JANUBIY-SHARQIY OSIYONING YANGI INDUSTRIAL DAVLATLARI Yangi industrial mamlakatlar — 20-asrning soʻnggi oʻn yilliklarida iqtisodiy
taraqqiyotda keskin oʻzgarishlarga erishgan rivojlanayotgan mamlakatlar guruhi. Bu
mamlakatlar koʻpgina koʻrsatkichlar boʻyicha jahondagi oʻrta va hatto yuqori
rivojlangan mamlakatlarga yaqinlashdi.
YA.i.m.da sanoat ishlab chiqarish hajmi va uning milliy daromaddagi hissasi
oʻsdi, aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmi koʻpaydi. Yangi qatlam —
tadbirkorlar sinfi mavqei mustahkamlandi. Yangi industrial mamlakatlarga Janubiy
Sharqiy Osiyoda "Osiyo yoʻlbarslari" nomini olgan bir qator mamlakatlar va
hududlar — Singapur, Tayvan, Koreya Respublikasi, Xitoy tarkibidagi Gongkong
kiradi. Bulardan bir qadar keyinroq 2-avlod Yangi industrial mamlakatlari deb nom
olgan mamlakatlar ham paydo boʻldi. Bu mamalakatlarda aholining katta qismi
hamon qishloq xoʻjaligida band boʻlishiga qaramay, sanoat ishlab chiqarish hajmi
va sanoat mahsulotlari eksporti tez oʻsmoqda, milliy kapital vakillarining mavqei
mustahkamlanmoqda. Bularga Janubiy Sharqiy Osiyoda Malayziya, Filippin,
Tailand, Indoneziya kiradi.
Janubiy Sharqiy Osiyodagi Yangi industrial mamlakatlarm.ning eksport
yoʻnalishidagi rivojlanishi, eksport tuzilmasi tamomila oʻzgardi. Unda xom ashyo
va oziq-ovqat hissasi keskin kamayib, sanoat eksportida toʻqimachilik mahsulotlari
salmogʻi pasaydi, mashina va uskunalar hissasi juda oʻsib bordi. Mas, 1970 yildan
1995 yilga qadar Singapur eksportida xom ashyo va oziq-ovqat hissasi (%larda) 72,5
dan 16,1 ga ga, Koreya Respublikasida 23,5 dan 6,7 gacha, Tayvanda 24,3 dan 7,3
gacha, toʻqimachilik tovarlari hissasi esa tegishlicha 5,6 dan 2,6 gacha, 41,1 dan 15
gacha, 29,0 dan 14,4 gacha qisqardi, mashina va uskunalar hissasi esa Singapurda
shu davrda (% larda) 11,0 dan 62,3 ga, Koreya Respublikasida 7,2 dan 51,6 gacha,
Tayvan 16,7 dan 47,7 gacha oʻsdi. 2avlod Yangi industrial mamlakatlarm.da ham
xuddi shunday oʻzgarishlar bormoqda. Malayziyada xom ashyo va oziqovqat
eksporti hissasi shu davrda 93,5% dan 26,9% ga qisqargan boʻlsa, mashina va
uskunalar hissasi 1,6% dan 50% ga oʻsdi. Tailandda xom ashyo va oziq-ovqat
eksport hissasi 95,3% dan 26,3% pasayib, mashina va uskunalar hissasi 0,1% dan
31,5% ga koʻtarildi. Shunday qilib, bu mamlakatlarning koʻpchiligi mashina va
uskunalar eksporti boʻyicha jahondagi sanoati rivojlangan mamlakatlar darajasiga
koʻtarildi. 20-asr oxirlariga kelib jami rivojlanayotgan mamlakatlar sanoat
eksportining deyarli 70%, mashina va uskunalar eksportining 70% dan koʻprogʻi
Janubiy Sharqiy Osiyodagi 1 va 2 avlod Yangi industrial mamlakatlarm. (Syangan,
Singapur, Koreya Respublikasi, Tayvan, Indoneziya, Malayziya va Tailand),
shuningdek, Xitoy hissasiga toʻgʻri keldi.