2. Cho`kmani qayta ishlash. Bakterial tozalash tanki to`g`riburchakli yoki silindr tuzilishga ega bo`ladi. Suv qatlami balandligi 3,5-7 m.ni tashkil etadi; havo ventilyator yordamida beriladi hamda diffuzor orqali taqsimlanadi yoki g`ovaksimon membrana orqali ham o`tkaziladi. Havo sarfi avtomatik ravishda potentsiometr yordamida aralashma miqdoriga bog`liq holda boshqariladi. Qayta ishlash vaqti odatda 1,5-3 soat.
Qoldiq chukma teleskopik yoki avtomatik zatvor (mashinani qulflovchi mexanizm)
orqali ajratiladi va birlamchi cho`ktirishga qaytariladi.
Biologik tozalangan suvni daryoga tashlash mumkin. Agar suvni shahar xalq
xo`jaligiga qaytarish lozim bo`lsa, u holda suvni aktivlangan ko`mir yordamida yoritiladi, so`ngra xlor, ozon, ultrabinafsha nur yoki kumush kolloidi yordamida sterillanadi.
Cho`kmani hajmini kamaytirish uchun yuqori bosim ostida avtoklavda unga ishlov beriladi. Agar cho`kma kelgusida metan olish uchun qo`llanilsa, u holda
unga avtoklavda ishlov berishda 40 dan 60 % gacha uchuvchan moddalar miqdori yo`qotiladi va uning hajmi 60 % ga kamayadi.
Avtoklav unumdorligini oshirish uchun cho`kma aralashmasi va oqava suv bug` yoki qaynoq suv yordamida qizdiriladi (buning uchun fermentatsiya tezligi oshiriladi).
Ba‘zan avtoklav to`plami qo`llaniladi. Loyihalashda hisoblangan yetarli avtoklav hajmi 30 l/ odamga teng keladi. 1 mln. aholisi bor shahar uchun avtoklav hajmi 30 mln.l ga to`g`ri keladi.
Cho`kmadan olingan metan cho`kmani qizdirish uchun zarur bo`lgan bug` ishlab chiqarishda qo`llaniladi. Yirik korxonalarda metan elektroenergiya ishlab chiqarishda gaz turbinalarda qo`llaniladi.
3. Cho`kmani keyingi qayta ishlash. Avtoklavdan so`ng cho`kma quritishga o`tkaziladi. Quritgich katta maydonni egallaganligi, atrofga noxush hid tarqatishi sababli cho`kma filtrlash orqali quyuqlashtiriladi.
Quyuqlashtirgichdan so`ng cho`kma vakuum filtrga beriladi, bu yerda asosiy massa suvdan ajratiladi, filtrlangan cho`kma tarkibida 30 % quruq modda mavjud, so`ngra cho`kma granulalanadi va saqlashga jo`natiladi. Uni bevosita o`g`it sifatida yoki kompost olish uchun qo`llaniladi.
Odatda filtrga birlamchi va ikkilamchi cho`kma aralashmasi keltiriladi. Ba‘zan cho`kmani ajratishda avtoklavdan so`ng oqava suvga ishlov berishda sentrifugadan foydalaniladi.
Sterillash orqali birlamchi filtrdan so`ng suvda qolgan kolloidlarni, qurt-qumursqa lichinkalarini (niqoblari), suv o`tlarini yo`qotib bo`lmaydi.
Navbatdagi filtrlashda (takror) suv g`ovaksimon materialdan o`tkazilayotganda teshik o`lchamidan katta o`lchamli zarrachalar ushlanib qoladi, bu yerda filtrlovchi muhit sifatida enzima ajratadigan mikroorganizmlarni cho`ktirish uchun matritsa (uyma qolip) ham muhim rol o`ynaydi. Enzima kolloidlarni yuqori qismini yiriklashtirib, ajralishini osonlashtiradi. Ba‘zan filtr sifatida sirt aktiv xossaga ega bo`lgan moddalar ham qo`llaniladi. Bunday filtrlar kolloidlarni adsorbtsiyalash uchun qo`llaniladi.
4. Kolloidlarni fil‘trlash va ajratish. Suvni tozalashda filtr material sifatida qum va kizelgur qo`llaniladi. Statik filtrlovchi muhitga nisbatan farqi (mas: material yoki forforga) granulalangan filtrlovchi material oson yuviladi. Kizelgur unchalik katta bo`lmagan filtrlardan mas: basseyn suvlarini tozalashda ishlatiladi. Sanoat filtri sifatida qum yoki shag`al qo`llaniladi, filtr qalinligi 600-1500 mm. Filtrni to`liq to`yintirish uchun siqilgan havo va suv aralashmasi aralashtiriladi, so`ngra toza qum kiritiladi.
Oqava suvni tozalashda sekin va tez filtrlash usuli qo`llaniladi. Sekin filtrlash uch bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda qo`pol filtrda yirik zarrachalar ajratiladi, filtrlash tezligi 1 m/s. Ikkinchi bosqichda perefiltrlar qo`llaniladi: bu yerda kolloidlardan boshqa barcha aralashmalar ajratiladi. Uchinchi bosqichda (tezlik 200 mm/s) bakteriyalar ta‘sirida kolloidlar yiriklashtiradi va ajratiladi, bir vaqtda filtrda boshqa kolloidlar ham adsorbtsiyalanadi. Bu bosqichda asosiy bakterial membranani hosil bo`lishi muhim hisoblanadi.
Bu holat filtrni yuvgandan bir necha kun keyin ham mavjud bo`ladi. Tez filtrlash usuli tezligi 20 m/s ni tashkil etadi. Bunday tezlikda kolloidlarni ajratib bo`lmaydi, shuning uchun ular suv filtrlash jarayoniga kelganda koagullanadi.
Tez filtrlash usulida filtr 98 % SiO2 dan iborat; standart filtr zarrachalar o`lchami 0,3-1 mm ga teng, perefiltr zarrachalar o`lchami 2 mm.
Keyingi vaqtda suv sig`imlariga suv bilan tushadigan azot va fosfor birikmalarini ajratishga muhim e‘tibor berilyapti, aksincha bu esa suv o`tlarini rivojlanishiga olib keladi. Bundan tashqari nitrat zaharli hisoblanadi. Shuning uchun oqava suv birlamchi va ikkilamchi tozalangandan so`ng uchinchi tozalash bosqichiga yuboriladi.
Ishlab chiqarish va kundalik extiyojlar natijasida xosil bo`lgan oqava suvlar har xil eriydigan va erimaydigan mavhum qayonovchi zarrachalarni o`z ichiga oladi. Bu aralashmalar suv bilan dispers sistemani tashkil qilib qattiq va suyuq aralashmalarga bo`linadi. Dispers sistemalar tarkibidagi zarrachalarning o`lchamiga qarab uch guruxga bo`linadi:
Qo`pol dispers sistema bo`lib o`lchami 0,1 mkm dan katta bo`ladi (bularni suspenziya va emulsiyalar deyiladi)
Kolloid sistemalar.Bu sistemadagi zarrachalarning o`lchamlari 0,1mm dan -1nm metrgacha (NM)bo`ladi.
Xaqiqiy eritmalar bo`lib bu sistemadagi zarrachalarning o`lchami ayrim molekula va ionlarning razmeriga teng bo`ladi.
Oqava suvlardan mavxum qaynovchi zarrachalarni yo`qotish uchun gidromexanik jarayolar (Uzlikli va uzliksiz) elash, cho`ktirish (grovitotsion va markazdan qochirma) va fil`trl`ash jarayonlarni qo`llaniladi.Tozalashning qaysi metoda qo`llanilishi esa zarrachalarning qontsentrotsiyasiga bog`liq bo`ladi. Bundan tashqari tozalash vaqtida oqava suvning miqtorini va talab ilingan tozalash darajasini ham e`tiborga olish zarur.