2-topshiriq. Matn oxirida berilgan baytning birinchi misrasida «ko'zing och" birikmasi ikki marta qo'llangan. Ular orasidagi ma'no farqini tushuntiring. 177-mashq. Undalmalar gapning qaysi o'rnida kelayotganligign e`tibor bering, tinish belgilarining ishlatilishini tushuntiring. 1.Do'stim, biror narsaga muhtoj bo'lsang, yashirma. (Ertakdan)2.Xush kelibsizlar, qo'noqlar, poyqadamingizga hasanot. (Mirkarim Osim)3. Biror boshqa kasb qilsang bo'lmaydimi, bolam. (G'afur G'ulom Bilasan-ku, jon bolam, kam uyqu bo'lib qolganman.(O'.Hoshimov) 178- mashq. Tushirilgan tinish belgilarini qo'yib, gaplarni ko'chiring. 1.Nima qilmoqchisan o'g'lim? 2. Voy-voy Maynaxon uyingizni yig`istirib olsangiz bo'lmaydimi? (Z. Ibrohimova) 3. Qizil shapkacha qayoqqa ketyapsan? - debdi Bo'ri. (Sharl Perro) 4. Hoy qizim xafa bo`lma. (L. Mahmudov). 5. Bulbul sening makoning shu yerda odamlar orasida bo'lsin. (Rivoyatdan) 179-mashq. Gaplardagi undalmalarni toping, tinish belgilarining ishlatilishini tushun. 1. Qorbobojon, qorbobo, tinglang bir so'z bor, bobo. (Qudrat Ibimi) 2. Oyim xursand bo'lganidan: - Barakalla, qo'zim! - deb yelkamga qoqib qo'ydi. (Hakim Nazir)3. Dadasi: -Qani, o'g'lim, qarashib yubor, gul ekamiz, - dedi. (Farhod Musajon) IV.Yangi mavzuni mustahkamlash Savol va topshiriqlar bilan ishlash 1.Qanday bo'laklar uyushiq bo'laklar sanaladi?
2.Uyushiq bo'laklar bir-biri bilan qanday bog'lanadi?
3.Uyushiq bo'laklar orasiga qanday holatlarda vergul qo'yiladi?
4. Umumlashtiruvchi so'z deganda nimani tushunasiz?
5. Umumlashtiruvchi so'zlar bilan uyushiq bo'laklar o'rtasiga qanday tinish belgisi qo'yiladi?
6.Undalma deb nimaga aytiladi?
V.O`quvchilarni baholash VI.Uyga topshiriq180-mashq. Yaqinlaringizga xat yozing. Unda qadrli, hurmatli, aziz, mehribon kabi so'zlar bilan kelgan undalmalarni qo'llang.
Ko’rib chiqild: O I B D O’ D. Sohibova
Ona tili
5-“A” “B” -sinf