Kirish qismi


NORVEGIYAGA IQTISODIY-GEOGRAFIK TAVSIF



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/45
tarix01.05.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#105408
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   45
DUNYO MAMLAKATLARI TIPOLOGIYASI

NORVEGIYAGA IQTISODIY-GEOGRAFIK TAVSIF
 
 
 
 
 
 
 
 
Norvegiya, 
Norvegiya 
Qirolligi 
(bukmolcha: 
Kongeriket 
Norge, 
nyunorskcha: Kongeriket Noreg) — Shimoliy 
Yevropadagi 
davlat. 
BMT 
aʼzosi. 
Skandinaviya yarim orolining gʻarbiy va 
shimoliy qismida. Maydoni 385 ming 
km2. 
Aholisi 
5,328,212 
kishi 
(2019). Poytaxti Oslo shahri. Maʼmuriy 
jihatdan 19 fyulke (viloyat)ga, jumladan
fyulkega tenglashtirilgan Oslo shahriga 
boʻlinadi. Shpitsbergen arxipelagi, Aiyq 
oroli, Yan Meyen va Buve orollari ham 
Norvegiyaga qaraydi. 
Norvegiya — rivojlangan indoʻstrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda 
sanoatning ulushi 28,6 %, qishloq xoʻjaligining ulushi 2,9 %. Dengiz kema qatnovi, 
baliq ovlash, tashki savdoning roli katta. 
Sanoatning yetakchi tarmoqlari: elektr metallurgiya, elektr kimyo, sellyuloza-
qogʻoz, baliq sanoati, asosan tashki bozor uchun ishlaydi. Ichki bozorga xizmat 
qiladigan tarmoqlar orasida oziq-ovqat va yengil sano
at bilan birga mashinasozlik 
va metallsozlik durust taraqqiy etgan. Konchilikda temir va titan rudasi, kumir, neft 
va gaz qazib olish katta urin tutadi. Elektr energiyaning 99 % GESlarda hosil qilinadi 
(yiliga oʻrtacha 122 mlrd. kVt-soat). Qora va rangli metallurgiya, kemasozlik, 
elektrotexnika, radiotexnika va yogʻochsozlik sanoati koʻproq rivojlangan. Axrli jon 
boshiga elektr energiyasi, sellyulozaqogʻoz mahsulotlari, ferroqotishma, alyuminiy 
ishlab chiqarish va kemasozlikda Norvegiya dunyoda oldingi oʻrinlarda turadi. 
Mamlakatning tabiiy sharoiti qishloq xoʻjaligi uchun juda noqulay. Togʻ-tosh 
koʻpligidan Norvegiya hududining 3 % ga yaqini haydaladi. Qishloq xoʻjaligi, 
asosan, goʻsht sut chorvachiligiga ixtisoslashgan. Dehqonchiligida yem-xashak 
ekinlari, bir oz miqdorda gʻalla (suli va arpa), kartoshka ekiladi. 
Chorvachilikda yilqi, qoramol, qoʻy, choʻchqa, parranda boqiladi. Qishloq xoʻjaligi 
mamlakatning oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyojini qondira olmaydi. Moʻyna 
hayvonotchiligi, baliqchilik rivojlangan, oʻrmonlarda koʻp miqdorda yogʻoch 
tayyorlanadi. 
Chetga neft va tabiiy gaz, kemasozlik, sellyuloza-qogʻoz va kimyo sanoati 
mahsulotlari, qora va rangli metallar, baliq mahsulotlari chiqaradi. Chetdan mashina, 
mineral xom ashyo, avtomobillar oladi. Tashqi savdodagi asosiy hamkorlari: Buyuk 
Britaniya, Shvetsiya, Germaniya, Niderlandlar. Pul birligi — krona. 



Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin