POLSHANING IQTISODIY-GEOGRAFIK O‘RNI, TABIIY RESURSLARI, AHOLISI VA XO‘JALIGI Polsha Visla va Odra daryolari
havzasida, shimolida Boltiq dengizi va
janubida Karpat va Sudet togʻlari
oraligʻida joylashgan. Hududining
90% dan koʻprogʻi tekislik va
payettekislik, janubida togʻliklar bor.
Dengiz boʻylari past, qumloq. Qazilma
boyliklari – toshkoʻmir, qoʻngʻir
koʻmir, tabiiy gaz va neft, temir, mis,
qoʻrgʻoshin,
oltingugurt,
rux;
kaliymagniy tuz konlari bor. Polsha – industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki
mahsulotda sanoatning ulushi 5,1%, qishloq va oʻrmon xoʻjaligining ulushi 26,6%,
xizmat koʻrsatish sohasining ulushi 68,3%. Qishloq xoʻjaligi – Mamlakat
maydonining 61% qishloq xoʻjaligiga yarokli yerlar. Mayda xususiy dehqonchilik
xoʻjaliklari ustun. Davlat xoʻjaliklari, shir-katlar va qishloq xoʻjaligi toʻgaraklari
ham bor. Eng muhim qishloq xoʻjaligi ekinlari: javdar, bugʻdoy, arpa, suli,
kartoshka, qand lavlagi va boshqa Sabzavot, tamaki, yem-xashak, re-zavor mevalar
ham yetishtiriladi. Chorvachilik salmogʻi katta. Koramol, choʻchqa, qoʻy, ot,
parranda boqiladi. Polsha toshkoʻmir, oltingu-gurt, tabiiy gaz, kumush qazib
olishda, poʻlat eritishda Yevropada oldingi oʻrinlardan birida turadi. Kumir
mamlakat yoqilgʻienergetika balansining asosini tashkil etadi. Toshkoʻmir Yuqori
Sileziya, shuningdek, Valbshix va Lyublin havzalarida, qoʻngʻir koʻmir Bogatinda
qazib chiqariladi. Elektr styalari, asosan, kumir konlari atrofida qurilgan. Issiklik
elektr styalarida yiliga oʻrtacha 135,3 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi.
Mis, qoʻrgʻoshin-rux rudalari, ozroq miqdorda neft ham qazib olinadi. Mamlakat
ehtiyojlari uchun zarur neftning 90% dan koʻprogʻi chet ellardan sotib olinadi.
Neftni qayta ishlash sanoatining asosiy markazlari – Plotsk va Gdansk. Chetdan
keltiriladigan temir ruda va mahalliy koks asosida ishlovchi metallurgiya zavodlari
(shu jumladan, Krakovdagi metallurgiya kombinati va mashhur "Katovitse"
kombinati) Yuqori Sileziya aglomeratsiyasida joylashgan. Rangli metallurgiya
sanoati
tarkibida
mis
(Gloguv,
Legnitsa),
qoʻrgʻoshin,
rux
(Katovitse, Bukovno, Myastechko-Slyonske) va alyuminiy (Konin) zavodlari bor.
Sanoatning asosiy tarmoqlari boʻlmish mashinasozlik va metall ishlash sanoati
xilma-xil mah-sulot ishlab chiqaradi.