap aytishga bo‘lgan ehtimol ortadimi? Frustratsiya — bu maqsadga erishishga to'sqinlik qiluvchi barcha narsalardir (shu jumladan, ovqati tugagan oshxona ham). Agar shaxsning maqsadi kuchli motivatsiyalangan bo‘lsa, qoniqish olishni kutayotgan bo‘lsa va uning bu istagi to'siqqa uchrasa frustratsiya kuchayishi mumkin. Frustratsiya agressiyaning paydo bo‘lishi uchun motivatsiya hosil qiladi. D. Dollard va M. Millerning fikriga koera, frustratsiyani keltirib chiqaruvchi sababga ko‘ra agressiyani namoyon qilish jamiyat yoki jamoatchilik tomonidan jazolanishi mumkin. 142 Bunday jazodan qo‘rqish esa agressiya boshqa nishonga, obyektga yoki shaxsning o‘z-o‘ziga qaratilishi (suitsid sodir qilishi)ga sabab bo‘lishi mumkin (Dollard, 1939; Miller, 1941) Frustratsiya va agressiya nazariyasi borasida o‘tkazilgan laboratoriya tadqiqotlari ikki xil natija berganligini ko'rish mumkin: frustratsiya ba’zan agressiyani kuchaytirgan bo‘lsa, ba’zan aksincha, susaytirgan. Masalan, Yudjin Bernstayn va Filip Uorchel o‘tkazgan tajriba bunga yaqqol dalildir: eksperimentatorning assistenti eshitish apparati ishlamay qolayotganligi tufayli hadeb guruhiy qaror qabul qilishga xalal beraveradi, bu hoi majlis ishtirokchilarida frustasiyani keltirib chiqazgan, lekin hech qanday agressiyaga olib kelmagan. Tadqiqotchilarning fikricha, bu yerda frustratsiya agressiyaga sabab bo‘lmaganining sababi frustratsiyani keltirib chiqazgan manba aniq va yetarlicha tushunarli bolganidir. Frustratsiya va agressiyaning aloqadorligi ilk nazariyalarda oshirib talqin qilinganligini payqagan Leonard Berkovits bu nazariyani qayta ko‘rib chiqdi. U quyidagi taxminni ilgari surdi: frustratsiya jahl va agressiv harakat qilishga emotsional tayyorlikni keltirib chiqazadi (frustratsiya agressiyani emas, balki agressiv harakat qilishga tayyorlikni keltirib chiqazadi). Insonning jahli qachon chiqadi, qachonki unda frustratsiyani keltirib chiqazgan odam boshqacha yo‘l tutish imkoniga ega bo‘lgan bo‘lsa-yu, bunday qilmasa (Averill, 1983; Weiner, 1981). Frustratsiyani his qilgan odam qachon dilozorga tashlanadi, qachonki uni bunga majbur qilishsa. Albatta agressiya kelib chiqishi uchun har doim ham frustratsiya bo‘lishi shart emas, lekin agressiya bilan assotsiatsiyalanadigan stimullar doimo agressiyani kuchaytiradi (Carlson & Others, 1990). Bu nazariyaning asosiy holatlari quyidagicha ifodalanadi: — Frustratsiya har doim biror-bir shakldagi agressiyaga olib keladi. — Agressiyani doimo chorlovchi masalalarda uchta omil hal qiluvchi ahamiyatga ega:
1. Subyekt tomonidan kutilayotgan bo‘lg‘usida erishiladigan maqsadga erishish darajasi — agar shaxs o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishishi ancha vaqtga cho‘zilib ketsa, bunday hoi albatta agressiyani chaqiradi.
2. Maqsadga erishish yo'lidagi to‘siq kuchi — shaxsning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi yo‘lida uchragan to‘siq yengib bo‘lmas darajada bo‘lsa yoki shaxs tomonidan shunday deb tushunilsa, agressiya vujudga keladi.
3. Ketma-ket frustratsiyalar soni — agar maqsad yo‘lida bir to‘siq ortidan ikkinchisi, uning ortidan uchinchisi va bu davomiylik davom etaversa, bu albatta shaxsda agressiyani keltirib chiqaradi. Ya’ni subyekt maqsadidan qoniqishni qay darajada ko‘p kutsa, bu yo‘lda to‘siqlar qay darajada kuchli bo‘lsa va to‘siqlar qay darajada ko‘p blokirovka qilinsa, agressiv xulq-atvorga turtki shuncha kuchli bo‘ladi. Frustratsiyalar ketma-ket sodir bo‘lganda ularning kuchi birbiri bilan qo‘shilib, katta kuchdagi agressiv reaksiyani tug'dirishi mumkin. Bundan tashqari organizmdagi og'riq va frustratsiya (maqsadga erishish yo‘lida to'siq paydo bo'lishi) ko‘pincha tushkunlik va adovat hissini keltirib chiqazishi va buning ortidan agressiya yuzaga kelishi olimlar tomonidan tasdiqlangan. Agar frustratsiya qo'rquv yoki ikkilanish tufayli kelib chiqqan bo‘lsa, shaxs alamini (agressiyasini) ko‘pincha boshqalardan oladi. Bu holat fanda «agressiyani chiqarib yuborish» fenomeni deb ataladi. 0‘z agressiyasini chiqarib yuborish uchun shaxs turli xil nishonlarni topadi. Misol sifatida quyidagi tarixiy holatni keltirish o‘rinli. Germaniya Birinchi jahon urushida mag‘lubiyatga uchragach, bu davlatga iqtisodiy tartibsizlik, inqiroz kirib keldi va ko‘pchilik nemislar buning alamini olish uchun yevreylarni tanlashdi va ularga nisbatan yovuzlikni his qila boshlashdi. Gitler hokimiyat tepasiga kelishidan ancha oldin, bir nemis lideri shunday degan edi: «Yevreylar — bu bizning agressiyamizni chiqarishimiz uchun juda qulay obyektdir. Agar yevreylar bo‘lmaganida edi, ularni o‘ylab topishga to‘g‘ri kelgan bo‘lardi»
3. Agressiv xulq-atvorning shakllanishida ijtimoiy muhitning roli
Yuqoridagi mavzularni yoritish jarayonida shaxs shakllanishiga oila muhitining roli, ota-onaning farzandini tarbiyalashidagi yoki unga bo‘lgan munosabatlaridagi noto‘g‘ri xatti-harakatlarining salbiy ta’sirlarini ko‘rsatib o‘tgan edik. Xuddi shuningdek, shaxsda agressiv xulqning shakllanishida ham oila muhitining o‘rni kattadir. Ota-onaning farzandi xatosiga nisbatan reaksiyasi, ota-onalar o‘rtasidagi munosabatlar xarakteri, oiladagi garmoniya yoki disgarmoniya darajasi, qondosh aka-uka va opa-singillar o‘rtasidagi munosabatlar xarakteri oilada va undan tashqarida bola agressiv xulq-atvorini belgilab beruvchi hamda uning balog‘at yillarida atrofdagilar bilan quradigan munosabatlariga ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan biri hisoblanadi. Afsuski, ayrim oilalarda o‘z otasi yoki onasining mehr-oqibatidan bebahra o‘sayotgan bolalar ham yo‘q emas. Ba’zi oilalarda esa ota-ona va farzand o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning ijobiy psixologikiqlimda emasligi achinarli holdir, albatta. Aksariyat otaonalar o‘z farzandlarini tarbiyaga chaqirishda g‘amxo‘rlik, mehribonlik, sabr-toqat, mehr kabi xislatlar bilan yondashish o‘rniga, kuch bilan, ayniqsa jismoniy jazo usuli bilan ta’sir o‘tkazadilar. 0 ‘z navbatida bu kabi xatti-harakatlar bolalarda agressiv xulqatvorning shakllanishiga zamin bo‘ladi. Bugungi kunda agressiv xarakterli bolalar soni ortib borayotganligi psixologiyadagi dolzarb muammolar qatoridan joy egallashiga sabab bo‘ldi. Bolalarda agressiv xatti-harakatlarning vujudga kelishi murakkab va ko‘pqirrali jarayon bo‘lib, unga ko‘pgina omillar o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Agressiv xatti-harakatlar — oila, tengdoshlar guruhi, oilaviy axborot vositasi ta’sirida shakllanishi aniqlangan. Bola agressiv xatti-harakat namunalarini quyidagi uch asosiy manbaga asoslanib to‘playdi:
1. Nosog'lom oila muhiti. Ba’zi oilalarda ota-ona bilan farzand o'rtasidagi munosabatning ijobiy psixologik iqlimda emasligi, farzandlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar, oiladagi mojarolar, nizolar, oilaviy hamohanglikning mavjud emasligi bolalarda agressiv xulq-atvorning shakllanishiga olib keladi. Bolalardagi agressivlikning namoyon bo‘lishi oilaviy muhitning ta’sir darajasiga bog'liq hisoblanadi.
2. Tengdoshlar guruhi. Bolalar oiladan tashqarida o‘z tengqurlari bilan bo'lgan munosabatda ham agressiv xatti-harakatlarni o'zlariga singdiradilar. Ko‘pgina hollarda bolalar tengdosh do‘stlarining xatti-harakatlarini kuzatgan tarzda o‘zlarini agressiv tutishga urinadilar. Haddan tashqari agressiv bolalar esa o‘z tengdoshlari orasidan siqib chiqariladi. Bunday bolalar o‘zini xo‘rlangandek his qilib, o‘zi kabi agressiv bolalar guruhidan joy topadilar. Bu esa muammo ustiga muammo tug'dirmasdan qolmaydi.
3. Ommaviy axborot vositalari — bugungi kunda bolalarning agressivligini kuchaytirishga ta’sir etayotgan eng kuchli quroldir, degan fikr keyingi paytlarda ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilmoqda. Shu o‘rinda oynai jahon orqali namoyish etilayotgan turli jangari filmlar, ko‘rsatuvlar ham bolalarda agressiv xususiyatlarning tarkib topishiga ta’sir qilayotganligi mutaxassislar tomonidan qayd etilmoqda. Bu borada internetning ta’siri ham o‘ziga xosligi inkor etib bo'lmas haqiqatdir. Bolalar internet orqali o‘zining yosh va psixologik xususiyatlariga mos kelmaydigan ma’lumotlar bilan tanishmoqda, jangarilikni, agressiyani targ‘ib etuvchi, shakllantiruvchi turli xil o‘yinlarni o'ynash orqali o'zlarining ongosti sohasida agressiv xulqning shakllanishiga sabab bo‘Imoqdalar. Bir qator psixologlarning ta’kidlashicha, oiladagi iqlim, ota-ona o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, ota-ona bilan farzand o‘rtasidagi munosabatlar, oilaviy hamohanglik yoki aksincha kelisha olmaslik, opa-singillar, aka-ukalar bilan yaqinlik darajasi, farzand tomonidan qilingan noto‘g‘ri, yanglish xatti harakatlarga nisbatan ota-onaning agressiv reaksiyasi — oilada shakllanib kelayotgan agressiv xatti-harakatlarini kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillar hisoblanadi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda har yili uch mingdan besh ming nafarga yaqin bola o‘z ota-onasining ularga nisbatan qaratilgan shafqatsiz munosabatlari natijasi qurboni bo‘lmoqda. Shuningdek, 16% bola aka-opalari tomonidan jismoniy jazo usuli: savalash, kaltaklash bilan jazolanmoqda. Aniqlanishicha, AQSHda o‘gay ota-onalar tomonidan bir yilda sodir etilgan jinoyatlar soni 400 tani tashkil etgan. Ular o‘z farzandlarining o‘limiga sabab bo‘layotganligi achinarli holdir. Oilaviy munosabatlarga murojaat qilishdan avval shuni ta’kidlash zarurki, oilaga «to‘liq yoki noto‘liq» deb tavsif berish bolalar agressivligi bilan bogcliqday tuyuladi. Bunday tavsif aynan agressivlikni shakllantiruvchi oilaviy sharoitni tashkil etuvchi oilalarni (ota, ona yoki ularning ikkalasi bola bilan bir uyda yashaydilar, ular o‘rtasidagi munosabatlar xarakteri) kvalifikatsiyalaydi. Masalan, tadqiqotchilardan biri bo‘lgan F. Getting qotillar ko‘p hollarda to‘liq bo'lmagan oilalardan chiqqanini aniqlagan. Mak-Kartining fikriga ko‘ra, odatda kichkina qotillar «yoki tartibsizlik, jismoniy zo‘ravonlik hukm surgan oilada yoki bir-birining his-tuyg‘ulariga befarqlik, bir-birini qo‘llamaslik va bir-birining taqdiri bilan qiziqmaslik hukm surgan oilalarda» ulg‘ayadilar. To‘liq va noto‘liq oilalardagi bolalar agressivligi o'rtasidagi korrelyatsiya haqidagi so‘z yuritish nimaga zarurligini yanada yaxshi tushunish uchun biz quyida bu bogliqlikni tushuntirib bera oluvchi oilaviy munosabatlarning o‘ziga xos bo'lgan jihatlarini ko‘rib chiqamiz. Bir necha tadqiqotlar «ota-ona — bola» juftligidagi negativ munosabatlar va bolaning agressiv reaksiyalari o'rtasidagi bog'liqlikni ko'rsatgan. Agar bola (qaysi yosh guruhiga taalluqliligidan qat’i nazar) ota, ona yoki ularning ikkisi bilan ham yomon munosabatda bo'lsa, ota-ona uni nima uchun layoqatsiz deb hisoblashini tushunmasa, ota-onaning qo'llab-quvvatlashini his qilmasa, bunday holda uning jinoyat yo‘liga kirib ketishi ehtimoli yuqori bo‘ladi; o‘zini boshqa bolalarga qarshi qo‘yadi; tengdoshlari uni agressiv bola deb hisoblaydi; u o‘zini ota-onasiga nisbatan agressiv tutadi. D. Shtaynmetsning fikriga ko‘ra, siyosiy doirada buyurtma asosida qotillik sodir etadiganlar yoki o‘z joniga qasd qiluvchilarning aksariyati farzand taqdiri bilan qiziqmaydigan yoki ajrashib ketib, bolaning taqdiriga befarq qaragan oilalardan chiqqanligi tasdiqlangan. Onalari bolaligida e’tiborsiz qoldirgan va o‘z otaonasidan zarur mehrni olmagan qizlar o‘zlari ona bo'lganlarida bolalarini jazolab tarbiyalash (masalan, urishish, baqirish, urish, kaltaklash)ga va o‘z agressiyasini aksariyat hollarda ularga sochishga moyil bo£lar ekan. Bunday xulosalar to‘liq tan olinmasa-da, lekin xorij psixologlari tomonidan o£tkazilgan tadqiqot natijalarining ko'rsatkichlariga asoslangan xulosalar sifatida diqqatni tortadi. Bizning o£zbek mentalitetida xorijdan farqli jihatlar mavjudligi sifatida quyidagi raulohazalarni bildirish o‘rinli deb hisobladik. 0 ‘zbek muhitida ham ajrimlar noto‘liq oilalar yoki ota-ona mehriga to£ymayotganlar mavjud, lekin o‘zbekchilikning ajoyib jihatlaridan biri sifatida bolaning qalbidagi bu kemtikni o£zbekona mehr — boshqalarning (bobo-buvisi, tog£a va xolalari, mahalladagi qo£shnilar) mehri to£ldirishi hisobiga va mamlakatimiz tomonidan yuritilayotgan bolaparvarlik siyosati tufayli xorijdagi kabi salbiy illatlarni keltirib chiqarmayapti. Mashhur psixolog Freda Getting «Oiladagi agressiv bolalarni o£rganish» bo£yicha olib borgan maxsus tadqiqotining natijalariga ko£ra, noto‘liq oilalarda o£ta qahrli, qo£pol, agressiv va shu bilan birga voyaga yetmagan jinoyatchilar kelib chiqayotganligini alohida ko£rsatib o£tgan. Uning ta’kidlashicha to£liq oilalarda ham, noto£liq oilalarda ham sog£lom yoki nosog£lom oilaviy muhit mavjud bo‘ladi. Oiladagi doimiy janjallar, mojarolar oilada nosog£lom muhitni vujudga keltiruvchi bosh omillardir. Nosog£lom oila muhitida asosiy e’tibor o‘zaro ziddiyatlarga qaratilganligi sababli bunday oilada bola tarbiyasi ko‘pincha tahdid va jismoniy jazolashdan iborat bo‘ladi. Ruhan nosog‘lom oila muhitida tarbiyalanayotgan bolalar oiladagi doimiy ziddiyatlardan bezib, ko‘pincha ko'chaga chiqib ketadilar. Ko‘chada bevaqt yurgan bolalarning aksariyati esa o‘zlari ham bilmasdan sodir etilgan jinoyatlarning ishtirokchilari bo'lib qolmoqda. Bunday holat ularning ruhiyatidagi buzilishlar ta’sirida yuz bermoqda. Ota-ona mas’uliyati bilan bolalar agressivligi o‘rtasidagi bog‘liqlikning o‘ziga xosligini Bridjit Djons va uning hamkasblari tomonidan o‘tkazilgan tajribalar ham yaqqol ko‘rsatib bergan. Tadqiqotchilar laboratoriya sharoitida 15, 21 va 39 oylik bolalarning onalari va boshqa bolalar bilan bo‘lgan munosabatlarini kuzatadilar. Boshqa ko‘plab parametrlar qatorida bola yig‘laganidan yoki ko‘tarishni so‘raganidan socng ona uni qancha vaqtda qo‘liga olishi ham hisobga olinadi; bola tomonidan boshqalarga nisbatan yo'naltirilgan agressivlik (masalan, qo‘li bilan urish, tishlash) qayd etilgan. Onasi qo‘lga olishga shoshilmagan bolalar, onasi yig'laganda va chorlaganda tezda javob bergan bolalarga nisbatan o‘zini agressivroq tutishgan. Oiladagi bolalar rriushtlashuviga ota-onalarning aralashuvining natijasini o‘rgangan Richard Felson, bola boshqa bolalardan ko‘ra ko‘proq o‘zining ukasi yoki singlisiga nisbatan jismoniy va verbal agressiyani ko‘rsatishini aniqlagan. Tadqiqotchilar agressiyaning rivojlanishida aka-uka va opasingillar munosabatlarining muhimligini alohida ta’kidlaydilar. Bu ma’lumotlardan kelib chiqib, bir oila farzandlari orasidagi zo‘ravonlik barcha boshqa oilaviy munosabatlardan ko‘ra individning ijtimoiylashuviga ta’sir ko‘rsatadi, degan xulosaga kelish mumkin. Djeyms Pattersonning yozishicha, «aka-uka va opa-singillar ularning hayotlarini buzuvchi jarayonda bir-biriga o'qituvchidirlar». U oddiy bolalarning aka-uka va opa-singillaridan farqli ravishda agressiv bolalarning aka-uka va opa-singillari hujumiga qarshi hujum bilan javob qaytarishga moyilligini, bu esa jismoniy qarama-qarshilikning uzoq davom etib, eskalyatsiya qilinishi ehtimoli oshishini aniqlagan. Oilaviy boshqaruv xarakteri, ota-onalarning ferzandini «to‘g‘ri yo‘lga solishi» yoki uning xulq-atvorni o‘zgartirishiga qaratilgan harakatlari ijtimoiy psixologlarning qiziqishiga sabab bo‘ladigan muammolardandir. Bu borada mutaxassislar uch xil tipdagi ota-onalarni ajratib ko‘rsatishgan: 1. Ba’zi ota-onalar bola tarbiyasiga kamdan kam aralashadilar: ular tarbiyalashda ongli ravishda aralashmaslik siyosatini qo‘llaydilar, ya’ni bolaga o‘zi istaganidek ish tutishga yo‘l qo‘yib beradilar yoki shunchaki unga hech qanday e’tibor qaratmaydilar, bolaning fe’l-atvori to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi haqida ham o‘ylamaydilar. 2. Boshqa bir ota-onalar esa bola tarbiyasiga tez-tez aralashadilar: ular bolani goh rag‘batlantiradilar (ijtimoiy me’yorlarga xos xulq-atvor uchun), goh jazolaydilar (qabul qilib bo‘lmas agressiv xulq-atvori uchun). 3. Ba’zi bir ota-onalar farzandini ongsiz ravishda agressiv harakatlar uchun rag‘batl anti rib, aksincha jamiyatda qabul qilingan fe’l-atvor uchun jazolab qo‘yadilar. Bilib-bilmay amalga oshirilgan bunday mustahkamlash agressiv xulq-atvorning shakllanishini belgilab beradi. Oilaviy boshqaruv amaliyoti va bolalarning agressiv xulq-atvori o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganishda tadqiqotchilar asosiy diqqatni ota-onalarning bolalar xulqini nazorat qilishi, qattiqqo'lligi va jazoning xarakteriga qaratadilar. Umumiy natijalar ota-onaning qattiqqo‘llik bilan bolani jazolashi va bolaning yuqori darajadagi agressivligi o‘rtasida bog‘liqlik borligini ko‘rsatgan. Aksincha, ota-ona nazoratining sustligi esa ko‘p hollarda agressiv xulq-atvor bilan birga kechadigan yuqori darajali assotsiallik bilan korrelyatsiyalanadi. Edvard Erons va uning hamkasblari agressiyaning bir qator parametrlari va shakllanishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash yo‘lida longityud tadqiqotlar o‘tkazdilar. Ular tekshiriluvchilardan, ularning ota-onalaridan va tengdoshlaridan uch marotaba ma’lumot yiqqanlar:
Ularning tadqiqot natijalariga ko£ra bolani jazolash va agressivlik o‘rtasidagi bog‘liqlik ko'rib chiqilganda quyidagi natijalar kuzatilgan. Birinchi tadqiqot da 800 dan ortiq 3-sinf o‘quvchilari ishtirok etgan. Bolalarning agressivlik darajasi birga o‘qimaydigan tengdoshlarining tavsifiga ko‘ra aniqlangan. Bunda bolalardan o‘zlari bilan birga o‘qiydigan agressiv (turtadigan, itaradigan) o'quvchilarni sanab o‘tish so'ralgan. QattiqqoMlik bilan berilgan jazoning ta’sirini o‘rganish uchun ota-onalar bolalarining agressiv xulq-atvoriga nisbatan odatda qanday munosabat bildirishlarini belgilashi lozim bo‘lgan 24 savolga javob berganlar. Loyal jazolarga o‘zini to‘gcri tutish va xulq-atvorini o‘zgartirgach, rag‘batlantirish, o‘rtacha jazolarga hayfsan va koyishlar, qattiq jazoga esa yuziga yoki boshiga shapaloqlab urish kabilar kirgan. E. Erons va hamkasblarining aniqlashicha, ota-onalar tomonidan qattiq jazo oladigan bolalar tengdoshlari tomonidan agressivroq deb xarakterlanganlar. Jazolarning ta’sirl uzoq muddatli hisoblanadi. 0 £sha bolalar bilan o‘tkazilgan keyingi tajribalar shuni ko‘rsatadiki, 8 yoshligida bolaga nisbatan qattiqqo‘llik bilan qoTlanilgan jazolar ularning 18 va 30 yoshligidagi agressiv xulq-atvori bilan korrelyatsiya bergan. E. Erons va hamkasblarininig xulosasiga ko‘ra 8 yoshda qattiq jazolanganlarning ko‘pchiligi 30 yoshda o‘z bolalariga nisbatan agressivligini baholash bilan ijobiy korrelyatsiya qilingan. D. Patterson va Stauthamer-Leber oilaviy boshqaruv xarakteri va bolalardagi assotsiallik o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rgangan. Tadqiqotchilar 4, 7 va 10-sinfda o'qiydigan 200dan ortiq o‘g‘il bolalarning oiladagi munosabatlarini tahlil qilgan. Odatda, o‘g‘lining xulq-atvorini kuzatib bormagan va jazolashda nomuntazamlikka yo‘l qo‘ygan ota-onalarning farzandlari o‘zlarini assotsial ravishda tutishgan. D. Patterson va Stauthamer-Leber o‘z ishlari natijasini quyidagicha tushuntiradilar: «Assotsial bolalarning ota-onalari ularning vaqtini qanday o‘tkazishlariga, oshna-og‘aynilarining kimligiga va mashg‘ulotlarining qandayligiga befarq munosabatda bo‘ladilar. Ular jazo sifatida farzandi xohlayotgan narsalarni man qilish, uning mayda xarajatlari uchun pul bermaslik kabi usullardan foydalanmaydilar. Mabodo bunga e’tibor berib qolsalar ham ko‘p hollarda aql o‘rgatish, urishish va po‘pisa qilishga borib taqaydilar; Nima bo‘lgan taqdirda ham bunday do‘qlar samarali natijaga olib kelmaydi». Ijtimoiylashuv jarayonida bolalarni tarbiyalash vositasi sifatida jismoniy jazolarni qoilashning o‘ziga xos «xavfi» mavjud. Birinchidan, bolaga jazo beruvchi ota-ona ular uchun agressivlik namunasi bo‘lib xizmat qiladi, ya’ni jazolash kelgusida agressivlikni provokatsiya qilishi mumkin. Ikkinchidan, me’yoridan ko‘p jazolanadigan bolalar ota-onadan nari yurishga yoki ularga qarshilik ko‘rsatishga intiladilar. Agar ular jazolar ta’sirida «egilmasalar», ularning ijtimoiylashuviga kocmaklashishi mumkin bo‘lgan achchiq bo‘lmagan boshqa «dars»larni o‘qib olishlari amrimahol. Ustiga-ustak, agressiv munosabat oxir-oqibat bolani «haqiqatdan ham jazolanishi zarur bo‘lgan favqulotda xulq-atvorni namoyish qiluvchi va ma’qullovchi odamlar» kompaniyasiga olib kelishi mumkin. Uchinchidan, agar jazo bolalarni qattiq hayajonlantirsa yoki xafa qilsa, ular jazolanishlarining sababini unutib qo‘yishlari mumkin. Bu esa jamiyat tomonidan qabul qilingan xulq-atvor qoidalarini o‘zlashtirishiga xalaqit beradi. Nihoyat, o‘z xulqatvorini shu kabi jiddiy tashqi ta’sirlar natijasida o'zgartirgan bolalar ularga uqtirilayotgan me’yorlarni o‘z tamoyillariga aylantirib olishlari amrimahol, ya’ni ularni kimdir kuzatib turgandagina me’yorlarga amal qilib, o‘zlari qolganda turli jinoyatlarni sodir etishlari mumkin. Ota-onalar shuni yaxshi bilishlari lozimki, berilayotgan qattiq jazolar boladagi istalmas xulq-atvorning tashqi namoyon bo'lishini yashirishga majbur qiladi, xolos, lekin uni yo‘q qilmaydi. Jazo ko‘p hollarda salbiy samara bersa-da, ba’zida u xulqatvorni modifikatsiyalashtirishdagi foydali vosita bo‘lib xizmat qilishi ham mumkin. Tajribalarning natijalari shuni ko‘rsatadiki, jazolar aniq prinsiplar asosida qo‘llanilsa, ular albatta xulq-atvorning barqaror o‘zgarishini ta’minlashi mumkin. Jazo bevosita bolaning xulqidan kelib chiqishi va har gal bolaning nojo‘ya qilig‘idan so‘ng muntazam ravishda amalga oshirilishi zarur. Nojo‘ya harakat va jazo o‘rtasidagi vaqt oralig'i qisqa bo‘lishi kerak, chunki xatodan keyin darhol berilgan jazo ma’lum bir xulqatvor modeli taqiqlanishi muhimligini anglatadi, kechiktirilgan jazo esa buning aksidir. Jazo bilan qo‘rqitgan, lekin ularni amalda qo‘llamagan otaonalar o‘z bolalarini ular bilan hisoblashmaslikka o'rgatadilar. Bolaga doimo buyruq beruvchi, lekin uni nazorat qilmaydigan ota-ona o‘zi bilmagan holda bolaga buyruq va po‘pisalarning hech qanday ahamiyatga ega emasligini o‘rgatadi. Jazo nomaqbul harakatdan keyin darhol qo‘llanilsa, uning samaradorligi yuqori bo‘ladi, ya’ni aniq bir xato uchun doimo bir xil jazo belgilanadi. Yomon Xulq-atvor uchun bir gal jazo berib, keyingi gal hech qanday e’tibor qaratmaslik ham noto‘g‘ridir. Eng ijobiy holat sifatida mutaxassislar bolaning jazolashga loyiq bo‘lgan salbiy xulq-atvoriga alternativ xulq-atvor taklif qilishni tavsiya etadilar. Ota-ona bolaga yoshligidan qaysi harakatlarni qo‘llash mumkin yoki mumkinmasligini tushuntirar ekan, uning boshqa xatti-harakatlarni, shu jumladan, istalgan xatti-harakatlarni amalga oshirishda to‘siqlar qo'ymagan bo'ladi. Masalan, bola kattalarning gapini tez-tez bo‘lib turadi. Agar ota-ona unga tushuntirmay jazo bersa, bola unga gapirish man etilyapti deb o‘ylashi va tortinchoq bo‘lib o’sishi mumkin. Ota-ona bolaga kattalarning gapini bo'lish yaxshimasligini tushuntirib, bola ularning e’tiborini talab qilgan paytda unga javob berib borsalar, u bunday vaziyatlarda adekvat ijtimoiy ko'nikmalarni namoyon qilishni o‘rganishi mumkin. Ba’zi ota-onalar tomonidan qo‘llaniladigan bolani vaqtincha izolatsiya qilish kabi protseduralar ham jazo turiga kirsa-da, jismoniy jazolardan farqli o‘laroq, ko‘p muammo tug‘dirmaydi. Bunday protseduralar gapga quloq solmaydigan va agressiv bolalarning xulq-atvorini modifikatsiya qilishda samarali bo‘ladi. Bola o‘zini yomon tutganda, uni jim-jit xonada qisqa vaqtga yolg‘iz qoldirishda unga nima sababdan uni vaqtincha izolatsiya qilishayotganligini aniq va ravshan tushuntirib berilishi kerak. Bunday protsedura natijasida bola me’yoridan chetga chiqadigan xulq-atvor ragcbatlantirilmasligini va qabul qilinmasligini, u o‘zini to‘g‘ri tutishga o'rganmaguniga qadar, boshqalar bilan muloqot qila olmasligini anglaydi. Umuman, har qanday jazo tushuntirib berilishini taqozo etadi.
4. Agressiv xulq-atvorning shakllanishida tengdoshlarning roli
Bola xulq-atvorning turli modellarini (ijtimoiy jihatdan qabul qilingan va qilinmagan) boshqa bolalar bilan bo'lgan munosabatlar natijasida o‘rganib boradi. Agressivlikning turli shakllari ham tengdoshlari bilan bo‘lgan muloqotda paydo bo‘ladi. Biz bola tengdoshlari bilan aloqa qila turib, qanday agressiv xulq-atvor orttirayotganligini va bolaning tengdoshlariga nisbatan bo'lgan agressivligi qanday oqibatlarga olib kelishini ko‘rib chiqamiz. Tengdoshlari bilan o‘ynash bolaga agressiv reaksiyalarga o‘rganish imkoniyatini beradi (masalan, mushtlashish va haqoratlash). Bolalar bir-birini turtgan, masxaralagan, tepgan va birbiriga ziyon yetkazishga qaratilgan shovqinli o‘yinlar agressiv xulq-atvorga o‘rgatishning «xavfsiz» usuli bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Bolalarning aytishicha, shovqinli o‘yinlardagi ularning sheriklari ularga yoqadi va ular bunday o‘yinlarda kamdan kam jarohatlar oladilar. Maktabgacha tarbiya muassasalaridagi bolalarni o‘rganish natijasida shu narsa aniqlandiki, yoshligida tengdoshlari bilan haddan ortiq muloqot qilish ularning kelgusidagi agressivligi bilan bog4iqdir. 0 ‘qituvchilar tomonidan maktabgacha bo‘lgan besh yil davomida bolalar bog‘chasida muntazam tarbiyalangan bolalar, bog‘chaga kamroq borgan bolalarga nisbatan agressivroq ekanligi qayd etilgan. Shuni aytish mumkinki, tengdoshlari bilan agressiv xulq-atvorda ko‘proq «amaliyot o‘tkazgan» bolalar (masalan, bog‘chada), bunday reaksiyalarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirib, endi uni boshqa sharoitlarda (maktabda) qo‘llashga moyil bo‘ladilar. Agressiv bolalarni tengdoshlari yoqtirmaydilar va ko‘p hollarda ularga «yoqimsiz» degan yorliq ilib qo‘yadilar. I.S.Kon va A.Kupershmidt agressivlik va ijtimoiy mavqe o‘rtasidagi bog‘liqlikni bir-biri bilan tanish va bir-birini tanimaydigan bolalar misolida o'rganib chiqdilar. Tadqiqotchilar 4-sinf bolalarining sinfdoshlarining fikriga ko‘ra ijtimoiy mavqeini o‘rganib chiqib, bir-birini taniydigan (sinfdoshlar) va bir-birini tanimaydigan (barchasi har xil maktabdan) o‘g‘il bolalarga darsdan so‘ng komanda o‘yinida ishtirok etishni taklif qildilar. Boshqa tadqiqotlar natijalarida ham aytilganidek, tengdoshlari tomonidan «yoqimsiz» deb tan olingan bolalar tengdoshlari bilan bo'lgan muloqotda verbal (do‘qpo'pisa, so‘kinish) va jismoniy (urish, tepish) agressiyaga xos ijtimoiy xulq-atvorni namoyish qildilar va bu bilan boshqalarning nafratirii uyg'otdilar. Demak, bola o‘zi bilgan yoki bilmagan bolalar bilan o'ynashidan qat’i nazar, uning ijtimoiy statusi sinfda qanday bo‘lsa, o‘yin guruhida ham shundayligicha qolgan.

Xulosa
Agressivlik va ijtimoiy status o‘rtasida uzviy bogliqlikning borligini isbotlab beruvchi adekvat bir fikrning yo‘qligiga qaramay, mazkur tajriba tengdoshlarning nafrati ham, agressivlik ham turli vaziyatlarda saqlanib qoladigan parametrlar ekanligini ko‘rsatadi, ya’ni bola maktabda agressiv bo£lsa va uni hech kim yaxshi ko'rmasa, u boshqa muhitda ham agressiv va yoqimsizligicha qolaveradi. Lekin ba’zi tengdoshlari yoqtirmagan bolani boshqa barcha bolalar ham tan olmaydi, degan xulosaga kelish kerak emas. Amalda bir guruh tan olmagan bolani boshqa guruh qabul qilishi va bu guruhda u muhim rol o‘ynashi mumkin. E. Keyrns va uning hamkasblari agressiv bo‘lmagan bolalar ijtimoiy guruhlarga qanday kirsalar, agressiv bolalar ham shunday kiradilar, deb ta’kidlaydi. Biroq agressiv bolalar o‘zlariga o‘xshash agressiv xulq-atvorli bolalar guruhlariga qo‘shiladilar. Tadqiqotchilar shuni aniqlashdiki, agressiv bo‘lmagan bolalarni qancha o‘quvchi yaqin do‘st sifatida ko'rsatgan bo‘lsa, xulq-atvori agressiv bo‘lgan qiz va o‘g‘il bolalarni ham shuncha ko‘p o‘quvchilar eng yaxshi do£st, deb atashgan. Lekin shunga qaramay, taxmin qilinganidek, agressiv bolalar o‘zlari kabi agressiv tengdoshlari bilan birlashishga moyillar. Agressivlik darajasi yuqori bo‘lgan o‘smirlardan ko‘plab tengdoshlari yuz o‘girishi mumkin. Lekin agressiv bolalar ba’zi bir tengdoshlari bilan o‘rnatgan munosabatlari muhimlikda noagressiv bolalar bilan o‘rnatgan munosabatlaridan kam emas. 0 ‘smirlik davrida o‘g‘il bolalar ham, qiz bolalarda ham shunday davrlar bo‘ladiki, ularda agressiv fe’l-atvor eng yuqori yoki eng past ko'rsatkichlarga ega bo‘ladi. 0 ‘g‘il bolalarda ikki tipdagi agressiyaning namoyon bo‘lishi aniqlangan: 12 yosh va 14—15 yosh. Qizlarda ham ikki tipdagi agressiv xulq-atvorning eng yuqori ko‘rsatkichlari 11 va 13 yoshga to‘g‘ri keladi. Qiz bolalardagi va o‘g‘il bolalardagi agressiv xulq-atvor komponentlarining turlicha namoyon bo'lish darajasi solishtirilganda, o‘g£il bolalarda to‘g‘ri jismoniy va to‘g‘ri verbal agressiyaga, qizlarda esa to‘g‘ri verbal va bevosita verbal agressiyaga moyillik aniqlangan. Shunday qilib, o‘g‘il bolalar uchun agressiyani to‘g‘ridan to‘g‘ri, ochiq shaklda va nizoga kirishayotgan shaxsning o‘ziga ko'rsatish xarakterlidir. Qizlarga esa aynan verbal agressiyaning turli ko‘rinishlarini (to‘g‘ridan to‘g‘ri, bevosita) ma’qul deb bilish xarakterlidir.
Agressiyaning bevosita shakli boshqasiga qaraganda keng tarqalgan. 0‘g‘il bolalarda to‘g‘ri agressiyaning (ko‘p hollarda jismoniy), qizlarda esa bevosita verbal agressiyaning rivojlanish tendensiyasi o‘smirlarga xos bo‘lgan holat bo‘lsa kerak. Boshqa tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, 10—11 yoshli o‘smirlarda jismoniy agressiyaga moyillik ko‘proq bo‘lsa, ular ulg‘ayib borgach 14—15 yoshda verbal agressiya birinchi planga chiqib qoladi. Biroq, ulg‘ayish bilan jismoniy agressiya ko'rinishlarining susayishi o‘zaro bog‘liq emas. Aynan 14—15 yoshda agressiyaning barcha shakllarining maksimal namoyon bo‘lishi aniqlangan. Lekin jismoniy va verbal agressiyaning ulg‘ayishga nisbatan o‘sish dinamikasi bir xilda emas: jismoniy agressiya ko'rmishlari ko‘payib borsa-da, j darajada sezilarli bo‘lmaydi. Verbal agressiya ko‘rinishlari esa ez va sezilarli maromda ko‘payib boradi. Agressiya shakllarning lamoyon bo‘lishi bir paytning o‘zida ham yosh, ham jinsiy o‘ziga xosliklar bilan belgilanadi. Boshlang‘ich o‘smirlik davrida o‘g‘il bolalarda jismoniy agressiya hukmronlik qilsa, qizlarda u deyarli sezilmaydi — ular agressiyaning verbal shakllariga moyillar. Lekin tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, 12—13 yoshga kelib qizlarda ham, o£g‘il bollarda ham agressivlikning negativ shakli alohida namoyon bo‘la boshlaydi. Shuni e’tirof etish joizki, yoshdan qat’i nazar o‘g‘il bolalarda agressivlikning barcha shakllari qizlarga qaraganda kuchliroq namoyon bo‘ladi. Agressiv xulq-atvor va ijtimoiy mavqe o‘rtasidagi bog‘liqlikni tadqiq etishning ko‘rsatishicha, o‘smirlar orasida eng yuqori sotsiometrik mavqega ega bo‘lgan («emotsional liderlar») larning 48%i agressivlik darajasi o‘rtadan yuqori bo‘lgan «shaxslardir». Shu tariqa «emotsional lider»larning 33%i o‘rta agressiv ko‘rsatkichlarga, 19%i esa past agressiv ko‘rsatkichga ega ekanligi ham aniqlangan. Ba’zida «agressivlik» tushunchasi nizolashuvchanlik tushunchasi bilan sinonim tushuncha sifatida qabul qilinadi. Bu tushunchalarning aralashtirilishi bejiz emas, chunki tadqiqotlar davomida agressivlik va konfliktlilik o‘rtasida korrelyatsion aloqalarning mavjudligi aniqlangan. Bundan tashqari bu ikki tushunchaning boshqa shaxsiy sifatlar (shiddatlilik, jahldorlik, tez xafa bo‘lish, betoqatlik va boshqalar) bilan bir xildagi korrelyatsiyasi ham aniqlangan. Agressiv reaksiyalarining ifodalanish darajasi o‘smirning o‘zo‘zini baholashi bilan ham korrelyatsiyalanadi. Bundan umumiy tendensiya to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqlikning mavjudligiga asoslanadi: o‘z-o‘zini baholash darajasi qancha yuqori bo'lsa, umumiy agressiya va uning tashkiliy qismlarining ko‘rsatkichlari shuncha yuqori bo‘ladi. Bunday bog‘liqlik instrumental agressiyaga va agressiyaning yana bir turi bo‘lgan adovatga ham xosdir. qiqotda shu narsa aniqlanganki, 14-17 yoshdagi o‘smirlarning jis-j moniy agressiyasi darajasi shaxsning o‘z-o‘zini umumiy baholasl darajasi bilan korrelyatsiya beradi. 0 ‘z-o‘zini baholash qanch; yuqori bo'lsa, jismoniy agressivlikni namoyish qilishga bo‘lgaif moyillik ham shu qadar kuchli ifodalangan bo‘ladi. Peshqadamlik qobiliyatiga baho berish va o‘zining «jismoniy Men»ini baholash kabi parsial o‘z-o‘zini baholash turlari ham agressiya bilan korrelyatsiya qilishi ma’lurn bo‘ldi. Shunday qilib, avtoritetlarga va o‘rnatilgan qoidalarga qarshi yo‘naltirilgan xulq-atvor ko‘rinishi ko‘p hollarda aynan o‘zining peshqadamlik sifatlarini, jismoniy barkamolligini va go‘zalligini yuqori baholaydigan o‘smirlarga xosdir. Shu tadqiqotning verbal agressiyaning yuqori darajada namoyon bo'lishi peshqadamlik qobiliyatlarini yuksak baholovchilarga xosligi ham aniqlandi. Undan tashqari verbal agressiya shaxsning o‘zidagi mustaqillik, avtonomlik sifatlarini hamda intellekti darajasini yuq0ri baholash bilan ham bog'liq bo‘lib chiqdi. Shunday qilib, yuqori verbal agressiyaning ko‘rinishlari shaxsning o‘z-o‘ziga katta baho berishi, ayniqsa, o‘smirning o‘zini eng avtonom, eng mustaqil, eng peshqadam bo‘lishga loyiq va eng intellektual rivojlangan, deb hisoblashi bilan ham bog‘liqligi ayon bo‘ldi. Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra yana bir tendensiya ko‘zga tashlanadiki, agressivligi yuqori bo‘lgan o ‘smirlar ko‘p hollarda ekstremal ravishda o ‘z-o ‘zini juda yuqori yoki juda past baholash xususiyatiga ega. Noagressiv bolalarga esa o‘zini adekvat baholash xarakterlidir.



Yüklə 62,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin