Kirish O’quvchilar maktab formasida. Sinfda O’zbekiston Respublikasi ramzlari va xaritasi bor. O’zbekiston iqtisodiga oid plakatlar. Asosiy g’oya


-mashq.So'zlarni o'qing. Ularning o'rtasidagi farqlarni aniqlang



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə13/78
tarix19.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#185731
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   78
Kirish O’quvchilar maktab formasida. Sinfda O’zbekiston Respubli-fayllar.org

28-mashq.So'zlarni o'qing. Ularning o'rtasidagi farqlarni aniqlang.
azm –azim xalos –xolos urush –urish
ahl – ahil sut –sud paxta –puxta
29-mashq. Berilgan gaplardagi so'zlarning xatosini toping. Ularni to'g'rilab, daftaringizga ko'chirib yozing.
1. Besh asirkim nazmiy saroyni
Titratadi zanjirband bir she'r. (A.Oripov) -
2.Sanat saroyiga konsert tomosha qilgani bordik.
3.Chop yoni bilan turmoq.
4.Urish, noming o'chsin jahonda... (Zulfiya)
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash
Burj Burch



T/r


So’zlar


So’zlar


Ma’nosi


1.
2.

3.
4.


Azim
Amir
Ariq
Asir




Azm
Amr
Oriq
Asr




1)Ulkan; 2) qat’iy qaror
1)podshoh; 2) farmon
1)suv yo’li; 2)ozg’in
1)tutqun; 2)yuz yil


Savol va topshiriqlar
Takrorlash uchun savollar
1. Tilla—tila, qatiq-qattiq kabi so'zlarning yozilishini va ma'nosini ayting.
2.Qarz-qars, darz-dars, yod-yot kabi so'zlardagi o'zgarishlarni belgilab, ularning ma'nosini tushuntiring.
3.1- va 2-topshiriqlardagi so'zlarni bir xil yozsak bo'ladimi?
V.O`quvchilarni baholash
VI.Uyga vazifa: 30-mashq.Uxlamoq-uhlamoq, shoh-shox, tana-ta'na so'/.lari ishtirokida gaplar tuzing va ularni izohlang
Ko’rib chiqild: O I B D O’ D. Sohibova
Ona tili

5-“A” “B” -sinf


Sana:_________________________________
Mavzu: Ma`nodosh so`zlar.
Darsning maqsadi:
a) ta`limiy: ma`nodosh so`zlar haqida bkmlarni takrorlash
b) tarbiyaviy:o`quvchilarga mehr-oqibat, o’z vatanidan faxrlanish, vaqtdan unumli foydalanish, yuksak maqsadlar sari intilish tuyg’ularini singdirish;
d) rivojlantiruvchi: o’quvchilarning mantiqiy fikrlash malakalarini va og’zaki nutqini o’stirish, mustaqil ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish.
Dars turi: takrorlash
Dars usuli: induktiv
Dars metodi: savol –javob, klaster, so’zlar xazinasi metodi
Dars jihozi : darslik, tarqatma materiallar
Darsning blok sxemasi






Dars etaplari


Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

2

2

Takrorlash


10

3

Yangi mavzu bayoni


15

4

Yangi mavzuni mustahkamlash


15

5

O`quvchilarni baholash


2

6

Uyga vazifa


1



Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism
1) salomlashish; 4) yangiliklar;
2) davomat; 5) uyga vazifa.
3) navbatchi hisoboti;
II.Takrorlash
1. Tilla—tila, qatiq-qattiq kabi so'zlarning yozilishini va ma'nosini ayting.
2.Qarz-qars, darz-dars, yod-yot kabi so'zlardagi o'zgarishlarni belgilab, ularning ma'nosini tushuntiring.
3.1- va 2-topshiriqlardagi so'zlarni bir xil yozsak bo'ladimi?
III.Yangi mavzu bayoni
31-mashq.
Nuqtalar o'rniga qavs ichida berilgan ma'nodosh so'zlardan mosini qo'yib ko'chiring.
1. Egilganga egilgin boshing yerga tekkuncha, kekkayganga kekkaygin boshing ...ka yetguncha (osmon, ko'k, samo).
2. ... o'zadi, egri to'zadi (to'g'ri, vijdonli, insofli).
3. Do'st achitib gapiradi, ... kuldirib (yov, g'anim, dushman).
4. ... avlod orzusi (yetuk, barkamol, raso).
5. ... do'st ayrilmas (o'lchovli, sanoqli, hisobli).
6. ...ga ayyor (muhayyo, shay, tayyor).
32-mashq. Yuz, chehra, bet, aft, turq, bashara so'zlarini bir matn ichida keltirib gaplar tuzing.
33-mashq.
Qaramoq, yugurmoq, irg'imoq so'zlarining ma'nodoshlarini toping va ular ishtirokida so'z birikmalari tuzing.


IV.Yangi mavzuni mustahkamlash
Ma`nodosh Zid ma`noli



T/r


So’zlar


So’zning ma’nodoshlari


1.
2.
3.
4.
5.
6.


Vatan
Chiroyli
Gapirmoq
Yugurmoq
Irg’imoq
Yuz




Savol va topshiriqlar


Takrorlash uchun savollar
1. Ma'nodosh so'zlar deb qanday so'zlarga aytiladi?
2.Vatan so'zining ma'nodoshlarini toping.
3. Ozodlik, hurlik, mustaqillik so'zlaridagi ma'noviy farqlarni
tushuntiring.
Uyga vazifa
V.O`quvchilarni baholash
VI. 34-mashq. Bajarmoq, buyruq, ilg'or, kiyim, iste'dodli, o'rtoq so'zlarining ma'nodoshlarini topib, ular ishtirokida gaplar tuzing va daftaringizga yozing.
Ko’rib chiqild: O I B D O’ D. Sohibova

Ona tili


5-“A” “B” -sinf

Sana:________________________
Mavzu: Shakldosh so'zlar
Darsning maqsadi:
a) ta`limiy: o’quvchilarga shakldosh so`zlar haqida ma‘lumot berish;
b) tarbiyaviy: o`quvchilarda ona tiliga muhabbat, hurmat tuyg’usini o‘stirish;
d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og`zaki va yozma nutqni o`stirish, ularni ijodiy fikrlashga undash.
Dars tipi : takrorlash
Dars turi: odatdagi
Dars usuli: induktiv
Dars metodi: savol –javob , klaster, Venn diagrammasi
Dars jihozi : darslik , tarqatma materiallar
Darsning blok sxemasi




Dars etaplari


Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

2

2

Takrorlash


10

3

Yangi mavzu bayoni


15

4

Yangi mavzuni mustahkamlash


15

5

O`quvchilarni baholash


2

6

Uyga vazifa


1



Darsning borishi: I.Tashkiliy qism
1) salomlashish; 4) yangiliklar;
2) davomat; 5) uyga vazifa.
3) navbatchi hisoboti;
II.Takrorlash
1. Ma'nodosh so'zlar deb qanday so'zlarga aytiladi?
2.Vatan so'zining ma'nodoshlarini toping.
3.Ozodlik, hurlik, mustaqillik so'zlaridagi ma'noviy farqlarni
tushuntiring.
III.Yangi mavzu bayoni
35-mashq.
Gaplarni o'qing, shakldosh so'zlarni topib, ularga izoh bering.
  1. Bir yil tut ekkan kishi yuz yil gavhar teradi. Yaxshilarning etagini tut, adashmaysan.


2. Yoz - o'tmoqda soz. Dutor - eng yaxshi soz.


3. Arg'amchiga qil quvvat. Nomusni yoshlikdan ehtiyot qil.
4. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ni hayotga tatbiq etmoq. Filmdagi eng yaxshi chiqqan kadrlarni ko'rsatmoq.
36-mashq


T/r


Shakldosh so‘zlar


Ma’nosi


Shakldosh so‘zlar


Ma’nosi


1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.
8.
9.
10.
11.
12.


Yoq
Karam
Kuy
Qo’y
Ot
Kul
Mushak
Oy
Bog‘
Taxt
Et
Chang


Tomon, taraf
Mahsulot
Qo’shiq
Hayvon nomi
Hayvon nomi
Cho’g‘
Zambarak
Sayyora nomi
Mevazor
Podshoh o’rindig’i
Badan
Musiqa asbobi


Yoq
Karam
Kuy
Qo’y
Ot
Kul
Mushak
Oy
Bog‘
Taxt
Et
chang


Yoqmoq, kuydirmoq
Saxovat
Kuymoq
Qo’ymoq (biror narsani)
Otmoq
Kulmoq
Tananing qismi


Hovuch (1 bog‘ beda)
Tayyor
Etmoq
Toza bo’lmagan


Yoq, karam, kuy, qo'y, ot, kul, mushak, oy, bog', taxt, et, chang so'zlari ishtirokida gaplar tuzib, ularning matndagi ma'nolarini izohlang.
37-mashq
Gaplarni daftaringizga ko'chirib yozing, shakldosh so'zlarga izoh bering.
Topgan gul keltirar, topmagan bir bog' piyoz. Mustaqillik sharofati bilan yurtimizda ko'plab bog'lar barpo qilindi. Ozodlik - biz uchun eng katta davlat. Eli boy davlat kuchli va qudratli bo'lur. Ertalab atrofni qalin tuman qopladi. Bizning tumanimizda bir qancha sport inshootlari qurildi.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash
Shakldosh Ko`p ma`noli


Savol va topshiriqlar
Takrorlash uchun savollar
1. Shakldosh so'zlar deb qanday so'zlarga aytiladi?
2. Kul so'zining shakldoshlarini ayting.
3. Shakldosh so'zlarni qanday farqlash mumkin?
V.O`quvchilarni baholash
VI.Uyga vazifa:42-mashq.Bor, yoq, dog', sir, tush so'zlari ishtirokida gaplar tuzing. Ularning matn ichidagi ma'nolarini izohlang.
Ko’rib chiqild: O I B D O’ D. Sohibova

Ona tili


5-“A” “B” -sinf


Sana:__________________________
Mavzu: Zid ma`noli so`zlar
Darsning maqsadi:
a) ta`limiy: zid ma`noli so`zlar bo`yicha o`tilganlarni takrorlash
b) tarbiyaviy: o`quvchilarda ona tiliga muhabbat, hurmat tuyg’usini o‘stirish;
d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og`zaki va yozma nutqni o`stirish, ularni ijodiy fikrlashga undash.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin