6. Tabiiy tosh materiallarni emirilishdan saqlash usullari Tabiiy tosh materiallari bino va inshootlarda ishlatilganda tabiiy va
texnogen omillar ta’sirida buzilishi mumkin. Bu omillarga asosan quyidagilar
kiradi: yoriqlar va g‘ovaklarda suvning muzlashidan hosil bo‘ladigan ichki
zo‘riqishlar; harorat va namlikning keskin o‘zgarishidan mikroyoriqlar hosil
bo‘lishi; sizib o‘tuvchi suv ta’sirida tosh komponentlarining yuvilishi; atmosferada
mavjud SO
2
, CO
2
va sh.k. gazlar, oqava va sizot suvlar tarkibida bo‘lgan ishqor,
kislota, tuz, uglevorod qoldiqlari, mineral o‘g‘itlar ta’sirida yuz beradigan
kimyoviy korroziyalar va x.k.
G‘ovak toshlarni emiruvchi muxitlardan himoyalash uchun yuza qismlarini
zichlashtiruvchi moddalarga shimdirish, suv yuqtirmasligini ta’minlash uchun
gidrofob moddalar sepish mumkin. Zich toshlarni suv ta’siridan saqlash uchun
sirtini silliqlash, jilolash zarur. Bunda zich va silliq yuzadan suv tez va to‘g‘ri oqib
o‘tadi.
Ohaktosh va dolomitlarning yuzasini kremneftorlash (flyuatatsiya, qoplash)
usulida zichlashtirish mumkin. G‘ovak toshlarni termoreaktiv va termoplastik
polimerlar bilan shimdirib, zichligi, mustahkamligini keskin oshirish mumkin.
Tosh yuzasiga kremniyorganik suyuqlik (GKJ-10, GKJ-94), emulsiyalar
(bitum emulsiyasi) shimdirib suv yuqtirmaydigan gidrofob xususiyatni berish
mumkin.
Nazorat savollari 1.
Tog‘ jinslarini hosil bo‘lish sharoitiga nisbatan guruxlarga bo‘linishini aytib
bering.
2.
Asosiy jins hosil qiluvchi minerallarni aytib bering.
3.
Magmatik jinslarning asosiy turlarini va ularning xossalarini keltiring.
4.
Asosiy cho‘kindi jinslarini tavsiflang.
5.
Metamorfik jinslarni tavsiflang.
6.
Tosh materiallar va buyumlar qaysi usullarda qazib olinadi va ishlov beriladi?
7.
Qurilishda ishlatiladigan tosh materiallarning asosiy turlarini keltiring.
8.
Bino va inshootlarda tosh materiallarining emirilish sabablarini va himoyalash
usullarini aytib bering.