NIGERIYANING IQTISODIY-GEOGRAFIK O‘RNI, TABIIY
RESURSLARI, AHOLISI VA XO‘JALIGI
Nigeriya (inglizcha: Nigeria), Nigeriya Federativ Respublikasi (inglizcha:
Federal Republic of Nigeria) — Gʻarbiy Afrikada Gvineya qoʻltigʻi
sohilida
joylashgan davlat. Maydoni 923,8 ming km². Aholisi 129,93 mln. kishi (2002).
Poytaxti — Abuja shahri Maʼmuriy jihatdan 36 shtat (state) va poytaxt okrugiga
boʻlinadi. Sohili kam parchalangan kambar pasttekislikdan iborat.
Yer yuzasi
shim.ga tomon balandlashib bo-radi. Yoruba, Ud i, Jos platolari (eng baland joyi
1735 m) bor. Platolardan janubida Niger va Benue daryo vodiylari joylashgan.
Sharqiy qismining rel-yefi togʻlik, ayrim choʻqqilarining balandligi 2000
m dan
ortiq. N. hududi tektonik jihatdan Afrika platformasi tarkibiga kiradi. Nigeriyaning
Atlantika okeani sohilida neft va gaz konlari bor. Toshkoʻmir, lignit va qoʻngʻir
kumir, niobiy (kolumbit), kalay, volfram, molibden, temir, boksit, marganets, asbest,
qoʻrgʻoshin, pyx va uran rudasi konlari topilgan. Mamlakatning shimoli-gʻarbida
oltin konlari ham bor. Nigeriya — yirik sanoat salohiyatiga ega boʻlgan afar
mamlakat. Yalpi ichki mahsulot va tashki savdo qajmi jihatidan Afrikada 2-oʻrinda
(JARdan keyin) turadi. Yalpi ichki mahsulotning yarmi sanoatda, taxminan 30%
qishloq xoʻjaligi va xizmat koʻrsatish sohasida ishlab chikariladi. N. dunyoda neft
eksport qiluvchi 10 ta yirik
mamlakat jumlasiga kiradi, neft qazib olish sohasida
Afrikada birinchi oʻrinni egallaydi. Qishloq xoʻjaligi —mamlakat iqtisodiyotining
asosi, iqtisodiy faol aholi yarmidan koʻprogʻining tirikchilik manbai. Eng ommaviy
deh-qonchilik shakli jamoa dehqonchiligidir. Mamlakatdagi 8 mln.ga yaqin fermer
xoʻjaligi qishloq xoʻjaligi mahsulotining 90% ni beradi.
Haydaladigan yerlarning
anchagina qismida oziq-ovqat ekinlari, asosan, ildizmevali
va donli ekinlar
yetishtiriladi. Dehqonchilikda dukkakli ekinlar, shakarqamish, sabzavot va hoʻl
mevalar muhim oʻrin oladi.
Eksport uchun moyli palma, kakao, yer yongʻoq,
kauchukli oʻsimlik, paxta yetishtiriladi. Chorvachilik, asosan, shimolida va quruq
savannalar mintaqasida rivojlangan. Qoramol, qoʻy va echki boqiladi. Shimolida
yilqichilik, janubida choʻchqachilik va hamma mintaqalarda parran-dachilik bilan
shugʻullaniladi. Daryolarda, Chad koʻli va Gvineya qoʻltigʻi suvlarida qimmatbaho
baliq turlari koʻp bulsada,
baliq ovlash unch
alik rivojlanmagan. Baliqchilik
mahsulotlari mamlakat aholisi ehtiyojlarini qondira olmaydi. Oʻrmon xoʻjaligidagi
asosiy yogʻoch zaxiralari Niger daryosi etaklarida va janubi-sharqiy dengiz so-hilida
joylashgan. Daraxtzorlar 23 ming km² ni tashkil etadi. Oʻrmonlar tartibsiz kesilishi
natijasida qimmatbaho yogʻoch olinadigan daraxtlar kamayib ketdi.
Mamlakatda
oʻrmon xoʻjaligini tiklash tadbirlari ishlab chiqildi, yogʻoch
eksport qilish
taqiqlandi.
Dostları ilə paylaş: