Kirish qismi



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/45
tarix01.05.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#105408
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
DUNYO MAMLAKATLARI TIPOLOGIYASI

 
 


VYETNAMNING IQTISODIY-GEOGRAFIK O‘RNI, TABIIY 
RESURSLARI, AHOLISI VA XO‘JALIGI 
Vyetnam 
Sotsialistik 
Respublikasi (Cond Hoa Xa Hoi Chu 
Nghia Viet Nam), BCP — Janubi-
Sharqiy Osiyoda, Hindixitoy yarim 
orolidagi davlat. Maydon 330 ming 
991 km2. Aholisi 90 549 390 kishi 
(2011). Maʼmuriy jihatdan 63 viloyat 
(tin) va markazga boʻysunuvchi 4 
shahar — Xanoy, Xoshimin (sobiq Saygon) Xayfon va Xyuega boʻlinadi. 
Poytaxti — Xanoy sahari.Mamlakat hududining 80 % dan ortigʻi togʻlar va yassi 
togʻlardan iborat. Shimolda chuqur daryo vodiylariga boʻlingan Yunnan togʻligi, 
markaziy va janubiy qismlarida Annam togʻlari tizimining ayrim massivlari 
(Kontum, Darlak, Mnong va boshqa) joylashgan. Vyetnamning eng baland nuqtasi 
ham shu yerda — 3280 m. Dengiz sohili pasttekisliklardan iborat, ularning eng 
kattalari shimolda Xongxa va janubda Mekong daryolari etaklarida. Aholisining 
86 % vyetnamlar. Tailar, kxmerlar, meo yoki myaolar, man yoki yaolar, xmonglar, 
xitoylar va boshqa ham yashaydi. Rasmiy tili — Vyetnam tili. Aholining 34 
shaharlarda 
istiqomat 
qiladi. 
Dindorlarning 
— 55 % buddaviylar, 


katoliklar. 
Islom 
diniga 
eʼtiqod 
qiluvchilar 
ham 
bor. 
Yirik 
shaharlari: Xanoy, Xoshimin, Danang, Xayfon, Namdin. Vyetnam sanoati 
rivojlangan agrar mamlakat hisoblanadi. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xo'jaligi va 
oʻrmon xoʻjaligining ulushi 36,6 %, sanoatning ulushi — 20,9 %ni tashkil etadi. 
Sanoati tarkibida yengil va oziqovqat tarmoqlari ustun. Juda koʻp kichik sholi 
oqlash, qand-shakar, pivo va konserva zavodlari, choy va tamaki fabrikalari bor. 
Xanoy, Namdin, Xayfon, Xoshimin va boshqa shaharlarda toʻqimachilik 
kombinatlari, trikotaj fabrikalari ishlab turibdi. Elektr energiya asosan issikdik elektr 
styalarida hosil qilinadi (yiliga oʻrtacha 10,8 mlrd. kVt-soat). Konchilik sanoatida 
toshkoʻmir, qalay (Kaolang viloyatida), xromit (Kodin), apatit, volfram qazib 
olinadi. Kaobangda kapay, Langshonda alyuminiy, Txaynguyen, Benxoada poʻlat 
eritish korxonalari bor. Mashinasozlik mahsulotlari orasida stanoklar, qishloq 
xoʻjaligi mashinalari, konchilik mashina-uskunalari, nasoslar, radiopriyomniklar, 
televizorlar, transport vositalari ishlab chiqarish asosiy oʻrinni oladi. Mashinasozlik 
korxonalari asosan Xanoy, Xoshimin, Benxoa, Kamfa, Xayziong va Xadong sh.da 
joylashgan. Qora va rangli metallurgiya, metallni qayta ishlash sanoati mavjud.. 
Xayfon va Xoshiminda kemasozlik korxonalari, Xanoy, Vetchi, Lamtxao 
shaharlarida va mamlakat janubida kimyo sanoati korxonalari ishlab turibdi.

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin