Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə20/135
tarix20.11.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#166240
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   135
Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. -fayllar.org

2.3 Metamorfik tog‘ jinslar 
Metamorfik jinslar tog‘ jinslarini erning chuqur qatlamlarida yuqori bosim
va harorat ostida o‘zgarishidan hosil bo‘lgan. Metamorfik jinslar strukturasi-
teksturasi hosil bo‘lishida bosimning yo‘nalishi katta rol o‘ynaydi. Metamorfizm
jarayoniga tog‘ jinslari tarkibidagi suv va karbon kislotalari katta ta’sir ko‘rsatadi.
Metamorfik jinslarni hosil qiluvchi minerallarga magmatik jinslarda
uchraydigan dala shpatlari, kvars, slyuda, rogovaya obmanka, cho‘kindi jinslarga
xos bo‘lgan kalsit, dolomit minerallari, maxsus metamorfik jinslar kiradi.
3 Tabiiy tosh materiallari va buyumlari ishlab chiqarish 
3.1 Qurilishda ishlatiladigan tog‘ jinslari 
Magmatik tog‘ jinslar. Tog‘ jinslarining chuqurlikda hosil bo‘lishi, ularni
zich, mustahkam, chiroyli teksturali bo‘lishini ta’minlaydi.
Granit-kvars (25-30%), dala shpati (ortoklaz, 35-40%) va slyudadan
(510%) iborat. U och kulrang, kulrang, pushti, qoramtir-qizil, sariq ranglarda
bo‘ladi. Granitning siqilishdagi mustahkamligi-120-250 MPa. U mo‘rt material
bo‘lgani uchun zarbiy ta’sirlardan saqlash kerak.
Granitning g‘ovakligi 1,5% atrofida bo‘lib, suv shimuvchanligi juda kichik
(0,5% hajm bo‘yicha).
Granit oq, sariq,kulrang, pushti, qizil ranglarda bo‘lib, teksturasi juda
chiroyli bo‘ladi. Uning mustahkamligi, sovuqqa chidamliligi va edirilishdagi
qarshiligi yuqori bo‘lgani uchun bino sokollarida, fontan va qirg‘oq qoplamlarida,
kislotaga chidamlilik talab etilgan joyda hamda yuqori mustahkamlikdagi beton
tayyorlashda yirik to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladi.
Sienit-kaliyli (50-70%) va natriyli (10-30%) dala shpatlari, rangli
minerallardan (10-20%) tashkil topgan. Sienit tarkibida kvars (10-15%) bo‘lsa,
sienit kvarsli sienit deb yuritiladi. Sienit pushti, kulrang, ko‘kimtir ranglarda
bo‘ladi.
Diorit-dala shpati (45-50%), kvars (20-25%), rangli minerallardan iborat.
Rangli minerallardan rogovaya obmanka ko‘proq bo‘ladi. Diorit mustahkam (150-
300 MPa), sovuqqa chidamli, zarb va edirilishga qarshiligi yuqori jinsdir. SHu
sababli koshinlashda, yo‘l qoplamalarida va xaykaltaroshlikda ishlatiladi.
Gabbro-dala shpati (plagioklaz), kulrang va qoramtir (avgit, olivin)
minerallardan iborat. Gabbro zichligi 2,9-3,0 g sm
3
, siqilishdagi mustahkamligi
200-300 MPa.
Gabbro jilolanganda juda chiroyli ko‘ringani uchun xaykaltaroshlikda,
koshinlashda ishlatiladi.






Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin