Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


SHag‘al. SHag‘al cho‘kindi tog‘ jinslarni elab fraksiyalarga ajratib, gil va changdan tozalash uchun yuvib olinadi. CHaqiq tosh



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə28/135
tarix20.11.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#166240
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   135
Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. -fayllar.org

SHag‘al. SHag‘al cho‘kindi tog‘ jinslarni elab fraksiyalarga ajratib, gil va
changdan tozalash uchun yuvib olinadi.
CHaqiq tosh. Xarsangtoshlarni 5-70 mm (150 mm gacha) fraksiyada
maydalab chaqiq tosh olinadi. Mayda fraksiyadagi chaqiq toshlarni olish uchun
xarsangtosh bir necha marta maydalanadi.
Qum. Qum 0,15-5 mm fraksiyadagi barcha tabiiy tosh materiallarining
qismidir. Qum tarkibida gil va chang miqdori meyorlangan bo‘lib, meyordan



ortig‘i beton va qorishmalar xossalarini yomonlashtiradi. SHag‘al, chaqiqtosh va


qum beton uchun to‘ldiruvchilar sifatida ishlatiladi. Bu materiallar tarkibida tabiiy
radionuklidlar borligi xaqida sertifikat bo‘lishi shart.
Devor toshlari va plitalari. Devor toshlari va bloklari asosan tuf va
g‘ovak ohaktoshlardan mexanizmlar vositasida arralab tayyorlanadi. Devor toshlari
390x190x188; 490x240x188; 390x190x288 mm o‘lchamlarda ishlab chiqariladi.
Devorbop bloklar tuf, ohaktosh, dolomit, qumtosh, andezit kabi toshlardan hajmi
0,1 m
3
kam bo‘lmagan holda tayyorlanishi maqsadga muvofiqdir. (2.3-rasm).
3.6-rasm. Bloklar
a-ajratilgan; b-yo‘nilgan; v-arralangan
Devor toshlari tashqi devor uchun o‘rtacha zichligi 2300 kg m
3
kam
bo‘lgan tog‘ jinslaridan tayyorlanadi. Toshlarning suv shimuvchanligi 30% gacha,
sovuqqa chidamliligi 15 sikldan kam bo‘lmasligi kerak.
Plitalar qurilishda keng miqyosda ishlatiladi. YUqori mustahkamlik,
qattiqlik va sovuqqa chidamlilikka ega bo‘lgan granitsimonlar va boshqa magmatik
tog‘
jinslari
monumental
bino
poydevorlarida,
daryo
qirg‘oqlarini
mustahkamlashda, ko‘prik qoplamlarida ishlatiladi. Marmar, chig‘anoqli ohaktosh,
gips, angidrit kabi toshlar asosidagi plitalar ma’muriy bino va inshootlarning ichki
bezagi uchun ishlatiladi. Bino va inshootlarni tashqi bezagi uchun atmosfera
muxitiga chidamli ohaktosh, dolomit, qumtosh, vulqon tuflari, marmar kabi tosh
plitalar ishlatiladi. Tashqi bezak plitalari qalinligi 4-8 sm, ichki bezak plitalari
qalinligi esa 1,2-4sm bo‘ladi. So‘nggi yillarda olmos arralar yordamida kesilgan 5-
10 mm qalinlikdagi tejamli tosh plitalar binolarni ichki bezagi uchun
qo‘llanilmoqda.
Granit, andezit, diabaz, kvarsit kabi kislotaga chidamli toshlar asosidagi
plitalar kimyo sanoatida, mineral o‘g‘itlarni saqlaydigan binolarni va shu kabilarni
korroziyadan muxofaza etishda ishlatiladi.
Bino va inshootlar pollari va zinapoyalarida ishlatiladigan toshlar bezak
sifatidan tashqari edirilishga chidamli va sirpanmaslik talablariga javob berishi
kerak. Trotuar plitalari zich, sovuqqa chidamli qumtosh, gneys, ohaktosh kabi
toshlardan tayyorlanadi. Ular tomonlari 20-80 sm, qalinligi 4-15sm bo‘lgan
kvadrat yoki to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘ladi.
Bruschatka va bort toshlari asosan zich, sovuqqa chidamli magmatik tog‘
jinslaridan mexanizatsiyalashgan usulda tayyorlanadi va yo‘l qurilishida qoplama



material sifatida ishlatiladi. Bort toshlari balandligi 30-40 sm, eni va uzunligi


turlicha bo‘lishi mumkin.
Tabiiy tosh materiallari va buyumlarini tashish va saqlashda ularni
mexanik, ob-havo ta’sirlaridan saqlash zarur. Ayniqsa jilolangan plitalar
tashilayotganda, tushirilayotganda ehtiyot choralari yuqori bo‘lishi kerak. Bunday
plitalar orasiga qog‘oz qo‘yilishi lozim. Arxitektura qismlari konteynerlarda
tashilgani ma’qul. Qoplama tosh plitalari omborlarda va bostirmalarda xillarga
ajratilgan holda saqlanadi.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin