Kirish O’quvchilar maktab formasida. Sinfda O’zbekiston Respublikasi ramzlari va xaritasi bor. O’zbekiston iqtisodiga oid plakatlar. Asosiy g’oya



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə26/78
tarix19.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#185731
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   78
Kirish O’quvchilar maktab formasida. Sinfda O’zbekiston Respubli-fayllar.org

V.O`quvchilarni baholash
VI.Uyga topshiriq.
86-mashq. Quyidagi so'zlardan foydalanib, darak gaplar tuzing. Gapda so'zlarning bog'lanishiga diqqat qiling.
I. Go'zallik, husn, emas, mehnat.
2. Mehnat, mehnat, tag, rohat. .
3. Mehnat, kel, boylik, turmush, bo'l, chiroyli.
4. Daryo, suv, bahor, tosh, odam, qadr, mehnat, osh.
5. Hurmat, savlat, mehnat, davlat
Ko’rib chiqild: O I B D O’ D. Sohibova

Ona tili


5-“A” “B” -sinf


Sana:__________________________
Mavzu: So`roq gap
Darsning maqsadlari:
a) ta`limiy: So`roq gap haqida bkmlar hosil qilish;
b) tarbiyaviy: o`quvchilarda ona tiliga muhabbat, hurmat tuyg’usini o‘stirish;
d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og`zaki va yozma nutqni o`stirish, ularni ijodiy fikrlashga undash.
Dars metodi: savol-javob
Dars jihozi : darslik, tarqatma materiallar
Darsning blok sxemasi




Dars etaplari


Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

2

2

Takrorlash


10

3

Yangi mavzu bayoni


15

4

Yangi mavzuni mustahkamlash


15

5

O`quvchilarni baholash


2

6

Uyga vazifa


1



Darsning borishi: I.Tashkiliy qism
1) salomlashish; 4) yangiliklar;
2) davomat; 5) uyga vazifa.
3) navbatchi hisoboti;
II.O`tilganlarni takrorlash
1.Qanday gaplarga darak gap deyiladi?
2.Darak gaplar oxiriga qanday tinish belgisi qo'yiladi?
III.Yangi mavzu bayoni
1-topshiriq. Kim, nima, qachon so'roq bildiruvchi so'zlar ishtirokida gap tuzing. Gaplarning farqini ayting.
2-topshiriq. Quyida berilgan gaplarning qanday javob talab qilishiga ko'ra farqini ayting.
1. Siz qaysi yozuvchilarni sevasiz?
2. Abdulla Qodiriyning O'tkan kunlar» romanini o'qiganmisiz?
So'roq ma'nosini bildirgan gaplar so'roq gaplar hisoblanadi.
So'roq gaplar so'roq olmoshlari (kim?, nima?, qayer?, qancha? kabi), so'roq yuklamalari (-mi, -chi, -a (-ya) yoki so'roq ohangi yordamida ifodalanadi. Masalan: - Tunda yo'lga chiqamiz. - Tunda?
Yozuvda so'roq gap oxiriga so'roq (?) belgisi qo'yiladi.
87-mashq. Darak gaplarni so'roq gaplarga aylantirib, daftaringizga ko'chiring.


Darak gaplar


So’roq gaplar

Bepoyon sahro




Quyosh olov seli purkaydi




Ufq qadar yastangan sarhadsiz qumlikda qilt etgan tirik jon ko’rinmaydi




Ahyon-ahyonda ko’hna sardobalar uchraydi




(X. Sultonov)




88-mashq. So'roq gaplarni hosil qiluvchi vositalarga diqqat qiling. Savollarga
og'zaki javob bering.
Mustaqil yurt deganda nimani tushunasiz? Bo'sh paytingizda onangizga yordam
berasizmi? Ogohlik nima degani? Bolalar qanday sifatlarga ega bo'lishi kerak? Jaloliddin Manguberdi kim bo'lgan? Qanday xalq ertaklarini o'qigansiz? Kelajakda kim bo'lmoqchisiz?
87-mashq. Nuqtalar o'rniga so'roq olmoshlari yoki so'roq yuklamalarini qo'yib
gaplarni daftaringizga ko'chiring.
-... tishlaysan? - dedi Til duduqlana-duduqlana Tishga.
-...uchingdan ozginasini uzib tashlamoqchi edim-da!-javob qildi Tish.
-...Gunohim ...?
-…Shuni ham bilmaysan..., ko'ringanga zahar sochasan, hamma sendan bezor.
Sal qisqartirib qo'ysam, shirinroq bo'lar ...ding?
Qissadan hissa: Tilning zahari - jonning azobi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin