Shveysariya Markaziy Yevropada
joylashgan
mamlakat
hisoblanadi.
Mamlakat maydoni 41,3 ming km²ni tashkil
etadi. Shveysariya shimolda Germaniya,
gʻarbda Fransiya, sharqda Lixtenshteyn va
Avstriya, janubda Italiya bilan chegaradosh.
Germaniya bilan shimoliy chegaraning
katta qismi Reyn daryosi boʻylab oʻtadi.
Germaniya bilan sharqiy chegara va
Avstriyaning bir qismi Konstans koʻli orqali
oʻtadi. Fransiya bilan janubi-gʻarbiy
chegaraning bir qismi Jeneva koʻli orqali oʻtadi. Eng uzun chegara Italiya bilan —
741,3 km, Fransiya bilan — 571,8 km, Germaniya bilan — 362,5 km, Avstriya
bilan — 165,1 km, Lixtenshteyn bilan — 41 kmni tashkil etadi. Maksimal uzunligi:
shimoldan janubga 220 km va sharqdan gʻarbga 348 kmga choʻzilgan. Shveysariya
mamlakati okeanga chiqa olmaydi, mamlakatga eng yaqin boʻlgan okean Atlantika
okeani (Oʻrta Yer dengizi) hisoblanadi. Shveysariya mamlakati milliy iqtisodiyoti
asosan bank moliya tizimi juda ravnaq topgan boʻlib yirik koorparatsiyalar ham
ushbu davlatda joylashgan. Shveysariya mamlakati shuningdek turizm va xizmat
koʻrsatish sohasi ham yaxshi rivojlangan. Mamlakat hududi Alp togʻ burmalanish
davrida paydo boʻlgan, Alp togʻlaridan iborat. Alp togʻlari Shveysariya mamlakatida
turizm va qishki sport tutrlari rivojlanishi uchun muhim rol oʻynaydi. Shveysariya
mamlakatida turizmning adrenalinbop turizm, rekreatsiya va davolash turizmi,
akuaturizm kabi turlari yaxshi rivojlangan, shuningdek milliy bogʻlar va qoʻriqxona
hududlarida esa tabiat manzaralari uchun agroturizm yaxshi rivojlantirilgan.
Shveysariya mamlakati shun
ungdek qishki sport turlarida yaxshi imkoniyatlarga
ega davlat hisoblanandi. Mamlakatda qishki sport turlarini rivojlantirilgan,
mamlakatda yoz fasllarida butun Yevropadan qishki changʻi sport turi ixlosmandlari
keladi. Turizmning bunday turlari orqasidan Shveysariya juda katta daromad oladi.
Butun hududning taxminan 58,5 %ni Alp togʻlari, 10 %ni esa Yura
togʻlari egallaydi. Mamlakatning eng baland nuqtasi — Dufour choʻqqisi (4634 m),
eng pasti — Lago Maggiore koʻli — 193 metr. Yura togʻ tizmasining eng baland
nuqtasi Shveysariyada (Tandre togʻi) joylashgan boʻlib uning 1679 metrni tashkil
etadi. Mamlakatning eng mashhur togʻi Matterhorn hisoblanadi. Shveysariya platosi
mamlakatning markaziy qismida joylashgan. Uning oʻrtacha balandligi dengiz
sathidan 580 metr balandlikda joylashgan.
Dostları ilə paylaş: