O\'zbekistonda fermer va dehqon xo’jaliklarini rivojlantirish vazifalari
4.Fermer va dehqon xo’jaligini rivojlanish istiqbollari
Qishloq xo`jaligi kompleksidagi eng asosiy masalalardan biri eksportbop meva-sabzavot etishtirish va uni eksport qilishdir. Ammo Qishloq xo`jaligi vazirligi, “O`zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi hududlar rahbarlari bilan tizimli ish olib bormagani oqibatida eksport prognozini to`liq ta`minlay olmaslik xavfi mavjudligi qayd etildi.Shu bois har bir hudud bilan eksport bo`yicha ikki oylik rejani kunma-kun belgilab, tizimli bajarish vazifasi qo`yildi. Shu bilan birga, kegusi yil eksporti uchun sabzavot ekinlarini ekish bo`yicha topshiriqlar berildi.O`zbekistonning iqlim sharoiti ertapishar mahsulotlar etishtirish imkonini beradi. Bahor oylarida xorijiy mamlakatlarda ularga talab ortadi. Lekin bu imkoniyatdan unumli foydalanilmayapti.Yig`ilishda tegishli vazirlik va tashkilotlarga Rossiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Hindiston, Yaponiya va boshqa davlatlar bozoriga qishloq xo`jaligi mahsulotlari eksportini ko`paytirish bo`yicha ko`rsatma berildi.
– Yana bir bor aytaman, eksport davlatimiz siyosatining eng muhim, ustuvor yo`nalishlaridan biridir. Shuning uchun har bir vazirlik va idora eksportni rivojlantirishi kerak, – deya ta`kidladi Prezidentimiz.
Yig`ilishda yangi tashkil qilgan uyushmalar faoliyatiga ham e`tibor qaratildi. Ular o`z yo`nalishlari bo`yicha yangilikka intilmayotgani, sohadagi o`rni sezilmayotgani tanqid qilindi.Qishloq xo`jaligi tarmoqlariga investisiyalarni, ayniqsa, to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investisiyalarni jalb qilish zarurligi ta`kidlandi. Yerni haqiqiy egasiga berish, er va suv resurslaridan samarali foydalanish, urug`chilikni rivojlantirish, mineral o`g`itlar etkazib berish tizimini takomillashtirish, qishloq xo`jaligi texnika parkini yangilash, mahsulotlarni qayta ishlash sohasini rivojlantirish va boshqa yo`nalishlarda dolzarb vazifalar belgilab berildi.Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida “Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarini joriy etish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.Ushbu konsepsiyaning asosiy maqsadi qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligi, hayvonlarining mahsuldorligini oshirishga qaratilgan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga yuqori texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tadbirlar majmuini amalga oshirish hisoblanadi.
Jumladan, quyidagilar joriy etishni inobatga oladi:
-boshqaruv samaradorligini oshirish;
-resurstejamkor texnologiyalar, xususan aniq uyalab ekadigan seyalkalar, GPS -uskunalari bilan jihozlangan texnikalarini qo‘llash;
-suv resurslari, o‘g‘itlardan samarali foydalanishni nazarda tutuvchi suvtejovchi sug‘orish texnologiyalari;
-qishloq xo‘jaligi hayvonlarini parvarishlash va sutni sog‘ish bo‘yicha robototexnikalar;
-qishloq xo‘jaligiga yangi zamonaviy kasb egalari bo‘lgan xodimlarni (mutaxassislarni) jalb etish;
-ma'lumotlar almashinuvining raqamli formatiga o‘tish, hisobot turlarini qisqartirish bilan ishtirokchilarning o‘zaro va davlat bilan hamkorligi samaradorligini oshirish;
-respublikaning qishloq xo‘jaligi quyi tarmoqlari va hududlari kesimida umumfoydalanishga qaratilgan bilim va texnologiyalar bankini yaratish;
-iqlim o‘zgarishlariga moslashuvchanligi va chidamliligini oshirish;
-raqobatbardosh, bozor va eksportga yo‘naltirilgan qishloq xo‘jaligini shakllantirish;
-oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash va atrof-muhitni muhofaza qilishni kuchaytirish;
-davlat sarf-xarajatlarining samaradorligini, shu jumladan davlat-xususiy sherikchilik asosida oshirish;
-xorijiy analoglarga mos keladigan “Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarini rejali asosda joriy etib borish;
-innovatsion yechimlarni joriy etish orqali qishloq xo‘logistika infratuzilmasi samaradorligini oshirish.
Konsepsiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat etib belgilandi.