TURKIYANING IQTISODIY-GEOGRAFIK O‘RNI, TABIIY RESURSLARI, AHOLISI VA XO‘JALIGI Turkiya Respublikasi — Gʻarbiy
Osiyo (97%) va Janubiy Yevropa (3%)dagi
davlat. Turkiya ham Osiyo ham Yevropa
qitʼasiga
kiradi
Turkiya-
ning poytaxti — Anqara shahri. Davlat
tili — Turk tili. Maydoni — 783,562 km².
Aholi soni (2021) — 84.680.273 kishi.
Turkiya pul birligi — lira. Turkiya
Respublikasi 81 ta viloyatlardan iborat.
Turkiya 14 ta davlat bilan chegaradosh. Zamonaviy Turkiya 1923-yilda Usmonli
imperiyasining birinchi jahon urushidagi magʻlubiyati va turk xalqining milliy
ozodlik urushi, monarxiyaning tugatilishi, parchalanishi va turk milliy davlatining
barpo etilishi natijasida tashkil topgan. 1919—1939-yillarda turkiyasharqiy qismida
joylashgan davlat. Hududining 97 % Kichik Osiyo yarim orol (Anadolu)da,
3 % Yevropa (Sharqiy Frakiya)da. Shimolidan Qora dengiz, gʻarbdan Egey dengizi,
janubdan Oʻrta dengiz bilan oʻralgan. Egey dengizidagi bir qancha orol ham
Turkiyaga qarashli. Maydoni 814,578 km². Aholisi 75,63 mln. kishi (2012).
Poytaxti — Anqara shahri Maʼmuriy jihatdan 81 el (viloyat)ga, ellar elchalarga
boʻlinadi. Turkiya — industrialagrar mamlakat. 1980-yil iqtisodiyotda tub burilishni
koʻzda tutgan keng qamrovli dastur joriy etila boshlandi. Eksportga moʻljallangan
mahsulotlar ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalari paydo boʻla boshladi. Amalga
oshirilgan islohotlar natijasida markazdan boshqaruv oʻrniga bozor mexanizmiga
oʻtildi. Soliq masalasida bir qancha qulayliklar yaratildi, sarmoya jamgʻarmalari tez
surʼatlar bilan koʻpaydi, chet el sarmoyasi erkin kelishiga qulay imkoniyat yaratiddi.
Chet el sarmoyasi va texnologiyasini jalb etishni tezlashtirish uchun 1985-yilda
„Erkin mintaqalar qonuni“ kuchga kirdi. Bunday mintaqalar 1987-yilda atigi 2 ta
(Mersin va Antaliya) boʻlgan boʻlsa, 2002-yilga kelib ularning soni 21 taga yetdi.
Ana shular natijasida yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 28,7 %, qishloq
xoʻjaligi. niki 14,4 %, xizmat koʻrsatish sohasiniki 56,9 % boʻldi. Turkiya xromit
ishlab chiqarish. va eksport qilishda dunyoda yetakchi (toʻrtinchi) oʻrinda turadi
(40 million tonnalik xromit zaxirasi bor). Shuningdek, gaz, neft, toshkoʻmir, temir,
marganets, mis va boshqa rangli metallar qazib olinadi. Sanoat korxonalari asosan
mamlakatning gʻarbiy va markaziy qismida joylashgan. Keyingi yillarda mamlakat
sharqiy qismini rivojlantirish uchun choratadbirlar koʻrildi. Turkiya sanoatida
avtomobilsozlik, elektronika, kimyo, toʻqimachilik, koʻnchilik mahsulotlari,
qurilish materiallari, oʻsimlik yogʻi ishlab chiqarish. yetakchi oʻrin tutadi.