6-mashq. Quyidagi hikmatli so'zlarni daftaringizga ko'chirib yozing. O'zingiz ham shunday misollar toping. Ona tilim - jon-u dilim.
Ona tilim - jonimga masih.
Ona tilisini unutganlar xor bo'ladi.
7-mashq.She'rni o'qing va unda ilgari surilgan g'oyani aniqlang. Uning mustaqillik g'oyasiga birlashadigan jihatlari haqida gapiring.
Ona tilim - onajonim tili bu –
Beshikdanoq singgan jon-u quloqqa.
El-u yurtim, xonumonim tili bu,
Qadimlikda o'xshar ona tuproqqa.
(Mirtemir) 8-mashq.Berilgan rasm asosida «Ona-ulug' zot» mavzusida matn tuzing. Tayanch so'zlar: ona, bola. chaqaloq, beshik,oila. Mehr. Vatan, munosib, farzand, ulg'aymoq, tarbiyalamoq, sevmoq, duosini olmoq, xizmat qilmoq, til, ona tili
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash. Venn diagramma usuli orqali o’quvchilar til va nutqning o’xshash va farqli jihatlarini ajratishadi. Til nutq Savolvatopshiriqlar 1.Ona tili deganda nimani tushunasiz?
2.O'zbek tiliga davlat tili maqomi qachon berilgan?
3.Tilimizda sodir bo'layotgan o'zgarishlar haqida nima deysiz?
V.O`quvchilarni baholash VI.Uyga vazifa.9-mashq Mustaqillik tufayli tilimizda sodir bo'layotgan o'zgarishlar haqida hikoya yozing. Ona tili
5-“A” “B” -sinf
Sana:06.09.2019 y. Mavzu: Ayrim unlilar imlosi
Darsning maqsadi: a) ta`limiy: Ayrim unlilar imlosi bo`yicha o`tilganlarni takrorlash;
b) tarbiyaviy:O`quvchilar qalbida Vatanparvarlik, insonparvarlikga tuyg`usini shakllantirish;
d) rivojlantiruvchi: O’quvchilarda topqirlik, fikrlash, zukkolik fazilatini rivojlantirish
Dars turi : Takrorlash
Dars usuli: Aralash
Dars metodi: Savol –javob , aqliy hujum, tarmoqlar metodi