Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism
1) salomlashish; 4) yangiliklar;
2) davomat; 5) uyga vazifa.
3) navbatchi hisoboti;
II.Takrorlash
1. Qo'shma so'zlar nechta so'zdan tashkil topgan bo'ladi?
2. Qo'shma so'zlar qanday yoziladi?
3.Balandparvoz so'zini ajratib, har bir so'zga alohida izoh beringl
4.Uchta so'zdan ham qo'shma so'z yasaladimi?
III.Yangi mavzu bayoni
48-mahq. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning „Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch“ kitobidan quyidagi parchani o'qing, ko'chirib yozing va juft so'zlarni aniqlang.
Dono xalqimiz, g'araz va hasad bilan yashaydigan, o'z shaxsiy manfaatiga o'zgalar hisobidan erishishni ma'qul ko'radigan, faqat o'zini o'ylaydigan kimsadan o'zi asrasin, deydi. Bag'rikeng, halol-pok, vijdonli, mehr-oqibatli, el-yurtning g'am-u tashvishi bilan yashaydigan kishilarni esa, aksincha, boshiga ko'taradi va bunday odamlar jamiyat inmonidan qadr-qimmat, hurmat-e'tibor topadi.
Mashqdagi juft so`zlar
halol –pok, mehr –oqibatli ,el –yurt ,g`am –tashvish, qadr –qimmat, hurmat –e`tibor
49-mashq. «Xato toping» o'yinini tashkil qiling. Quyida berilgan noto'g'ri so'zlarni, to'g'rilab yozing, ular ishtirokida gaplar tuzing.
Kuch-farosat
|
Kuch-qudrat
|
Sohibqiron bobomiz Amir Temur katta kuch-qudrat sohibi bo’lgan
|
Ko’cha -tomosha
|
|
|
Aql-so’z
|
|
|
Egri-dushman
|
|
|
Gap-qudrat
|
|
|
Yaxshi-bugri
|
|
|
To’y-ko’y
|
|
|
Do’st-u yomon
|
|
|
Kuch - farosat, ko'cha - tomosha, aql - so'z,
egri - dushman, gap - qudrat, yaxshi – bugri
to'y - ko'y, do'st-u - yomon, baxt - xayol, o'y - saodat.
50-mashq. Juft so'zlarning tushirib qoldirilgan qismini topib, daftaringizga ko'chirib yozing.
Kasb -... kollejlari yangi tipdagi o'quv dargohi sanaladi. Mamlakatimizda tinchlik -...ning hukm surayotgani bizning baxtimizdir. El-… manfaati uchun kurashish hammaning burchidir. Insonlarning aql -..., fe'l-..., ma'naviy-... kamoloti mamlakat taraqqiyotini belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: |