ITALIYA IQTISODIY RAYONLARI TAHLILI
Italiyada Kampaniya, Latsio, Toskana,
Lombardiya,
Piemont,
Veneto
Italiya
hududlari orasida, kamroq darajada Sitsiliya
va Sardiniya iqtisodiy rayonlari mavjud.
Italiya— yuksak rivojlangan industrial-
agrar mamlakat. Dunyoda eng rivojlangan 10
davlatning biri. Yalpi ichki mahsulotda
sanoatning ulushi 31,6%, qishloq xoʻjaligi
ulushi 2,9%, xizmat koʻrsatish soqasi 65,5%
(1997). Italiyada 12 mln.dan ziyod aholi xizmat koʻrsatish sohasida, 6,5 mln. kishi
sanoatda, 1,5 mln. kishi qishloq xoʻjaligida band. Sanoatida ogʻir sanoat ustun.
Jumladan,
mashinasozlik,
metallurgiya,
avtomobilsozlik,
toʻqimachilik,
elektroenergetika, neftni kayta ishlash, neft kimyosi rivojlangan. Sanoat
mahsulotining anchagina qismi eksport qilinadi. Italiyada xom ashyo va energetika
zaxiralari kam, borlari ham notekis joylashgan. Neft va gaz (asosan, Padan tekisligi,
Po daryosi etaklari, Adriatika dengizi sohiliga yaqin joylar va Sitsiliya o.da),
qoʻrgʻo-shin, rux (asosan, Sardiniya o.da), temir rudalari (Aostada va Sardiniya
o.da), boksit, kinovar (simob ruda-si), pirit (Toskana viloyatida), ol-tingugurt, tuz
(Sitsiliya o.da), qoʻngʻir koʻmir, binokorlik materiallari va b. qazib olinadi. Issiklik
elektr stansiyalari elektr energetikaning asosini tashkil etadi. Atom elektr styalari va
geotermal stansiyalar qurilgan. Yiliga oʻrtacha 222 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi
hosil qilinadi. Metallurgiya sanoati, asosan, chetdan keltirilgan xom ashyo asosida
ishlaydi. Qora metal-lurgiyaning eng yirik korxonalari Genuya, Neapol atrofida,
shuningdek, Pombino va Tarantoda; rangli metallurgiya korxonalari Venetsiya,
Bolsa-no, Mori, Milan shaharlari va Sardiniya o.da joylashgan. Neftni qayta ishlash
korxonalari (chetdan keltirilgan xom ashyo asosida), asosan, dengiz sohilidagi joylar
(Genuya, Neapol, Venetsiya, Spetsiya, Augusta)da va neft mahsulotlari eng koʻp
ishlatiladigan shaharlar (Milan va boshqalar)da. Sanoatning yetakchi sohasi boʻlgan
mashinasozlik tarmoklari: avtomobilsozlik (Turin), kemasozlik (Genuya, Livorno,
Neapol, Venetsiya, Triyest), stanoksozlik (Milan, Breshna, Turin), priborsozlik
(Ivrea), elektrotexnika (Milan, Varese, Bergamo, Turin, Genuya) va elektron (Milan
atrofi) sanoati rivojlangan. Neft kimyosi, plastmassa, maʼdanli oʻgʻit, sunʼiy tola,
farmatsevtika va rezina mahsulotlari, sintetik kauchuk ishlab chiqarish yuqori
darajaga yetgan. Lombardiya va Pyemont — anʼanaviy toʻqimachilik markazlari.
Oziq-ovqat sanoatining asosiy tarmoklari — un, makaron, pishloq, qand-shakar,
kon-serva, zaytun yogʻi, uzum vinosi (yiliga 70 mln. gektolitr) ishlab chiqarishdir.
Yengil sanoat, xususan, poyabzal ishlab chiqarish rivoj topgan. Hunarmandchilikka
ayniqsa katta eʼtibor beriladi.
|