Sana:_______________________ Mavzu: 6-nazorat ishi
Darsning maqsadi: a) ta`limiy: o`quvchilar egallagan bkmlarni nazorat qilish;
b) tarbiyaviy: o`quvchilarda ezgulikka muhabbat uyg`otish;
d) rivojlantiruvchi: og`zaki nutqini rivojlantirish, fikrlash doirasini kengaytirish.
Dars tipi : Nazorat
Nazorat turi: Test
Test miqdori : 20 ta
Tekshiriladigan bkmlar soni : 20 ta
Reglament : 45 daqiqa
Darsning borishi 1.Tashkiliy qism Darsning blok sxemasi
Darsning borishi: I.Tashkiliy qism 1) salomlashish; 4) yangiliklar;
2) davomat; 5) uyga vazifa.
3) navbatchi hisoboti;
II.Nazorat turi bilan tanishtirish __O’qituvchi tomonidan o’quvchilarga nazorat turi tushuntiriladi.
III.Nazoratga qo`yilgan talablar bilan tanishtirish ___O’qituvchi o’quvchilarni nazoratga qo’yilgan talablar bilan tanishtiradi. Ya’ni nazorat testini ishlagandan so’ng ustidan bo’yab boshqa variant yozilsa, xato hisoblanadi. 20 ta testni 20 daqiqa ichida o’quvchilar ishlab topshirishi kerak, ya’ni har bir test uchun 1 daqiqadan vaqt ajratiladi.
IV.Nazorat: TEST 1. Til nega ijtimoiy hodisa hisoblanadi? 1)til jamiyatga xizmat qiladi; 2)til odamlarning o'zaro munosabatga kirishuviga, aloqa qilishiga xizmat qiladi; 3)tilni bir shaxs yaratgani uchun ijtimoiy hodisa hisoblanadi; A) 2 va 3 B) 2 C) 1 va 3 D) 1 va 2
2.Tinish belgilari va ularni yozma nutqda to'g'ri qo'llash yo'l-yo'riqlarini o'rgatuvchi tilshunoslik bo'limi qanday nomlanadi? A) sintaksis B) punktuatsiya C) fonetika D) grafika
3.So'zlarning bog'lanishi necha xil bo'ladi? A) 5 B) 4 C)3 D)2
4.So'roq so'z birikmasi tarkibidagi so'zlarning qaysi biriga beriladi? A) hokim so'zga B) tobe so'zga C) hokim yoki tobe so'zga D) so'z birikmasi tarkibidagi barcha so'zlarga