BANGLADESH QISHLOQ XO‘JALIGI Bangladesh Xalq Respublikasi (Gono Projatontri Bangladesh) — Janubiy
Osiyodagi davlat. Hind okeanining Bengaliya qoʻltigʻi boʻyida joylashgan.
Ma’muriy jihatdan 4 viloyatga boʻlinadi, ular 19 okrug (distrikt)ni oʻz ichiga oladi.
Maydoni 144 ming km2. Aholisi 204 422 000 kishi (8o'rin). Poytaxti
— Dakka shahri.
Mamlakat Gang, Brahmaputra oʻrtacha harorat 26 °C. Eng iliq oy aprelda
harorat 33° dan 36° gacha boʻladi. Dunyodagi eng nam iqlimlardan biri shu yerda.
Mamlakatning koʻp qismiga yiliga oʻrta hisobda 1525 mm gacha yogʻin yogʻsa,
ayrim togʻ oldi hududlariga 5080 mm gacha yogʻadi. Musson davri (iyun—sentabr)
eng
seryogʻin
paytdir.
Daryolarda timsoh, toshbaqa,
baliqdar
bor.
Bangladesh
hududining 15 % ga yaqini
doimo yashil oʻrmonlar bilan
qoplangan. Ularda bambuk va
rotang daraxtlari (palmaning bir
turi)
koʻp.
Madxupur
va
Sundarban
changalzorlarida
yoʻlbars va mushuksimonlarning
boshqa turlari, togʻli joylarda fil,
qoplon va karkidonlar uchraydi.
Bangladesh — agrar mamlakat. Mehnatga layoqatli aholining 80% qishloq
xo'jaligi bilan mashgʻul. Ishlanadigan yerning 50% dan yiliga 2 — 3-marta hosil
olinadi. Ammo qishloq xo'jaligi mamlakat aholisining oziq-ovqatga boʻlgan
ehtiyojini qondirolmaydi. Doimiy boʻlib turadigan tabiiy ofatlar, ayniqsa suv
toshqinlari qishloq xo'jaligi ishlarini qiyinlashtiradi. Asosiy ekinlari sholi
(ishlanadigan yerning 90%ga ekiladi), jut, choy (umumiy maydoni 47 ming ga),
bugʻdoy, shakarqamish, dukkakli ekinlar, moyli ekinlar (raps, kunjut, xantal, arahis
va boshqalar) ham yetishtiriladi. Chorvachilik kam rivojlangan. Qoramol (asosan
ulov uchun), echki, qoʻy, parranda boqiladi. Baliq ovlanadi. Sanoat mamlakat
ehtiyojining juda oz qismini qondiradi. Asosan qihsloq xo'jaligi xom ashyosini qayta
ishlashga ixtisoslashgan. Asosiy tarmoqlari — toʻqimachilik (ayniqsa, jut va ip
gazlama), oziq-ovqat (qand-shakar, yogʻ, tamaki, sholi, choy). Jundan mahsulot
ishlab chiqarishda Hindistondan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Qogʻoz,
kimyo, neft mahsulotlari, sement, mashinasozlik va sanoatning boshqa tarmoqlari
korxonalari bor. Energetika mamlakat ehtiyojini qondirmaydi. Bir yilda 8,1 mlrd.
kVt-s elektr energiya hosil qilinadi.