1-jadval ma’lumotlaridan ko‘rish mumkinki, tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha foiz stavkalar bazaviy stavkalarning ko‘tarilishi sharoitida «praym ko‘paytirish» usuli bo‘yicha hisoblangan ko‘rsatkichlar «praym plyus» usul bo‘yicha hisoblangan ko‘rsatkichlarga nisbatan tez o‘sadi. Bu usullarda «praymreyt» stavkasiga bank tomonidan qo‘yiladigan ustama mos ravishda qo‘shish yoki ko‘paytirish orqali aniqlanadi. Misol uchun bazaviy stavka 14 foizni tashkil qilsa va unda qarz oluvchiga qisqa muddatli kredit bo‘yicha «praym + 2%» usulida 16 foiz belgilanadi. «Praym ko‘paytirish» usulida esa («praym-reyt*1.2») 16,8 foiz o‘rnatiladi. Bazaviy stavkalarning pasayish sharoitida esa teskari holat kuzatiladi. Boshqacha qilib aytganda, «praym ko‘paytirish» usuli geometrik progressiyaga,
«praym plyus» usul arifmetik progressiyaga muvofiq tarzda o‘zgaradi. Demak, foizlar asosan ssuda bo'yicha olingan yoki jamg'arma yoki investitsiya hisobvarag'idagi depozitlar ustiga olingan asosiy summaga to'lanadigan qo'shimcha puldir. Foizlar qarz beruvchining qarzga berilgan puldan foydalana olmasligi sababli yuzaga keladigan imkoniyat xarajatlaridan kelib chiqadi.
Foizlar odatda kredit yoki omonatning foizi sifatida hisoblanadi. Foizlarni to'lash davriy ravishda, ya'ni oylik, yarim yillik, yillik yoki kredit yoki jamg'arma/investitsiya shartnomasida belgilangan boshqa muddatlarda amalga oshiriladi.
Foizlar odatda yillik stavka sifatida ko'rsatilgan, ammo bir yildan qisqaroq yoki uzoqroq davrlar uchun hisoblanishi mumkin. Hisoblangan foiz stavkasi foiz stavkasi deb ataladi. Foizli moliyaviy vositalarga misollar qatorida kreditlar, ipoteka kreditlari, kredit karta qarzlari, obligatsiyalar, tijorat qog'ozlari, muddatli depozitlar, bankirlarning akseptlari va boshqalar kiradi.
1970 yillardan boshlab, xo‘jalik sub’ektlarga taqdim etiladigan kreditlar bo‘yicha asos sifatida ishlatiladigan foiz stavkalar «praym- rayt» bilan bir qatorda tijorat banklari LIBOR (London banklararo taklif stavkasi) stavkasini keng doirada foydalana boshladilar. Bu bank tizimining globallashuvi bilan hamda etakchi banklar tomonidan evrodollarni kredit resurs sifatida tobora ko‘p ishlatilishi bilan bog‘liq.
Kredit bo‘yicha «praym-rayt» asosida foiz stavkalarning takomillashgan modeli 1980 yillarda paydo bo‘ldi. «Praym-rayt» modelining paydo bo‘lishi kuchli raqobat sharoitida yirik banklarning bozorni egallash va mijoz bazasini kengaytirishga qaratilgan faoliyati bilan izohlanadi. Bank kreditlariga talab ortib borgan sari, foiz stavkani kerakli darajada ushlab turish va boshqa banklar bilan raqobatlasha olish muammosi paydo bo‘la boshlaydi. Misol uchun AQSH da ko‘pchilik banklar ba’zi yirik va o‘rta korporatsiyalarga «praym-reyt»dan past pul bozori stavkasi bo‘yicha bir necha kun va hafta muddatga operatsion xarajatlar, riskni qoplash va daromad olish uchun unchalik katta bo‘lmagan marja (0,25 foizdan 0,75 foizgacha) qo‘shib boriladigan foizlarda kredit berishni amalda qo‘llay boshladi. Ushbu stavka quyidagi formula asosida aniqlanadi:
Kredit foiz stavkasi Pul bozorida mablag‘ Riskni qoplash va («praym-reyt» dan past) jalb qilish bo‘yicha daromad olish xarajatlar uchun ustama. Tijorat banklari mijozlardan omonatlarni qabul qilish va bu depozitlardan kredit olish uchun foydalanish orqali ishlaydi. Banklar o'z pullarini mijozlarning omonatlaridan oladi, bu esa ularni keyinchalik kredit sifatida taqdim etish imkonini beradi. Ular ipoteka, avtotransport kreditlari, kompaniya kreditlari va shaxsiy kreditlar uchun olinadigan foizlar bo'yicha foyda olishadi. Chek yoki omonat hisobvarag'iga ega bo'lgan mijozlar o'z depozitlari bo'yicha foizlarni ham oladilar.
Tijorat banklari ko'pincha moliyaviy maslahatlar yoki asosiy investitsiya xizmatlari kabi boshqa xizmatlarni taqdim etadilar.
«Praym-reyt» stavkasidan farqli ravishda past stavkalar amaliyotda keng qo‘llanila boshlandi. Bu foiz stavkalar bankning mablag‘larni jalb qilish borasidagi stavkalariga tenglashib qolgan edi. Ushbu stavkalarning joriy qilinishi «praymreyt» stavkasining bazaviy stavkasi funksiyasini yo‘qolishiga olib keldi.
Keyingi yillarda rivojlangan mamlakatlar bank tizimida paydo bo‘lgan, «Baho etakchiligi» modelining yana bir shakli sifatida «kep» deb ataluvchi stavkalar kredit foizlarini aniqlashda qo‘llanilmoqda. Buning mazmuni shundaki, bank mijozga suzib yuruvchi stavkada kredit berganda bazaviy stavkalar o‘zgargan sharoitda ham o‘zgarmaydigan kreditning maksimal foiz stavkasi hisoblanadi.
Ammo banklar o‘zlarining kredit shartnomalari bo‘yicha «kep» stavkalarini o‘rnatishda ehtiyot bo‘lishlari lozim. YUqori foiz stavkalarini ushlab turishning uzoq davri, suzib yuruvchi foiz stavkalari bo‘yicha riskning qarz oluvchidan kreditorga o‘tib ketishga olib kelishi mumkin.
«Qiymat–foyda» modeli asosida kredit stavkasini o‘rnatish. AQSHda bank amaliyotida tijorat banklarining barcha xarajatlarini va kreditlash faoliyatida yuzaga keladigan risklarni qoplay oladigan hamda bank uchun etarli daromadni ta’minlaydigan foiz siyosati shakllanishining murakkab modellari ishlab chiqilib amaliyotda keng qo‘llanilmoqda. SHunday modellardan biri «Qiymat–foyda» modeli hisoblanadi. Bu modelga muvofiq, bank zarur moliyaviy resurslarni jalb qilishi, kreditlash amaliyoti xarajatlarini qoplashi va natijada etarli foydaga erishishi ko‘zda tutiladi.
«Qiymat–foyda» modeli nuqtai nazaridan kredit foiz stavkalarini o‘rnatishga yondashuv «mijozning daromadliligi tahlili» nomi bilan mashhur bo‘lgan konsepsiyaning bir yo‘nalishi hisoblanadi. Kredit bahosi qarz oluvchi mijozlarning daromadlarini tahlili asosida shakllantiriladi. Bunda kredit olishga buyurtma bergan mijozlarni o‘rganishda, qarz oluvchi mijozning bank bilan munosabatlarini tahlil qilishga asosiy e’tibor qaratiladi. Tahlil ob’ekti mijozdan keladigan daromadlar hisoblanib, bank mijozidan olinadigan kredit foizlaridan tashqari daromad keltiradigan boshqa manbalar ham tahlil qilinadi.
Quyidagi keltirilgan 1.1-rasmda bank kreditlari foiz stavkalarining tarkibiy qismlari keltirilgan.