Dars etaplari
|
Ajratilgan vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
2
|
2
|
Takrorlash
|
10
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
15
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
15
|
5
|
O`quvchilarni baholash
|
2
|
6
|
Uyga vazifa
|
1
|
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism
1) salomlashish; 4) yangiliklar;
2) davomat; 5) uyga vazifa.
3) navbatchi hisoboti;
II.Takrorlash
1.O'zbek tilida nechta undosh tovush bor va ular yozuvda nechta
harf bilan ifodalanadi?
2.B-p, v-f, d-t, g-k undoshlarining yozilishi haqida gapirib bering.
3.H va x undoshlarining yozilish o'rinlari qanday?
4.Q, g', ng undoshlarining imlosi haqida so'zlab bering.
III.Yangi mavzu bayoni
21-mashq.Bosh harflarning ishlatilish sababini aniqlang, matnni ko'chirib yozing.
O'zbekiston-yer yuzining jannati. U bizning jonajon Vatanimizdir.
Yam-yashil bog'-rog'larga burkangan Farg'ona vodiysi, ko'hna Samarqand-u Buxoro, Xiva, azim Qashqadaryo va Surxondaryo yurtimizning maftunkor maskanlaridir.
O'zbekistonda Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon kabi daryolar, Chotqol, Qurama, Hisor, Nurota, Chimyon singari tog'lar bor.
22-mashq.“Mening ona shahrim” (yoki qishlog'im) mavzusida matn tuzing. Bosh harflarning ishlatilish o'rinlariga izoh bering.
23-mashq. Mashqimiz «Xato toping » deb nomlanadi. Matnda kich harflar bilan berilgan so'zlarni to'g'rilab, bosh harflar bilan yozing.
Mening bolalik yillarim Farg'ona vodiysining yaypan, nursuq, qudash, buvayda, tolliq, olqor, yulg'unzor, oqqo'rg'on degan qishloqlarida o'tgan. o'ttizinchi yillarning o'rtalarida bolaligimni o'ylaganimda chalakam-chatti tush ko'rganday edim: dumli yulduz chiqqan edi; Babar (Bobir bo'lsa kerak) degan yigitni otqorovul miltiq bilan otganda o'lmagan edi... (Abdulla Qahhor)
24-mashq.Buxoro, Hamid Olimjon, «Tong yulduzi» kabi so'z va so'z birikmalarining bosh harflar bilan yozilish sabablarini tushuntirib bering.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash
BOSH HARFLAR KICHIK HARFLAR
Takrorlash uchun savollar
1. Joy nomlari nima uchun bosh harf bilan yoziladi?
2.Kishilarning ism-familiyalari, taxalluslariga misollar keltirib, ularning
qanday harf bilan yozilishini tushuntirib bering.
3.Korxona, tashkilot, gazeta, jurnal nomlari qanday yoziladi?
V.O`quvchilarni baholash
VI.Uyga vazifa:25-mashq.
O'zingiz istiqomat qilayotgan ko'cha (mahalla) yoki qishloqda joylashgan korxona va tashkilot, fermer xo'jaligi nomlarini daftaringizga yozing va ularning bosh harflar bilan yozilish sabablarini izohlang
Ko’rib chiqild: O I B D O’ D. Sohibova
Ona tili
5-“A” “B” -sinf
Dostları ilə paylaş: |