Kirish Tijorat banklari foiz siyosati va uning tuzilishi Kredit bahosi va uning shakllanish mexanizmi. Banklarning aktiv va passivlari bo’yicha foiz siyosatining


Tijorat banklari foiz siyosatini va uning tuzilishi



Yüklə 262,5 Kb.
səhifə2/8
tarix16.05.2023
ölçüsü262,5 Kb.
#114070
1   2   3   4   5   6   7   8
Tijorat banklarining foiz siyosati va kredit uchun foiz turlari

Tijorat banklari foiz siyosatini va uning tuzilishi
Tijorat banklari baho siyosati bank xizmatlariga va mahsulotlariga baho o‘rnatish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Baho siyosati nafaqat bank boshqaruvida asosiy komponent vazifasini bajaradi, balki bank daromadliligini boshqarishda iqtisodda ustuvor ham hisoblanadi. Tijorat banklarining baho siyosati asosiy yo‘nalishi bu banklarning foiz siyosatidan iborat bo‘ladi. CHunki, banklar aktiv va passivlar bo‘yicha foiz siyosatini amalga oshirish orqali baho belgilanadi.
Bank sohasida «aktiv» va «passiv» operatsiyalar bo‘yicha foizlar uchraydi. Aktiv operatsiyalar bo‘yicha foizlar – bu mijozlar tomonidan bankka to‘lanadigan foizlar. Passiv operatsiyalar foizlar esa, bu mijozlarning depozit va jamg‘armalari bo‘yicha bank tomonidan to‘lanadigan foizlar. Qarz beruvchi va qarz oluvchilar o‘rtasida moliyaviy vositachilar sifatida qatnashayotib, banklar birinchilardan olingan mablag‘larni ikkinchilarga vaqtinchalik foydalanishga beradilar. Bunda qarz beruvchilar depozitlar bo‘yicha foizlar oladi, qarz oluvchilar ma’lum vaqtda mablag‘lardan foydalanish imkoniga ega bo‘ladilar bank manfaati esa marja ko‘rinishida ifodalanadi.
Bank foizidan foydalanish mexanizmi bir nechta elementlarni o‘zida mujassamlashtiradi va uning yordamida bank foiz siyosati vujudga keladi hamda uning amaldagi ko‘rinishi ssuda foizi hisoblanadi. Bank foiz stavkasiga olimlar turlicha ta’riflar berganlar. Masalan I.O. Lavrushin bank foizini kredit munosabatlarida qatnashuvchi sub’ektlardan biri bank bo‘lgan holda vujudga kelishini ta’kidlaydi. Ssuda foizi esa ssudan vaqtinchalik foydalanishga ssudalashtiriladigan o‘ziga xos narx hisoblanadi. SHunga o‘xshash ta’rifni yana bir olim Tavasiev berib u shunday deydi: "banklar uchun pullar o‘zida "oldi-sotdi" predmetini ifodalab o‘zining narxi bo‘lgan bank foiziga ega". Nazariy nuqtai nazardan uni to‘lash manbai bo‘lib kreditdan foydalanish natijasida olinadigan qarz oluvchi foydasining bir qismi hisoblanadi.
Bank foizining turli xil formalari mavjud bo‘lib ular: depozit foizi ko‘rinishida, ssuda foizi bo‘yicha, shu bilan birlikda banklararo kreditlar, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha investitsiya foizlari va boshqalar.
Bank foizi mazmunida shuni nazarda tutish kerakki, bank muassasalari o‘zining mablag‘larini emas, balki chetdan keladigan mablag‘larni ssudaga joylashtiradi. Bank faoliyatida bajarilmaydigan majburiyatlar riski, aktiv tomondan pul qo‘yuvchilarning ham passiv tomonidan majburiyatlar bajarilmasligi riskini oshiradi.
Bank foizi 2 xil ma’noda foydalaniladi:

  1. Bank jalb qilgan mablag‘lar (boshqa kredit tashkilotlaridan olingan banklararo kreditlar, jismoniy va yuridik shaxslarning omonotlari va depozitlariga foiz, mijozlarning hisobvaraqlaridagi qoldiqlarga foiz) ga to‘laydigan qiymatni ifodalashda;

  2. Bank joylashtiradigan mablag‘larga olinadigan qiymatni ifodalash uchun . Boshqacha qilib aytganda bank foizi turli shakllarda :

Depozit foizi;
Ssudalar bo‘yicha foiz;
Banklararo kreditlar bo‘yicha foiz;
Qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalar bo‘yicha foizlar.
Kredit summasiga muvofiq kelmagan foizning mutloq miqdori hech narsani anglatmaydi. SHu sababdan kredit kelishuvining samaradorligini oydinlashtirish kredit qiymatining u yoki bu ma’qul qiymatni aniqlash uchun nisbiy ko‘rsatkich - foiz normasi ko‘rsatkichidan foydalaniladi:
Ssuda kapitali bozorining turli sektorlari xususiyatlaridan kelib chiqib bir turdagi foiz stavkalari (bank va nobank) ning bir necha guruhini ajratish mumkin:

  • Kredit muassasalari o‘rtasidagi qisqa muddatli kredit operatsiyalarida qo‘llaniladigan pul bozori stavkasi;

  • Qayta moliyalashtirish stavkasi;

  • Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi (birlamchi va ikkilamchi bozor) stavkalar;

  • Bank va boshqa kredit muassasalarining nobank tashkilotlariga va jismoniy shaxslar uchun foiz stavkalari.

O‘z navbatida yuqoridagi guruhlarning har biri doirasida foiz stavkalarini quyidagicha tavsiflash mumkin:
Bitim muddatlari bo‘yicha:  Qisqa muddatli;  Uzoq muddatli.

  • foiz stavkalarining tuzilishi bo‘yicha:  asosiy(bazaviy);

  • qo‘shimcha, ya’ni asosiy o‘zgarishi natijasida o‘zgaradigan foiz stavkalar.

SHakllanish xarakteri bo‘yicha- bozor va tartiblanadigan to‘g‘ri yoki egri (Markaziy bank va boshqa sub’ektlar stavkalari) stavklariga bo‘linadi. Tartiblanadigan stavkalarga qayta moliyalashtirish stavkasi va Markaziy bank shtraf stavkalari kiradi.
Foydalanish ko‘lamiga bo‘yicha- hududiy, milliy va halqaro kredit bozorlarida qo‘llaniladigan stavkalar.
Kreditdan foydalanish davrida o‘zgarish xarakteriga qarab -fiksirlangan (o‘zgarmas) va suzuvchi (o‘zgaruvchi) stavkalarga ajratiladi.
Ssuda foizini belgilar bo‘yicha quyidagicha turga ajratiladi:
Kredit shakllari bo‘yicha - tijorat foizi, bank foizi, iste’mol foizi, lizing bitimlari bo‘yicha foiz, davlat krediti bo‘yicha foiz.
Kredit muassasalari turi bo‘yicha-Markaziy bank hisob stavkasi, bank foizi, lombard foizi.
Investitsiya turi bo‘yicha-oborot mablag‘lariga kredit bo‘yicha foiz, asosiy fondlarga investitsiya bo‘yicha foiz, qimmatli qog‘ozlarga investitsiya bo‘yicha foiz.
Kreditlash muddatlari bo‘yicha foiz.
Kredit muassasalarining operatsiya turlari bo‘yicha foiz.
Bank foizdan foydalanish mexanizmi o‘zida banklar amalga oshiradigan foiz stavkasi siyosatining elementlari majmuini ifodalaydi. Mexanizmning alohida elementlari sifatida quyidagilar ajratildadi:
Foiz darajasini shakllantirish usullari;
Foiz stavkalarining differensiyalash mezonlari bo‘yicha;
Markaziy bank tomonidan foiz normasini tartiblash metodlari bo‘yicha;
Foizlar bo‘yicha to‘lovlarni o‘tkazish va undirish tartibi bo‘yicha;
Foizning qarz oluvchilar moddiy manfaatlar tizimi bilan o‘zaro bog‘liqligi;
Kredit muassasalarinng daromadlari va xarajatlarini shakllantirishda foizning o‘rni.
Bank foizidan foydalanishning zamonaviy mexanizmi quyidagilar bilan xarakterlanadi:
Foiz darajasi kredit bitimi tomonlari o‘rtasidagi kredit resurslariga bo‘lgan talab va taklifni hisobga olgan holda shartnoma orqali aniqlanadi.
Markaziy bank doimiy ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ssuda foiz normasini ma’muriy boshqaruvidan uning darajasini qayta moliyalashtirish foiz stavkasini o‘zgartirish va majburiy rezervlar normasini manevrlash orqali tartibga solishning iqtisodiy usullariga o‘tayapti.
Ssudalar bo‘yicha foiz stavkalari tijorat banklari tomonidan kredit kelishuvining aniq shartlarini hisobga olib o‘rnatilmoqda, ya’ni ssuda hajmi va uni tugash muddati, ta’minot mavjudligi, mablag‘larni jalb qilishdagi xarajatlar, kreditni rasmiylashtirish va nazorat bo‘yicha xarajatlar, qarz oluvchining kreditga layoqatliligi va boshqalar.
Bank passiv operatsiyalari bo‘yicha foiz bo‘sh pul mablag‘larini vaqtincha omonatlarga jalb qilish stimuli sifatida oshib bormoqda. Foizlarning o‘tkazilishi va undirilish tartibi shartnomada belgilanadi. Amaliyotda ssuda kunlari sanasi yaqinlashishi bilan oddiy foizlar hisoblash usulidan foydalaniladi.
Xozirgi vaqtda foizlarni to‘lash manbasi kredit qo‘yilmalarining yo‘nalishidan kelib chiqib turlichadir. Qisqa muddatli ssudalar bo‘yicha to‘lovlar mahsulot tannarhiga qo‘shiladi, uzoq muddatli va muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha xarajatlar korxona soliqqa tortilgan foydasiga olib boriladi.
Zamonaviy mexanizmning xususiyati bevosita foizlar bo‘yicha daromad va xarajatlarning bank yakuniy moddiy manfaatlari bilan bevosita bog‘liqligi hisoblanadi.
Bank ssuda kapitalining tannarxi ishlab chiqarish xarajatlari umumiy summasining joylashtirilgan mablag‘lar xajmiga nisbatan ifodalaydi.
Ssuda kapitalining tannarxi quyidagi formula orqali hsioblanadi: Bank xarajatlari 2 asosiy elementlardan tarkib topadi:
Resurslarni shakllantirish bo‘yicha xarajatlar;
Bank faoliyatini ta’minlovchi xarajatlar.
Birinchi guruh xarajatlarga- jalb qilinadigan depozitlar (muddatli va talab qilib olingunga qadar depozitlar) ga to‘lovlar, Markaziy bankning resurslariga foiz, banklararo ssudalar bo‘yicha, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha va boshqalar.
Ikkinchi guruhga boshqa operatsion va bank ma’muriy boshqruv xarajatlari kiradi. Jumladan:

  • Qimmatliklar va hujjatlarni tashish uchun transport ijarasi xarajatlari;

  • Blankalar, magnit lentalar va boshqa narsalarni sotib olish uchun xarajatlar;

  • hisoblarmarkazi xizmatlariga xarajatlar;

  • Amortizatsiya xarajatlari;

  • Bank xodimlariga ish haqi xarajatlari;  Binolarni saqlash va ta’mirlash xarajatlari.

Amaliyotda ssuda kapitalining tannarxi aktiv operatsiyalar bo‘yicha foiz darajasini aniqlashda ularni bergan vaqtdan boshlab foizlar hisoblash boshlanadi. Ssuda foizining yuqori chegarasi bozor sharoitidan kelib chiqib belgilanadi. Quyi foiz darajasi bankning jalb qilish va faoliyatini ta’minlash bo‘yicha xarajatlari orqali aniqlanadi. U kreditlash resurslariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lib hisoblanadi.
Har bir alohida olingan bitimda foiz normasini hisoblashda tijorat banklari quyidagilarni hisobga oladilar:
Bazaviy foiz stavkasining darajasi, bu ma’lum davrga ta’minlangan ssudalar bo‘yicha bankning eng kreditga layoqatli mijozlari uchun o‘rnatiladi; Alohida har bitim sharoitidan kelib chiqib riskni qo‘shish.
Bazaviy foiz stavkasi quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Bazaviy foiz stavka=S1+ S2+ P ; (1) Bu erda:
S1 - rejalashtirilayotgan davrga barcha kredit resurslarining o‘rtacha real bahosi;
S2 - bank faoliyatini ta’minlash bo‘yicha rejalashtirilayotgan xarajatlarning joylashtirilayotgan mablag‘lar hajmiga nisbati;
P- bank ssuda operatsiyalarining rejalashtirilgan foydalilik darajasi.
Kredit resurslarining o‘rtacha real bahosi (S1) o‘rtacha tortilgan formula bo‘yicha hisoblanib alohida resurs turi bahosi va uning bank umumiy jalb qilingan resurslar summasidagi ulushidan kelib chiqib hisoblanadi.
O‘z navbatida alohida bank jalb qilgan resursning o‘rtacha haqiqiy bahosi mazkur resurs bozoridagi nominal bahosi va majburiy zahira normasiga korrektirovka asosida aniqlanadi:
Riskni hisobga olgan holatda quyidagi mezonlpardan kelib chiqib guruhlanadi:
Qarz oluvchining kreditga layoqatliligi; Ssuda bo‘yicha ta’minot va uning xarakteri;
Mijozning bank bilan mustahkam aloqasi;
Foizlarni hisoblash usullari;
Qarz oluvchining kredit muddatiga rioya qilishligi.
Ma’lumki ssuda foizi bank daromadini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi va jalb qilingan mablag‘larga to‘lovlar uning xarajatlari tarkibida muhim o‘rin egallaydi. Bank foiz marjasi bank aktiv va passiv operatsiyalarpi bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalari o‘rtasidagi farq muhim ma’no kasb etadi. Quyidagicha aniqlanadi:
Dp -Rp * 100 %
Mfakt = (3)
Ad
Bunda:
Mfakt - foiz marjasining amaldagi hajmi; Dp - foizli daromadlar;
Rp -Foizlarni to‘lash bo‘yicha xarajatlar;
Ad- foiz ko‘rinishida daromad keltiruvchi aktivlar.
Foiz marjasining tahlili quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi:
Amaldagi foiz marjasini bazaviy bilan solishtirish, fomzlar bo‘yicha daromadlarning oshishi yoki kamayishi sur’atlarini o‘z vaqtida aniqlash imkonini beradi;
Foiz marjasi komponentlarini o‘zgarishining tahlili daromad (xarajatlarning) larning qaysi kategoriyasi uning umumiy o‘zgarishiga olib kelishini aniqlash imkonini beradi.
Foiz marjasining hajmiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar bo‘lib kredit qo‘yilmalari va ularning manbalarining hajmi va tarkibi, to‘lovlar muddati qo‘llaniladigan foiz stavkalar xarakteri va boshqalar bilan bog‘liq bo‘lib hisoblanadi. Umuman olganda, bank sanoati boshqaradi iqtisodiyotmillatning. Tijorat bankining vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Ular muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam beradipul-kredit siyosati.

  • Ular qisqa, o'rta va uzoq muddatli moliyalashtirishni taklif qilish orqali sanoat sektorini rivojlantiradilar.

  • Ular ulgurji va chakana savdo korxonalariga agentlik xizmatlari, overdraft xizmatlari va boshqa yechimlarni taklif qilish orqali savdoni tezlashtiradi.

  • Bularmoliya institutlariquyi va o'rta toifadagi mijozlarga kreditlar bo'yicha iste'mol mahsulotlarini xarid qilishda yordam berish - oson to'lov variantlari.

  • Banklar qishloq va mintaqaviy jabhalarda ham ishlaydi.

  • Qishloq xo‘jaligi ekin yetishtirish, sug‘orish inshootlari, sut chorvachiligi, parrandachilik, bog‘dorchilik va baliqchilikni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi tijorat institutlaridan kuchli moliyaviy yordam oladi.

Tijorat banklari kredit siyosati alohida hujjat sifatida ishlab chiqariladi va bank Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Har bir bank o‘z kredit siyosatini ishlab chiqishi va amalga joriy etishi lozim. Kredit siyosatini ishlab chiqish va ijro etish yuzasidan javobgarlik bank Kengashi va Boshqaruvi a’zolari, bankning boshqa mansabdor shaxslariga yuklatiladi.
Kredit siyosatining tavsifi kredit portfelining tarkibiga, bank o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan hududning iqtisodiyotiga qarab aniqlanadi. Kredit strategiyasini shakllantirishda va tegishli kredit siyosatini tayyorlashda, bank ushbu omillarni hisobga olishi shart.
Bankning kredit siyosati bank Kengashi tomonidan yiliga kamida bir marta tegishli yilning 1-fevraligacha bo‘lgan muddatda qayta ko‘rib chiqilishi kerak.
Yil davomida zaruratga ko‘ra kredit siyosatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin. Agar kredit siyosatining aksariyat qismiga (50 foizdan kam bo‘lmagan) o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilayotgan bo‘lsa, bunda kredit siyosatini yangi tahrirda qabul qilish maqsadga muvofiq.
Bankning kredit siyosati, unga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar yoki uning yangi tahriri bank Kengashi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng 15 kun ichida Markaziy bankka taqdim etilishi kerak.
Bank Kengashi tomonidan bankning kredit siyosatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish zaruriyati mavjud emasligi to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran 15 kun ichida Markaziy bankka Kengashning majlis bayonidan ko‘chirma taqdim etiladi.
Kredit siyosati kredit (mikroqarz) berish to‘g‘risida qaror qabul qilishning bosqichma-bosqich jarayonini va kredit (mikroqarz) berish to‘g‘risida xabardor qilish yoki uni berishni asoslantirilgan holda rad etish tartibini ko‘rsatgan holda kredit buyurtmalarini shaffoflik asosida ro‘yxatdan o‘tkazish va ko‘rib chiqish tartibini o‘z ichiga olishi kerak.
Kredit siyosati bank faoliyati turlariga qarab mazmuni va tuzilmasi jihatidan farq qiladi. Mazkur bo‘lim bank maqomi va u joylashgan manzildan qat’i nazar, kredit siyosatida aks ettirilishi lozim bo‘lgan umumiy masalalar ro‘yxatini belgilab beradi.
Bunda kredit siyosatining yo‘nalishlarida berilayotgan kreditlarning hajmi va shakli, qisqa va uzoq muddatli kreditlar o‘rtasidagi nisbat, moliyaviy axborotlarni tahlil etish jarayoni, kredit portfeli hamda mablag‘larning qaytarilishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar aks ettirilishi lozim.
Har qanday kredit siyosatining maqsadi odatda quyidagilardan iborat bo‘ladi: uzoq muddatli investitsiyalardan aksiyadorlarga yuqori daromad kelishini ta’minlash, likvidlikni saqlab turish, tavakkalchilikni diversifikatsiya qilish, siyosat va tadbirlar birligini kafolatlash, qonunlar va me’yoriy hujjatlarga rioya qilish, hududning kreditlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish.
Kreditlashning strategik yo‘nalishlari bank Kengashi tomonidan belgilanadi va tasdiqlanadi.
Kredit siyosatida kredit ajratishda filiallar tomonidan mustaqil qarorlar qabul qilishda kreditlashning limitlarini belgilash mezonlarini ko‘rsatgan holda bosh bank va uning filiallari o‘rtasida javobgarlikning aniq chegaralari aks ettirilishi lozim.
Kreditlash uchun mas’ul bo‘lgan barcha shaxslar vakolatlari kredit siyosatida qayd etilishi lozim.
Kredit qo‘mitasi majlislari va uning bank boshqaruvi organlari oldida hisobot berishi davriyligi ham kredit siyosatida belgilab qo‘yilishi kerak.
Kredit siyosati bank tomonidan beriladigan kreditlar toifasi va turlarini aniqlashi va belgilashi lozim. Masalan, kreditlash sohalari bo‘yicha: tijorat faoliyati, sanoat, qishloq xo‘jaligi, kapital qo‘yilmalarni moliyalash va b. Kredit turlari bo‘yicha: “kredit liniyalarini ochib va ochmay” kreditlash, lombard va veksel kreditlari va b.
Kredit siyosatida maxsus ssudalarni berish direktiv tamoyillari aniq ifodalangan holda mazkur bank uchun mos kelmaydi yoki maqbul bo‘lmaydi, deb hisoblanuvchi kredit turlari va toifalari ham ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Kredit siyosati banklarga taqiqlovchi quyidagi qoidalarni o‘z ichiga olishi kerak:
jismoniy shaxslarga xorijiy valyutada kreditlar (qarzlar) berish va kreditlar (qarzlar) bo‘yicha ularning majburiyatlarini xorijiy valyutada hisobga olish;
ilgari olingan kreditlar (qarzlar) bo‘yicha so‘ndirilmagan muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lgan taqdirda jismoniy shaxslarga yangi mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish.
Kredit siyosati kreditlar va mikroqarzlarning to‘planishi darajasi, shu jumladan kredit turlari, iqtisodiyot tarmoqlari, geografik hududlar va boshqalar bo‘yicha to‘planishi darajasi monitoringi bo‘yicha talablarni o‘z ichiga olishi zarur. Kredit siyosatida rahbariyatga muntazam ravishda topshiriladigan tegishli hisobotlarni tayyorlashga doir talablar belgilanishi lozim.
Kreditni to‘lash muddati uni to‘lashning birlamchi va ikkilamchi manbalarini sinchiklab baholash asosida belgilanishi kerak. Kredit siyosat rahbariyat nuqtai nazaridan har xil toifa va turdagi kreditlarni to‘lashning ma’qul dasturlaridan iborat bo‘lishi zarur.
Kredit siyosati kreditlar berishning maksimal muddatlarini belgilashi lozim. Ushbu siyosat, shuningdek kreditning asosiy summasini kredit to‘lash muddatining so‘ngida va kredit to‘lashning boshlang‘ich muddati uzaytirilayotganda qaytariladigan kredit turlarini berish tartibini ham o‘z ichiga olishi kerak.
Kredit siyosati to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash, mablag‘larning qaytarilishi va berilgan kreditlar bo‘yicha qarzdorlikni undirib olish bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘z ichiga olishi kerak.
Bank kredit siyosati kredit berish bosqichida ham, keyingi monitoring bosqichlarida ham jismoniy va yuridik shaxslarning moliyaviy hisobotlariga nisbatan qo‘yiladigan talablarni o‘z ichiga olishi kerak. Moliyaviy hisobotlarni auditorlik tekshiruvlaridan o‘tkazish, naqd pul oqimi va boshqa ma’lumotlar bo‘yicha hisobotlarni taqdim etish yuzasidan qo‘yiladigan talablar aniq ifodalanishi zarur. Shuni ham qayd etib o‘tish lozimki, banklar talab qiladigan ma’lumotlar Milliy Buxgalterlik Hisobi Standartlariga (MBHS) muvofiq taqdim etilishi kerak.
Kredit siyosatida potensial qarzdorlarning kredit qobiliyatini (likvidlik, qoplanish, muxtorlik koeffitsiyentlari, kapitallashtirish darajasi, garov ta’minoti ekspertizasi va b.) aniqlash uchun ularning moliyaviy ahvolini tahlil qilish tadbirlari batafsil yoritilishi lozim. Bank qarzdorlarning kredit qobiliyati mezonlari va ularni baholash metodikasini aniq belgilab olishi kerak.
Bundan tashqari, kredit siyosati qarzdorlar tomonidan biznes rejaga buyurtmalar portfelining tuzilishi va bank kreditidan foydalangan holda ko‘rsatiladigan xizmatlar, ishlab chiqariladigan tovarlarni sotish bozorining mavjudligini kiritish bo‘yicha talabni o‘z ichiga olishi kerak.



Yüklə 262,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin