Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


Materiallarning termik chidamliligi



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə10/135
tarix20.11.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#166240
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   135
Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. -fayllar.org

Materiallarning termik chidamliligi ularning haroratni siklli ko‘p marta
o‘zgarishiga buzilmasdan chidash xususiyatidir. Termik chidamlilik materialning
tarkibiga, haroratdan kengayish koeffitsientiga bog‘liq bo‘ladi. Haroratdan
kengayish koeffitsienti kichik bo‘lsa, materialning termik chidamliligi shunchalik
yuqori bo‘ladi. Granit, oyna va shu kabi materiallarning termik chidamliligi kichik.
YOnuvchanlik materialning olov ta’sirida ma’lum muddatda yonmaslik
xususiyatidir. Bu jixatdan materiallar-yonmaydigan, qiyin yonadigan va yonadigan
turlarga bo‘linadi. Masalan, yonmaydigan materiallarga beton, g‘isht, po‘lat, granit
va x.k.,qiyin yonadiganiga asfaltbeton, fibrolit, ba’zi penoplastlar, shimdirilgan
yog‘och va sh.k., yonadiganlariga- yog‘och , gulqog‘oz, bitum, bo‘yoqlar va sh.k.
lar kiradi.
Materialni antipirenlar bilan shimdirib yoki qoplab yonish muddatini
kechiktirish mumkin. Ko‘pchilik yonmaydigan materiallar olov ta’sirida



yonmasada kuchli deformatsiyalanadi (po‘lat), darz ketadi (tabiiy toshlar),sachrab


sinadi (asbotsement) va sh.k.
Radiatsiyaga chidamlilik 
Radiatsiyaga chidamlilik materialning ionlantiruvchi nurlar ta’sirida uning
tuzilishi va fizik-mexanik xossalarini o‘zgartirmaslik xususiyatidir. Atom
energetikasining rivojlanishi, turli radioaktiv nurlarni xalq xo‘jaligida ishlatilishi
materiallarni nurlarga chidamliligini o‘rganishga, bu nurlardan muxofazalovchi
materiallarni yaratishga olib keldi. Radiatsiya nurlari, xatto kristall tuzilishli
materiallarni amorf xolatga keltirishi, ularda juda kuchli ichki zo‘riqishlar hosil
qilishi va buzishi mumkin. Radioaktiv nurlardan himoyalash uchun maxsus tarkibli
o‘ta og‘ir betonlar, metall qotishmalari va sh.k. ishlatiladi.
5.Qurilish materiallarining mexanik xossalari 
Mustahkamlik 
Materialga tashqi kuch ta’sir etganda unda ichki kuchlanish (zo‘riqish)
paydo bo‘ladi. Kuchlanish ma’lum qiymatga etganda material buziladi (sinadi,
parchalanadi).
Materialning
buzilishga
qarshilik
ko‘rsatish
xususiyati
mustahkamlik deb ataladi. Materiallarning mustahkamligi odatda ularning
mustahkamlik chegarasi-R orqali ifodalanadi. Mustahkamlik chegarasi deb,
materialning eng katta kuch ta’sirida buzilgan vaqtida hosil bo‘lgan ichki
kuchlanish-b ga aytiladi. Bino va inshoot qismlarining mustahkamligini hisoblash
davlat standartlari bo‘yicha ruxsat etilgan kuchlanish uning mustahkamlik
chegarasi orqali ifodalanadi:
rux
=R Z ,
bu erda: R-mustahkamlik chegarasi, Mpa;
Z-mustahkamlikning ehtiyot (zaxira) koeffitsienti, kamida 2-3 ga teng.
Ehtiyot koeffitsientini aniqlashda quyidagilarni hisobga olish lozim:
a) tuzilishi
bir
jinsli
bo‘lmagan materiallar
mustahkamlik
chegarasining yarmidayoq kuchsizlangan joyidan buzila boshlaydi;
b) Ko‘p materiallar kuch ta’sirida
tez deformatsiyalanadi
va
mustahkamlik chegarasi ko‘rsatkichining 50-70% ida darzlar hosil bo‘ladi;
v) materialga qayta-qayta o‘zgaruvchan dinamik kuch qo‘yilganda u
mustahkamlik chegarasiga etmasdan buziladi. Bunga materialning “charchashi”
tufayli buzilish deyiladi. Hozirgi vaqtda materiallarning buzilish holatini
hisoblashda ehtiyot koeffitsientlaridan foydalaniladi. Bunda ortiqcha yuk,
materialning bir jinsligi, inshootning ishlash sharoiti va sh.k. hisobga olinadi.
Siqilishdagi mustahkamlik chegarasi tashqi omillar ta’sirida materialda
hosil bo‘ladigan ichki siquvchi zo‘riqishlarga qarshilik ko‘rsatish xususiyatidir.
Siquvchi kuch yuk, kirishish, notekis qizdirish va shu kabilar natijasida hosil
bo‘ladi.



Ko‘pchilik materiallar anizatrop tuzilishda bo‘lgani uchun siqilishdagi


mustahkamlik chegarasi qator sinovlar natijalarining o‘rtacha miqdori bilan
belgilanadi.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin