Binolarni bunday usulda pardozlash mehnat sarfini kamaytiradi va iqtisodiy
tomondan tejamli bo‘ladi.
Yirik fasadbop keramik plitalar rangli va rangsiz, tekis va g‘adirbudur
yoki riflangan, glazurlangan va sirlanmagan turlarda ishlab chiqariladi. Uzunligi
490, 990, 1190 mm, eni 490 va 990 mm va qalinligi 910 mm o‘lchamlarda
tayyorlanadi. Plitalarning suv shimuvchanligi 1% kam, sovuqqa chidamliligi 50
sikldan yuqori bo‘lishi kerak.
Fasadbop keramik plitalar plastik va yarim quruq presslash usullarida
tayyorlanadi. Fasad plitalari glazurlangan va sirlanmagan, silliq va relef yuzali
holda 26 tipda 292x192x9 mm dan 21x21x4 mm gacha o‘lchamlarda ishlab
chiqariladi. Standart bo‘yicha boshqa o‘lchamdagi plitalarni ishlab chiqarish ruxsat
etiladi. Plitalarning suv shimuvchanligi 5 va 7-10% bo‘lishi mumkin. Sovuqqa
chidamligi 35 va 50 sikl bo‘ladi.
Plitalar g‘ishtli binolarni, temirbeton panellarni, sokollarni tashqi tomonini
bezashda, er osti yo‘laklarini qoplashda ishlatiladi. (3.4rasm).
Dostları ilə paylaş: