Kirish qismi


KENIYAGA IQTISODIY-GEOGRAFIK TAVSIF



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/45
tarix01.05.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#105408
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   45
DUNYO MAMLAKATLARI TIPOLOGIYASI

KENIYAGA IQTISODIY-GEOGRAFIK TAVSIF
 
 
 
 
 
Keniya 
yoki 
Kenya 
(inglizcha: 
Kenya), 
Kenya 
Respublikasi (inglizcha: Republic 
of Kenya) — Sharqiy Afrikadagi 
davlat.BMT aʼzosi. Maydon 582,6 
ming km2. Aholisi 30,7 mln. kishi 
(2001). Poytaxti Nairobi shahri. 
Maʼmuriy jihatdan 7 viloyat 
(province)ra va poytaxt okrugiga 
boʻlinadi. 
Keniya Afrika qit’asining 
sharqiy qismidagi davlat. G‘arbda 
Uganda (chegara uzunligi — 933 km), shimolda Efiopiya (830 km) va Sudan (232 
km), sharqda Somali (682 km), janubda Tan
zaniya (769 km) bilan chegaradosh. 
Sharqda Hind okeani bilan tutash. 
Kenya — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq, oʻrmon xoʻjaligi 
va baliqchilikning ulushi — 24%, sanoatning ulushi — 10% gayaqin. 
Iktisodiyotining asosi - q.h., uning mahsuloti mamlakat eksportining 3/4 qismini 
tashkil etadi. Kenya mustaqillikka erishgach, yalpi ichki mahsulot tarkibida qishloq 
xoʻjaligining ulushi tobora pasayib, sanoat va savdoning ulushi oshib, natural ishlab 
chiqarish ulushi kamaydi. 
Asosiy foydali qazilmalan: oltin, baritlar, yoqut, ohaktosh. 
Qishloq xoʻjaligida aholining 70% band. Asosiy ekinlari — kofe, choy, sizal, 
piretrum, paxta, sholi, bugʻdoy, shakarqamish; ichki ehtiyojlar uchun makkajoʻxori, 
maniok, tariq, joʻxori, arpa yetishtiriladi. Sut chorvachiligi, parrandachilik
choʻchqachilik rivojlangan. Qoramol, qoʻy, echki boqiladi. Baliq ovlanadi va 
yogʻoch tayyorlanadi. 
Sanoati, asosan, qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlovchi korxonalar 
va hunarmandchilik ustaxonalaridan iborat. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, avtomobil 
yigʻuv, koʻnchilik, kimyo, neftni qayta ishlash, taxta tilish va metallsozlik, qogoz 
sanoati korxonalari, sement zavodlari ham bor. Konchilik sanoatida flyuorit, tabiiy 
soda, diatomit, kaolin, gips, kianit, asbest, osh tuzi qazib chiqarish ustun. Birmuncha 
miqdorda mis, qoʻrgʻoshin, kumush qazib olinadi. Yirik sanoat markazlari: Nayrobi, 
Mombasa, Kisumu, Nakuru, Tika, Eldoret shahri Energetika soxasida gidroelektr 
stansiyalariningsalmogʻi katta. Tana daryosi boʻyida Gitaru, Kamburu, Kindaruma 
GESlari qurilgan. Yiliga oʻrtacha 3,1 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi. 



Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin