JAHONDAGI QARAM HUDUDLAR
Ma’lumki, dunyoda nechta davlat bor degan savolga aniq javob berish qiyin.
Buning sababi, dunyo xaritasida turli maqomga ega hududiy-ma’muriy birliklar -
mustaqil davlatlar, jahon hamjamiyati to’la tan olmagan mamlakatlar, maqomi
noaniq davlatlar, qaram davlatlar mavjudligi bilan izohlash mumkin. Yevropada
jami 65 ta davlat joylashgan: ulardan 50 tasi mustaqil davlat, 9 tasi qaram hudud va
6 tasi tan olinmagan respublika. 14 ta davlat orollar, 19 tasi ichki davlatlar, 32 tasi
dengiz va okeanlarga keng chiqish imkoniyatiga ega.
Boshqa davlatning nazorati ostidagi, lekin rasman uning tarkibiga
kirmaydigan hududlar, shuningdek, rasmiy ravishda davlatlar tarkibiga kiruvchi,
lekin maxsus xalqaro maqomga yoki xalqaro yuridik shaxsga ega boʻlgan hududlar:
BMTNING DEMOGRAFIK PROGNOZI
Sayyoramiz aholisi soni 30
yildan keyin 2 mlrd kishiga ko‘payib,
9,7 mlrdga yetadi, Hindiston esa
yaqin yillarda Xitoyni aholi soni
bo‘yicha ortda qoldiradi. Bu haqda
BMTning yangi dokladida aytilgan.
“BMTning yangi dokladiga
ko‘ra, dunyo aholisi yaqin 30 yil
ichida 2 mlrdga ko‘payib, hozirdagi
7,7 mlrddan 2050 yilda 9,7 mlrdga
yetadi”, deyilgan hujjatda. Asr oxiriga esa jami aholi soni 11 mlrdga yetishi mumkin.
BMTning iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamentining aholishunoslik
bo‘limining ta'kidlashicha, dunyo aholisi umr ko‘rish davomiyligi oshgani va
tug‘ilish darajasi pasaygani sababli qarimoqda, aholi soni kamayayotgan davlatlar
soni oshmoqda.
Umuman olganda dunyo aholisi soni oshishda davom etayotgan bo‘lsa-da,
uning o‘sish sur'atlari turli mintaqalarda kuchli farqlanadi. “Yangi demografik
prognozlarning ko‘rsatishicha, 9 ta davlat 2050 yilgacha davrda dunyo aholisining
prognozlanayotgan o‘sishining yarmidan ko‘pini tashkil qiladi, bular: Hindiston,
Nigeriya, Pokiston, Kongo Demokratik Respublikasi, Efiopiya, Tanzaniya,
Indoneziya, Misr va AQSh (kutilayotgan o‘sish pasayib borish tartibida)”, deyilgan
dokladda.
“2027 yilga kelib Hindiston, prognozlarga ko‘ra, Xitoyni dunyodagi eng
gavjum davlat sifatida ortda qoldiradi”, deb ta'kidlab o‘tishgan tadqiqotchilar.
Vashington universiteti va BMTning maxsus tadqiqotlar natijalariga ko`ra, 80
foiz taxmin bilan, 2100 yilga kelib, er aholisining soni 9,6 dan 12,3 mlrd kishini
tashkil qilishi mumkin, deb yozadi Science jurnali.
Demograflarning aytishicha, aholi ko`payishining eng yuqori ko`rsatkichi
Afrika qit`asida kutilmoqda. Asr oxiriga kelib, Afrika mamlakatlari aholisi to`rt
barobar ortib, 4 milliard kishiga etishi mumkin. Osiyo mamlakatlarida esa 2050
yilga borib, 5 mlrd kishi istiqomat qilishi kutilmoqda. Yevropa va Shimoliy Amerika
qit`asida aholi soni unchalik o`zgarmasligi bashorat qilindi.
|