Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


 Tog‘ jinslari va jins hosil qiluvchi minerallar



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə17/135
tarix20.11.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#166240
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   135
Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. -fayllar.org

2. Tog‘ jinslari va jins hosil qiluvchi minerallar

Tog‘ jinslari shakllanish jixatidan uch genetik guruxlarga bo‘linadi: silikatli


qotishma (magma) ning qayta kristallanishidan hosil bo‘lgan magmatik jinslar,
tog‘ jinslarining nurashidan hosil bo‘lgan cho‘kindi tog‘ jinslari, er qatlamida fizik-
kimyoviy sharoitda qayta kristallanib, ko‘rinishi o‘zgargan metamorfik tog‘
jinslaridir (2.1-jadval).
2.1 Magmatik tog‘ jinslar 
Magmatik jinslar magmaning vulkanik harakatlar natijasida er yuziga
toshib chiqishidan yoki erning yoriq va bo‘shliqlarida qotishidan hosil bo‘ladi.
Magmaning sovush sharoitiga nisbatan chuqurlikda qotgan (intruziv) va toshib
chiqqan (effuziv) turlarga bo‘linadi. CHuqurlikda qotgan magmatik tog‘ jinslarga
granit, sienit, diorit, gabbro va boshqalar kiradi. Bunday jinslar yuqori bosim va
kislorodsiz muxitda asta-sekin sovugani uchun o‘ta zich kristall strukturaga ega
bo‘ladi.
Toshib chiqqan magmatik jinslar (bazalt, andezit, diabaz, porfir va sh.k.) er
yuzida tezlik bilan sovushi natijasida to‘la kristallanmagan bo‘ladi. Sovush davrida
gazsimon moddalarning ajrab chiqishi g‘ovak toshlarni (pemza, tuf) hosil qiladi.
Magmatik jinslarni hosil qiluvchi asosiy minerallarga kvars, dala shpatlari,
temir-magnezialli silikatlar kiradi.
4
Building of materials S.K. Duggal, New Age International (P) Ltd 2008,page 57,58.



3.1-jadval


Tog‘ jinslarining genetik klassifikatsiyasi
Magmatik
jinslar
Massiv
CHuqurlikdagi
Granit, sienit, diorit, gabbro
Toshib
chiqqan
Porfir, kvars, diabaz, traxit, porfirit,
andezit
Bo‘laklangan
otilib chiqqan)
Sochiluvchan
Vulqon kuli, pemza
Sementlanga n
Vulqon tufi
CHo‘kindi
jinslar
Mexanik
cho‘kindilar
Sochiluvchan
sementlangan
Giltuproq, qum, shag‘al, qumtosh,
konglomerat, brekchiya
Kimyoviy
cho‘kindilar
Gips, angidrit, magnezit, dolomit, ohak
tufi, ohaktosh
Orgonogen
cho‘kindilar
CHig‘anoqli ohaktosh, mel, diatomit,
trepel
Metamorfik
jinslar
Gneyslar (granitsimonlar), gil, slanetslar, (giltuproqli),
marmarlar (ohaktosh, dolomitlar), kvarsitlar
(qumtoshlar)
3.1-rasm. Struktura turlari (sxemasi)
a) notekis donador; b) tekis donador.

Kvars (SiO
2
) kristall tuzilishga ega bo‘lib, o‘ta zich, mustahkam va
agressiv muxitlarga chidamli. Kvarsning siqilishdagi mustahkamligi 2000 MPa
gacha, cho‘zilishdagi mustahkamligi esa 100 MPa gacha bo‘ladi. Qattiqligi



jixatidan topaz, korund va olmosdan keyin to‘rtinchi o‘rinda turadi. Erish harorati


1700
0
S. Kvars qum sifatida cho‘kindi tog‘ jinsini asosini tashkil etadi.
Dala shpati magmatik jinslarning 60-70% tashkil etadi. Dala shpatining
Ortoklaz
(K
2
O
.
Al
2
O
3
.
6SiO
2
)
va
Plagioklaz
(Na
2
O
.
Al
2
O
3
.
6SiO
2
albit,
SaO
.
Al
2
O
3
.
2SiO
2
-anortit) turlari mavjud. Dala shpatining mustahkamligi (120-
170MPa) va chidamliligi kvarsga nisbatan kamroq bo‘ladi. Dala shpati
emirilishidan glina kabi cho‘kindi jinslar hosil bo‘ladi.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin