Kirish O’quvchilar maktab formasida. Sinfda O’zbekiston Respublikasi ramzlari va xaritasi bor. O’zbekiston iqtisodiga oid plakatlar. Asosiy g’oya


Dars turi: takrorlash Dars usuli



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə14/78
tarix19.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#185731
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   78
Kirish O’quvchilar maktab formasida. Sinfda O’zbekiston Respubli-fayllar.org

Dars turi: takrorlash
Dars usuli: induktiv
Dars metodi: savol-javob, blits so’rov, tushunchalar tahlili
Dars jihozi : darslik, tarqatma materiallar
Darsning blok sxemasi




Dars etaplari


Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

2

2

Takrorlash


10

3

Yangi mavzu bayoni


15

4

Yangi mavzuni mustahkamlash


15

5

O`quvchilarni baholash


2

6

Uyga vazifa


1



Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism
1) salomlashish; 4) yangiliklar;
2) davomat; 5) uyga vazifa.
3) navbatchi hisoboti;
II.Takrorlash
1. Shakldosh so'zlar deb qanday so'zlarga aytiladi?
2. Kul so'zining shakldoshlarini ayting.
3. Shakldosh so'zlarni qanday farqlash mumkin?
III.Yangi mavzu bayoni
39-mashq.
Gaplarni o'qing, zid ma'noli so'zlarni aniqlab, ularni izohlab bering.
1. Do'st achitib gapiradi, dushman - kuldirib. 2. Baxtiyor oqni qoradan ajratadigan bo'lib qoldi. 3. Qarilar izzatda, yoshlar xizmatda.
40-mashq.
Quyidagi zid ina'noli so'zlardan foydalanib, gaplar tuzing.
Egri -to'g'ri, baland-past, uzun-qisqa, achchiq - shirin, toza-kir.
41-mashq.
Quyidagi so'zlarning zid ma'noli juftlarini topib, ular Ishtirokida so'z birikmalari tuzing va daftaringizga yozing.
Oz-..., qalin-..., ulkan-..., keng-..., tinchlik-..., yer-..., kun-...
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash
“Tushunchalar tahlili” metodi orqali mavzu mustahkamlanadi.



Tushuncha


Mazmuni

Bir tovush bilan farq qiladigan so’zlar




Paronimlar

Ma’nodosh so’zlar




Ma’nosi bir-biriga yaqin so’zlar

Shakldosh so’zlar




Shakli 1 xil ma;nosi har xil so’zlar

Zid ma’noli so’zlar




Bir-biriga qarama-qarshi ma’noli so‘zlar

“Blits – so’rov” usuli asosida o’tilgan mavzular yuzasidan o’quvchilarning o’zlashtirgan bilim, ko’nikmalari tekshiriladi. Unda o’qituvchi tomonidan tushunchalar berilgan bo’lib, o’quvchi uni tahlil qilishi kerak. Bu usul vositasida bir vaqtning o’zida barcha o’quvchilarning mavzularni o’zlashtirganlik darajasi aniqlanadi.

“Blits-so’rov” savollari.






So’zlardan nomlanishi


To’g’ri javob


To’plangan ballar

Asir, asr; sanat, san’at


Yetuk, barkamol, raso

Tuman, davlat, bog’


Katta-kichik, yosh-qari

Bir tovush bilan farq qiladigan so’zlar;


Ma’nodosh so’zlar
Shakldosh so’zlar
Zid ma’noli so’zlar

1
1


1
1




Savol va topshiriqlar


Takrorlash uchun savollar
1.Zid ma'noli so'zlar deb qanday so'zlarga aytiladi?
2.Do'st so'zi nima uchun yov, g'anim emas, ko'proq dushman so'ziga zid qo'yiladi?
V.O`quvchilarni baholash
VI.Uyga vazifa
42-mashq.
Maqollarni o'qing. Shunga o'xshash maqollar topib, daftaringizga ko'chiring.
l.Aqlli uzoqni ko'zlar, aqlsiz yaqinni. 2.Tinchlik urushni yengar. To'g'ri oshini yeydi, egri - boshini. 4. Baxil topsa, bosib yer, saxiy topsa, hamma yer. 5.Ko'p o'yla, oz so'yla.
Ko’rib chiqild: O I B D O’ D. Sohibova
Ona tili

5-“A” “B” -sinf


Sana:__________________________
Mavzu: Qo`shma so`zlar imlosi
Darsning maqsadi:
a) ta`limiy: qo`shma so`zlar imlosi bo`yicha o`tilganlarni takrorlash
b) tarbiyaviy: o`quvchilarda ona tiliga muhabbat, hurmat tuyg’usini o‘stirish;
d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og`zaki va yozma nutqni o`stirish, ularni ijodiy fikrlashga undash.
Dars turi: takrorlash
Dars usuli: induktiv
Dars metodi: savol-javob, „Manzilga kim birinchi yetadi?“ o‘yini
Dars jihozi : darslik, tarqatma materiallar
Darsning blok sxemasi




Dars etaplari


Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

2

2

Takrorlash


10

3

Yangi mavzu bayoni


15

4

Yangi mavzuni mustahkamlash


15

5

O`quvchilarni baholash


2

6

Uyga vazifa


1



Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism
1) salomlashish; 4) yangiliklar;
2) davomat; 5) uyga vazifa.
3) navbatchi hisoboti;
II.Takrorlash
1.Zid ma'noli so'zlar deb qanday so'zlarga aytiladi?
2.Do'st so'zi nima uchun yov, g'anim emas, ko'proq dushman so'ziga zid qo'yiladi?
III.Yangi mavzu bayoni
43-mashq.
O'qing. Qo'shma so'zlarni aniqlab, yozilishiga diqqat qiling.
Respublikamizda uzluksiz ta'lim tizimi joriy qilindi. Uning bosh maqsadi chuqur bilimli, yuksak ma'naviyatli, hozirjavob yoshlarni tarbiyalashdan iborat. Mehmondo'st, mehnatsevar, bolajon xalqimizga mos bo'lgan sofdil, mard va dovyurak, dono yoshlar kelajak poydevoridir.
Mashqdagi qo`shma so`zlar
hozirjavob ,mehmondo`st ,mehnatsevar ,sofdil ,dovyurak ,poydevor
44-mashq.
Matnni o'qing. Qo'shma so'zlarni ajratib, daftaringizga ko'chirib yozing, ularning ma'nosini aytib bering.
  1. Ochildimi boychechak, Endi har yon gul demak. (Shukur Sa'dulla)


  2. Bu shaharning oti Ko'kterak ekan. (G'afur Gulom)


3. Bir kuni Oqiljonning dadasi uch-to'rt tup atirgul ko'chati ko'tarib keldi. (Farhod Musajon)


4. Onasi: -To'polon qilmay o'tiringlar, agar yaxshi bola bo'lib o'tirsanglar, ikkalovingga xo'rozqand olib kelib beraman, deb tayinlab ketdi. (Karim Rahim)
Mashqdagi qo`shma so`zlar
boychechak ,Ko`kterak , atirgul ,xo`rozqand
45-mashq.
Shirin, umum, xush, qora, oq, katta, uch, to'qqiz so'zlarini ishtirok ettirib, qo'shma so'zlar tuzing.
Namuna: shirinso'z, shirinzabon, shirintomoq.
46-mashq. «Manzilga kim birinchi yetadi?» o'yinini tashkil qilinadi. Buning uchun uch guruhga bo'linib, sinf taxtasiga har bir guruhdan bittadan vakil chiqariladi. Ular qo'shma so'zlarga 7 tadan misol yozadilar. Kim birinchi bo'lib topshiriqni bajarsa, o'sha g'olib chiqqan bo'ladi.



1-guruh


2-guruh


3-guruh

Qorasuv

Uchtepa

xushbichim








































IV.Yangi mavzuni mustahkamlash
Takrorlash uchun savollar
1. Qo'shma so'zlar nechta so'zdan tashkil topgan bo'ladi?
2. Qo'shma so'zlar qanday yoziladi?
3.Balandparvoz so'zini ajratib, har bir so'zga alohida izoh beringl
4.Uchta so'zdan ham qo'shma so'z yasaladimi?
V.O`quvchilarni baholash
VI.Uyga vazifa:
47-mashq. Gaplarni ko'chiring, qo'shma so'zlarni topib, izohlang.
1. Odobli, bilimdon va aqlli, mehnatsevar, iymon-e'tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning katta boyligidir. (I.Karimov)
2.Temur dushmanlariga ofat keltiruvchi, askar-u lashkarboshilariga qattiqqo'l, xalqiga esa saxovatli ota kabi edi. (Sharafiddin Ali Yazdiy)
3.Mana, qishlog'imizning nomini olaylik. Bir zamonlar uni Mingchinor deb atashgan. Oq laylaklar qishlog'imiz chinorlariga in qo'yib ko'payib ketgach, Mingchinorni unutib, Laylakxona deb nom berishgan. (S. Barnoyev)
Ko’rib chiqild: O I B D O’ D. Sohibova
Ona tili

5-“A” “B” -sinf


Sana:__________________________
Mavzu: Juft so`zlar imlosi
Darsning maqsadi:
a) ta`limiy: Juft so`zlar imlosi bo`yicha o`tilganlarni takrorlash
b) tarbiyaviy: o`quvchilarda ona tiliga muhabbat, hurmat tuyg’usini o‘stirish;
d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og`zaki va yozma nutqni o`stirish, ularni ijodiy fikrlashga undash.
Dars turi: takrorlash
Dars usuli: induktiv
Dars metodi: savol-javob, „Xato toping“ o’yini, Venn diagrammasi
Dars jihozi : darslik, tarqatma materiallar
Darsning blok sxemasi




Dars etaplari


Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

2

2

Takrorlash


10

3

Yangi mavzu bayoni


15

4

Yangi mavzuni mustahkamlash


15

5

O`quvchilarni baholash


2

6

Uyga vazifa


1




Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin