Sovuqqa chidamlilik. Standart usulda muzlatish va eritish sikllari bo‘yicha
tabiiy tosh materiallar quyidagi markalarda bo‘ladi: 10; 15; 35; 100; 150; 200; 300
va 500. Zich toshlar sovuqqa chidamli bo‘ladi. Porfirsimon tuzilishdagi toshlar
sovuq ta’sirida yorilib ketadi.
YAngi qazib olingan ohaktosh, dolomit, tuflar, qumtoshlarda tabiiy namlik
bo‘lgani uchun sovuqqa chidamsizdir. Ular quritilgach etarli darajada sovuqqa
chidamli material bo‘ladi.
Suvga chidamlilik. Suvga chidamlilik toshlarning suvda yumshash
koeffitsenti-0,6; 0,8 va 1,0 bilan belgilanadi. Doim suv ta’sirida bo‘ladigan
joylarda (poydevor, yo‘l qurilishi) bu koeffitsient 0,8 kam bo‘lmasligi, tashqi devor
uchun esa 0,6 kam bo‘lmasligi kerak.
Edirilish va ishqalanishga bardoshlilik. Toshlarning bu xususiyati
ularning zichligi, mustahkamligi va tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi. Toshlar yo‘l
qoplamalari,binolar pollari, zinapoyalarda ishlatilganda ularning bu xususiyatlari
katta ahamiyatga egadir.
Mayda kristall tuzilishga ega bo‘lgan toshlar shliflanganda sirpanchiq
bo‘lgani uchun zinapoya, pollarda ishlatilmagani ma’qul.
Olovga bardoshlilik. Tabiiy toshlarning olovga bardoshliligi ularning
mineral tarkibiga bog‘liq bo‘lib, olov ta’sirida buzilishi mumkin. Gipstoshi 100-
120
0
S, ohaktosh 900-1000
0
S haroratda buzila boshlaydi. O‘ta zich granitsimonlar,
porfirlarda esa yuqori harorat ta’sirida yoriqlar hosil bo‘ladi.
5. Tabiiy tosh materiallari va buyumlari turlari
Xarsangtosh. Massasi 20-40 kg uzun tomoni 50 sm bo‘lgan noto‘g‘ri
shakldagi tog‘ jinslari xarsangtosh deyiladi. Xarsangtosh portlatish usulida,
plitasimon xarsanglar esa ponalar va urib harakatga keltiriladigan mexanizmlar
yordamida hosil qilinadi. Xarsangtosh magmatik va cho‘kindi tog‘ jinslariga ishlov
berib olinadi. CHo‘kindi jinslar tarkibida giltuproq, pirit qo‘shilmalari bo‘lmasligi
kerak.
Xarsangtosh siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 10 MPa kam bo‘lmasligi,
suvda yumshash koeffitsienti 0,8 dan past bo‘lmasligi kerak.
Xarsangtosh isitilmaydigan bino va inshootlar qurilishida, chiqindilari esa
maydalanib beton uchun to‘ldirgich sifatida ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: |