53-mashq. Rasm asosida «Bolalikning beg'ubor tongi» mavzusii og'zaki matn tuzing. Unda darak, so'roq, buyruq va his-hayajon gaplard foydalaning. Tayanch so'zlar: o'g'il, qiz, baxtli, gul, kapalak, varrak, chamanzor, mehribon, g'amxo'rlik, o'ynamoq, yugurmoq, maza qilmoq, xursand bo'lmoq
54-mashq. His-hayajon gaplarni topib, ularning oxirida nima sababdan undov belgisining ishlatilayotganini tushuntirib bering.
Achchiq savol berib, shirin javob kutma! Bugungi ishni ertaga qo'yma! Ma'rifatli, yuksak didli bolalardan kelajakda ulug' insonlar yetishib chiqsa ne ajab!
Kelishning ketishi bordir dunyoda,
So'zingni ezgu qil - umring ziyoda!
(Yusuf Xos Hojib)
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash
Takrorlash uchun savollar 1.«O'zbekiston - mustaqil davlat». Bu gapning oxirida nima uchun nuqta ishlatiladi?
2.So'roq belgisining ishlatilishiga misollar keltiring.
3.Undov belgisi qanday gaplarda ishlatiladi?
V.O`quvchilarni baholash VI.Uyga vazifa 5-mashq. Rivoyatni o'qib, undagi mazmun haqida o`ylang. Fikrlaringizni daftarga yozib keling.
Aytishlaricha, ikki qo'shni bir parcha yerni talashib qolishibdi.
- Bu yer meniki! - debdi biri.
-Yo'q! Bu yer meniki! - debdi ikkinchisi.
Shunda yerdan sado chiqib:
-Ikkoving ham meniki! - debdi.
Shu sado tufayli ikki qo'shni murosaga kelib, yarashishibdi.
(Rivoyat)
Ko’rib chiqild: O I B D O’ D. Sohibova