110-mashq. Berilgan his-hayajonsiz gaplarni his-hayajon gapga aylantiring. Tinish belgilariga e'tibor bering. 1. Bahor... Barqut kiyib bezandi bog'lar. (E.Vohidov) 2. Ipak qurticha g'ayrating yo'qmi? (Navoiy) 3. Suhbat aylaylik, keling jo'ralar, o'rtog'lar. (Muqimiy) 4. Tonggi qishloq manzarasi go'zal 5. Bu chorakni a'lo baholarga yakunlasang.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash Savol va topshiriqlar ustida ishlash
1. His-hayajon gap deganda nimani tushunasiz?
2.His-hayajon gaplarning qanday belgilari bor?
3.His-hayajon gaplar oxiriga qanday tinish belgisi qo'yiladi?
4.Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari qaysilar?
V.O`quvchilarni baholash VI.Uyga vazifa:111-mashq. 1-2 tadan darak, so'roq, buyruq, istak shaklidagi his-hayajon gaplar tuzing. Gaplarda his-hayajonni ifodalovchi vositalardan foydalaning.
Ko’rib chiqild: O I B D O’ D. Sohibova
Ona tili
5-“A” “B” -sinf
.Sana:__________________________ Mavzu:Mustahkamlash Darsning maqsadi: a) ta`limiy: Gaplarning ifoda maqsadiga ko`ra turlari bo`yicha egallangan bilim va ko’nikmalarni mustahkamlash ;
b) tarbiyaviy: o`quvchilarda ona tiliga muhabbat, hurmat tuyg’usini o‘stirish, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og`zaki va yozma nutqni o`stirish, ularni ijodiy fikrlashga undash.
Dars turi: mustahkamlash
Dars metodi:savol-javob, mashqlar bajarish. Bilimlar zanjiri, rostmi yolg’on o’yini va tezyurar o’yini, testlar
Dars jihozi : darslik, tarqatma materiallar,test
Darsning blok sxemasi