Sodda yig'iq gap deganda nimani tushunasiz?
Sodda yoyiq gap deb qanday gapga aytiladi?
Hol deganda nimani tushunasiz?
Gapirdi kesimini qachon? ,qayerda?, so`roqlariga javob bo`luvchi hollar bilan kengaytiring.
To'ldiruvchi qanday hokim bo'lakka bog'lanadi?
To'ldiruvchi qanday bog'lovchi vositalar yordamida bog'lanadi?
Sifatlovchi aniqlovchi qanday savollarga javob bo'ladi?
Qaratqich aniqlovchi deb nimaga aytiladi?
Qaratqich aniqlovchi bilan tushum kelishigidagi to'ldiruvchi o`rtasidagi farqni ayting.
Qanday bo'laklar uyushiq bo'laklar sanaladi?
Uyushiq bo'laklar orasiga qanday holatlarda vergul qo'yiladi?
Umumlashtiruvchi so'z deganda nimani tushunasiz?
Umumlashtiruvchi so'zlar bilan uyushiq bo'laklar o'rtasiga qanday tinish belgisi qo'yiladi?
Undalma deb nimaga aytiladi?
Bitta so'zdan iborat bo'lgan undalmalarga misollar ayting.
Undalmalar ikki va undan ortiq so'zdan ham tashkil topadimi?
Undalmalarda vergul qachon ishlatiladi?
Qaysi hollarda undalmalardan so'ng undov belgisidan foydalanamiz? Undalmalar gapning o'rtasida kelganda qanday tinish belgisi ishlatiladi?