1-mashq. Quyidagi so'zlarning o'zbek tilida paydo bo'lish sabablarini aniqlang. Kollej, litsey, tadbirkor, fermer, tuman, viloyat.
2-mashq.Matnni o'qing va undagi g'oya haqida o'z fikringizni bayon qiling. Podshoh bir kuni vazirlariga:
- Menga eng lazzatli taom pishirib keltiringlar, - dedi.
Vazirlar maslahatlashib unga til go'shtidan taom pishirib keldilar.
Taom podshohga ma'qul bo'ldi.
U: - Endi esa menga eng achchiq narsadan tayyorlangan ovqat olib kelinglar, - deb farmon berdi.
Bu gal ham unga til go'shtidan ovqat pishirib keldilar.
Podshohga topshiriqning ijrosi maqbul bo'ldi. Nima uchun?
3-mashq. Quyidagi maqollarni daftaringizga yozib oling va yodlang.
4-mashq. Topishmoqlarning javobini toping. O'zingiz hamtil, so'z, ilm, kitobhaqida bilgan topishmoqlaringizni o'rtoqlaringizga aytib bering. 1. Tilsiz aql o'rgatar.
2. Og'izdan chiqquncha meniki, og'izdan chiqqani elniki.
3. Asaldan shirin, zahardan achchiq.
4. Temir qo'rg'on ichida qizil toychoq o'ynaydi.
5. Bir nafasda olamni kezar.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash .Savollarga javob bering
Yer yuzidagi xalqlar nima uchun har xil tilda gaplashishadi?
Til - ijtimoiy hodisa deganda nimani tushunasiz?
Nima uchun yovvoyi hayvonlar ichida o'sgan bolalar gapira olmaydi?
O'zbeklarning qayerlarda istiqomat qilishi haqida so'zlab bering.
Ijtimoiy so'ziga izoh bering.
O'zingiz o'rganayotgan xorijiy til haqida nimalarni bilasiz?