CHEXIYA DAVLATIGA IQTISODIY-GEOGRAFIK TAVSIF Chexiya (chex. Česko), Chex Respublikasi (chex. Česká republika) –
Markaziy Yevropadagi davlat. Maydoni 78,9 ming km². Aholisi 10,51 mln. kishi
(2012). Poytaxti – Praga shahri. Maʼmuriy jihatdan 14 oblast (viloyat)ga boʻlinadi.
Chexiya hududining katta qismi Chexiya togʻlarida joylashgan. Uning
atrofida oʻrtacha balandlikdagi Shumova, Chexiya oʻrmoni, Rudali togʻlar
(KrushneGori), Krkonoshe togʻlari
(eng baland joyi 1602 m, Snejka
togʻi) bor. Chexiya togʻlarining
ichki qismi – Chexiya soyligi
tepaliklar va ularni ajratib turuvchi
past toglardan iborat. Moraviyada
ham tepalik va past togʻlar koʻp.
Chexiyanin
g janubiy va markaziy
kismida ChexiyaMoraviya qirlari
bor. Chexiyada kumir, temir rudasi,
grafit, kaolin konlari mavjud.
Aholisining koʻpchiligi – chexlar (81,3%); slovak, polyak va boshqa ham
yashaydi. Shahar aholisi 70%. Rasmiy til – chex tili. Dindorlarning
aksariyati katoliklar. Iirik shaharlari: Praga, Brno, Plzen, Ostrava.
Chexiya – industrialagrar mamlakat. Milliy daromadda qishloq xoʻjaligi 5%,
sanoat 33%, xizmat koʻrsatish tarmogʻi 61,2% ni tashkil etadi.
Sanoatida yoqilgʻienergetika va qora metallurgiya (Ostrava rni), kimyo,
mashinasozlik, yengil va oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Qoʻngʻir kumir va
toshkoʻmir qazib olinadi. OstravaKarvina toshkoʻmir, Shimoliy Chexiya va Sokolov
qoʻngʻir koʻmir havzalari, temir ruda konlari mavjud. Yiliga oʻrtacha 58,7 mlrd.
kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. Asosiy sanoat markazlari – Praga, Plzen,
Ostrava, Brno.
Qishloq xoʻjaligida, asosan, qand lavlagi, bugʻdoy, javdar, arpa, yemxashak
ekinlari, kartoshka va boshqa ekiladi. Bogʻdorchilik va sabzavotchilik rivojlangan,
koʻp miqdorda qulmoq (xmel) yetishtiriladi. Goʻshtsut chorvachiligiga asosiy
eʼtibor beriladi (choʻchqa, qoʻy, qoramol, parranda boqiladi). Suv havzalarvda baliq
yetishtiriladi.
Temir yoʻl uzunligi 9,4 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 124,8 ming km.
Vltava va Laba daryolarida kema qatnaydi. Asosiy dare portlari – Praga va Dechin.
Pragada xalqaro aeroport bor. Chexiya chetga mashina va jihozlar, yengil,
shishakeramika sanoati mahsulotlari, kumir chiqaradi. Chetdan neft, gaz, kora
metall, isteʼmol mollari oladi. Xorijiy sayyoxlik rivojlangan. Germaniya, Slovakiya,
Avstriya, Rossiya bilan savdo kiladi. Pul birligi – chex kronasi.