3.5-chizma.
Davlat
mulkini
xususiylashtirishning
usullari
Mamlakatimizda amalga oshirilgan xususiylashtirish jarayonining o’ziga xos jihati
- bu uning bosqichma-bosqich olib borilayotganligidir (3.6-chizma).
3.6-chizma.
O’zbekistonda mulkni
davlat
tasarrufidan
chiqarish
va xususiylashtirish
jarayonini
amalga
oshirish
bosqichlari
O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga
yondashuvning muhim xususiyati - uni dasturlar asosida bosqichma-bosqich
amalga oshirishdan iborat. 1992-1993 yillar xususiylashtirishning birinchi
bosqichini o’z ichiga olib, bu bosqichda xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy
fondini, savdo, mahalliy sanoat. xizmat ko’rsatish korxonalarini hamda qishloq
xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash tizimini qamrab oldi. Yengil, mahalliy
sanoatga, transport va qurilishga, boshqa tarmoqlarga qarashli ayrim o’rta va yirik
korxonalar keyinchalik sotib olinish huquqi bilan ko’proq ijara korxonalariga,
jamoa korxonalariga, yopiq turdagi aktsionerlik jamiyatlariga aylantirildi.
Aktsiyalarning nazorat paketi davlat ixtiyorida saqlab qolindi.
Xususiylashtirishning birinchi bosqichida davlat xalq xo’jaligining iqtisodiy
jihatdan samarasiz bo’lgan, biroq butun mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotida
muhim rol o’ynaydigan ayrim sektorlarini, ayrim korxonalarni saqlab turishni va
mablag’ bilan ta’minlash vazifalarini o’z zimmasiga oldi.
Dostları ilə paylaş: |