Kirish qismi


ISPANIYA XO‘JALIGINING RIVOJLANISH XUSUIYATLARI



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/45
tarix01.05.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#105408
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
DUNYO MAMLAKATLARI TIPOLOGIYASI

ISPANIYA XO‘JALIGINING RIVOJLANISH XUSUIYATLARI
 
 
 
 
Ispaniya industrial-agrar mamlakat. 
Sanoat ishlab chiqarish qajmi jihatidan 
Gʻarbiy Yevropada 5-oʻrinda, rivojlangan 
mamlakatlar oʻrtasida 8-oʻrinda turadi. 
Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 
23%, qishloq xoʻjaligi ulushi 3,5%, xizmat 
koʻrsatish sohasining ulushi esa 60 % dan 
ortadi. Baʼzi subtropik va bogdorchilik 
mahsulotlarini yetishtirish va eksport 
qilishda dunyoda oldingi oʻrinlarda turadi. 
Sanoatida ogʻir sanoat yetakchi 
oʻrinda turadi. Mashinasozlik, avtomobil va kemasozlik, stanoksozlik, 
elektrotexnika, kimyo sanoati gʻoyat rivojlangan. Sanoatning eng qad. tarmogʻi — 
toʻqimachilik ham ravnaq topgan. Elektron sanoati tez surʼatlar bilan taraniy etmoq
da. Ammo konchilik va metallurgiya tarmoqlaridagi ishlab chiqarish qisq-arib 
bormoqda. 100 turdagi foydali qazilmalardan 16 tasi qayta ishlanadi. Pirit, simob, 
temir, qoʻrgʻoshin-rux, uran rudalari va toshkoʻmir qazib olinadi. Qazib olinadigan 
neft I. ehtiyojining 10% ni krndiradi. Asosiy kemasozlik korxonalari Bilbao
Kartaxena, Barselonada, avtozavodlar Madrid, Barselona, Valyadolid, Vigo sh.da, 
qora metallurgiya korxonalari Biskayya, Santander, Asturiya, Valensiya 
viloyatlarida, rangli metallurgiya Kordova, Xaen, Mursiya, Ovyedo, Santander, 
Gipuskoa, Biskayya viloyatlarida, chetdan keltirilgan neftni qayta ishlovchi 
korxonalar Lakorunya, SantaKrus-de-Tenerife, Eskombre-ras va boshqa port 
shaharlarida, vinochilik sanoati Kataloniya, Aragon, Andalusiya va Yangi Kastiliya 
viloyatlarida joylashgan. Yiliga 155,7 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi ishlab 
chiqariladi. Elektr energiya, asosan, GES larda hosil qilinadi. 3 ta AES mavjud. 
Yoqilgʻi taqchilligi muqobil energiya manbalarini izlashni taqozo qiladi. Quyosh va 
geotermal styalardan keng miqyosda foydalaniladi. Asosiy sanoat markazlari — 
Barselona, Madrid, Bilbao, Ovyedo. Asosiy tarmoq dehqonchilik, qishloq xoʻjaligi 
mahsuloti qiymatining yarmiga yaqini uning ulushiga toʻgʻri keladi. Mamlakat 
maydonining 71%da dehqonchilik qilinadi. Ispaniyada vino (dunyoda 3-oʻrin) 
tayyorlanadi, sitrus mevalar (apelsin hosili boʻyicha Yevropada 1-oʻrin, yiliga 3 mln. 
tonna), bugʻdoy (ekin maydonining 20%), sholi (dunyoda eng yuqori hosildorlik: ga 
dan 60—70 sentner), bodom, tamaki, paxta, qand lavlagi, sabzavot (ekin 
maydonining 69%), kungabokar yetishtiriladi. Oliy nav zaytun yogʻi ishlab 
chiqarishda dunyoda l-oʻrinda turadi (yiliga 400 ming t dan ziyod). Chorvachilik 
yaxshi rivojlangan: qoramol, choʻchqa, echki, qoʻy boqiladi. Baliq va dengiz joni-
vorlari ovlash qamda qayta ishlashda dunyodagi oʻnlikka kiradi. 



Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin