E
, MPa
Siqilish yoki cho‘zilishdan hosil bo‘ladigan ichki zo‘riqish b R F
formula yordamida topiladi. Bu erda, R-ta’sir etayotgan kuch; F-
ko‘ndalang kesim yuzasi.
SHisha elastik mo‘rt deformatsiyalanadi va elastiklik chegarasida sinadi.
Po‘lat, kristall tuzilishli polimerlar yuqori kuchlanishlarda ham elastiklik
xususiyatini yo‘qotmaydi va plastik zonada sinadi. Beton, qorishma va shu kabi
kompozitsion materiallarga mustahkamlik chegarasining 20% qadar kuch
qo‘yilganda chiziqsiz bog‘lanishli elastik deformatsiyalanish yuz beradi. Kauchuk,
rezina va shu kabi elastomerlarda elastik deformatsiya 100% dan ham oshishi
mumkin. Materialda kuch ta’sirida bo‘ylama va ko‘ndalang deformatsiyalar hosil
bo‘lib, ularning nisbati Puasson koeffitsienti (M) bilan ifodalanadi.
Plastiklik materialning tashqi kuch ta’sirida shakli va o‘lchamlarini
buzilmasdan o‘zgartirish va kuch olingach avvalgi holatini to‘la tiklay olmaslik
xususiyatidir. Bunday materiallarga po‘latning ayrim turlari, plastmassalar,
bitumlar va boshqalar kiradi. Plastiklik ko‘p xollarda harorat o‘zgarishiga bog‘liq
bo‘ladi.
Mo‘rtlik-materialga
tashqi
kuch
ta’sir
etganda
sezilarli
deformatsiyalanmagan xolda buzilishi uning mo‘rtligidir. Mo‘rt materiallar
siqilishga yaxshi qarshilik ko‘rsatib, egilishga va cho‘zilishga yomon ishlaydi.
Mo‘rt materiallarga tabiiy tosh, shisha, beton, silikat va shu kabilar kiradi.
Dostları ilə paylaş: