qoplamlarida ishlatiladi. Qum shisha va keramika ishlab chiqarish sanoatida xom
ashyoning asosiy tashkil etuvchisi sifatida ishlatiladi.
Gilli cho‘kindi tog‘ jinslariga kaolinit, kvars, slyuda, dala shpati va boshqa
minerallarning 0,01-0,001 mm zarrachalari kiradi.
Kaolinli gil kaolinitdan iborat bo‘lib, yorqin ranglarda bo‘ladi. Ular yog‘lik
va olovga bardoshli bo‘lgani uchun keramika ishlab chiqarish sanoatida ko‘p
ishlatiladi. Gil sement ishlab chiqarishda asosiy xom ashyodir.
Qumtoshlar-kvarsning sementlangan donachalaridan iborat bo‘lib,
xarsangtosh pol va tratuarlar uchun plitalar, beton uchun to‘ldiruvchi
sifatida
ishlatiladi.
Konglomerat va brekchiyalar tabiiy sementlangan tosh va mayda toshdan
iborat bo‘lib, xarsangtosh va to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladi. Gilli cho‘kindi tog‘
jinslari Markaziy Osiyoda ko‘plab uchraydi.
Kimyoviy (xemogen) cho‘kindi
jinslarga karbonatlar, sulfatlar va allitlar
kiradi.
Karbonatli jinslarga ohaktosh va dolomitlar kiradi. Ohaktosh tarkibida 50%
ko‘p kalsit, dolomit tarkibida esa 50% ko‘p dolomit jinslari bo‘ladi. Jins
tarkibidagi kalsit va dolomit nisbatiga ko‘ra uning tarkibi
toza ohaktoshdan toza
dolomitga qadar o‘zgaradi.
Karbonatli jinslar tarkibidagi giltuproq aralashgan bo‘lishi mumkin.
Karbonat va giltuproq deyarli teng miqdorda aralashsa, bunday jinslar mergel
deyiladi. Giltuproq ohaktosh mustahkamligini kamaytiradi.
Ohaktosh oq, sarg‘ish, qo‘ng‘ir, kulrang, xattoki qora rangda, dolomit esa
oq, sariq, och qo‘ng‘ir ranglarda bo‘ladi.
3.4 Toshlarni qayta ishlash
Toshlarni karyerlash:Tabiiy toshlarni ishhlab chiqarishda yagona kashf
etilgan uslub bu toshlarni karerlash jarayonidir.Tabiiy
qoyalarning ochiq qismi
karyer sifatida belgilanadi.Karyer joyi tanlab olinayotganda bir qancha belgilar
masalan yetarli darajadagi
sifatli toshni borligi, tashish qulayliklari,
arzon ishchi
kuchi,yomg’ir suvini miqdori va boshqalar aniqlanib chiqiladi.
Toshni karyerlash asboblari: Toshni karyerlash asboblari bir nechta bo’lib
ular ponalar,shpilkalar,bolg’a,tirnovchi qoshiq va boshqa asboblar kerak bo’ladi.
Karyerlash uslublari: Qoyalarning tosh ishlab chiqaraishga qulay bo’lgan
qismi foydali minerallar deb ataladi va bu minerallarni ishlab chiqarish konchilik
sanoati deb ataladi.Konchilik jarayonida bosh joylarni ochish qazish deb ataladi va
ochilgan konlar karerlanadi.Karyerlash bir necha xil
maqsadlarda olib boriladi
masalan turli xil qurilishda ishlatiladigan toshlarni toppish ham bu maqsadlar
qatoriga kiradi.Turli xil karyerlash malakasiga ega bo’lish muhimdir lekin qurilish
ishlarida maxsus toshlarni ajrata bilish malakasini bermaydi.Qoyalarning tabiiy va
ustki qatlamiga bog’liq holda va qaysi toshlar muhimligi jihatidan karyerlash
qazish ponalash qizdirish yoki portlatish yo’llari bilan amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: