Kirish O’quvchilar maktab formasida. Sinfda O’zbekiston Respublikasi ramzlari va xaritasi bor. O’zbekiston iqtisodiga oid plakatlar. Asosiy g’oya
Kirish O’quvchilar maktab formasida. Sinfda O’zbekiston Respublikasi ramzlari va xaritasi bor. O’zbekiston iqtisodiga oid plakatlar.
Asosiy g’oya O’quvchilar qalbi va ongiga Vatanga bo’lgan mehr-muhabbat tuyg’ularini yanada chuquqrroq singdirish, ularni vatanimiz tarixiga, uning boy ma’daniymerosiga, ramzlariga sadoqat ruhida tarbiyalash. Shunday aziz Vatanda yashashdan faxrlanish tuyg’ularini shakllantirish. Davlat ramzlari muqaddasligini uqtirish.
Asosiy g’oyani keng ko’lamda yorqin va jozibali aks ettirish uchun xona bayramona bezatiladi. Sahna to’rida “Bayrog’imiz – faxrimiz, g’ururimiz, 1991-yil 18-noyabr O’zbekiston Respubliksining bayrog’i qabul qilingan kun” yozuvi. Xona devorlariga bayroq haqidagi she’rlar yozilgan plakatlar tartib bilan joylashtiriladi. O’ng burchakda “O’zbekiston Respubliksining bayrog’i” o’z bezagi bilan sahna ko’rkiga fayz kiritadi.
O’quvchilar sahnadan pastda doira shaklida ikki qator bo’lib joylashadilar. O’rtadagi stol ustida buyuk allomalarimizning ma’naviy merosi bo’lmish noyob asarlar davriga qarab, ketma – ketlikda joylashtiriladi.
Dars turi:Umumlashtirilgan sahna ko’rinishi darsi
Davraga olib boruvchilar sahnaga chiqishadi.
1 – boshlovchi: Ey so’z, ne balo ajab guharsan,
Guhar neki bag’ri mavjvarsan.
Assalomu alaykum, aziz mehmonlar! Mustaqil yurtning barkamol yoshlari, aziz ustozlar, bugungi “Bayrog’imiz – faxrimiz, g’ururimiz” nomli bayramimizga xush kelibsizlar!
2 – boshlovchi:Bu dam madhing kuylay iftixor bilan,
Ko’ksimda barq urgan navbahor bilan.
Assalom-u alaykum, aziz o’quvchilar, ustozlar! Bayram munosabati ila barchangizning o’qish va ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Darsimizning shiori: Mangu faxrim, e’tiqod-u,
Nurli iymonim mening.
Zar tuprog’ingni avaylash,
Muqaddas burchim mening.