Toʻxtasin Jalilov (1895, Andijon — 1966.10.5, Toshkent) — apdokli sozanda (gʻijjakchi) va bastakor, oʻzbek musiqali drama janri asoschilaridan. Oʻzbekiston xalq artisti (1937). Us t a Ofoq Oxun va Muhammad Usmon tanburchidan taʼlim olgan. 1918—20 yillarda tashviqot brigadasida xonanda va sozanda. Milliy musiqa toʻgaragi (1923—26), Andijon musiqali drama teatri (1929—34), Toshkentdagi Oʻzbek davlat musiqali teatri (1934—36), Oʻzbek davlat filarmoniyasining ashula va rake ansambli (1937—40), Muqimiy teatrida badiiy rahbar (1940—52), musiqa rahbari (1952-66).
1927—29 yillarda F. Zafariyning "Halima", K. Yashinning "Urtoqlar", S. Abdullaning "Oyxon", 1935-yilda K. Yashin va M. Muhamedovning "Gulsara" pyesalariga, oʻzbek sanʼati dekadasi (Moskva, 1937)da koʻrsatilgan "Sayil" va "Kolxoz toʻyi" tomoshalariga oʻzbek musiqa merosi namunalarini moslashtirgan va mustaqil musiqa nomerlari yaratgan. "Tohir va Zuhra" (S. Abdulla librettosi, 1940), "Nurxon" (K. Yashin, 1942) kabi asarlari musiqali drama janrining yuksak namunalariga aylangan. A. S. Pushkinning "Ruslan va Lyudmila" dostonidagi "Bagʻishlov" matniga J. yaratgan romans bastakorlik ijodiyotidagi kamyob asardir. Ikkinchi jahon urushi yillarida T. Sodiqov, M. Burhonov va b. kompozitorlar hamda bastakor N. Hasanov bilan birgalikda " Oʻzbekiston qilichi" (1942,29-aprel) konsert-spektakliga musiqa yaratgan. Urushdan keyingi yillarda "Muqimiy" (S. Abdulla, 1949), "Ravshan va Zulxumor" (K. Yashin, 1957) musiqali dramalarini G. Mushel, "Alpomish"ni (S. Abdulla, 1949) B. Nadejdin, "Gʻunchalar"ni (Z. Fatxullin, 1945) B. Brovsin, soʻnggi musiqali dramasi — "Fargʻona hikoyasi"ni (H. Gʻulom, 1962) B. Zeydman bilan hamkorlikda yaratgan. B. Brovsin bilan "Tohir va Zuhra" musiqali dramasi asosida yaratilgan shu nomdagi opera (1949, 2-tahriri 1955) va operabalet ham muallifi. J. jami 40 dan ortiq musiqaviy sahna asarlari yaratishda qatnashgan. "Oyxon", "Tohir va Zuxra", "Alpomish" musiqali dramalari qator respublikalarda va chet ellarda sahnalashtirilgan. Oʻzbek mumtoz shoirlaridan Navoiy, Furqat ("Bahor ayyomida"), Muqimiy ("Gulistonim mening") va b. gʻazallariga bastalagan ashulalari, "Signal" (xalq soʻzi), "Dovruq" (K. Ahmadiy sheʼri), "Aziz Vatanim" (Habibiy), "Kokiling" (S. Zunnunova), "Yalla" va "Uynasin" (Uygʻun) kabi qoʻshiqlari ommaviylashib ketgan. S. Abdulla sheʼriga bastalagan "Toʻylar muborak!" qoʻshigʻi nikoh toʻylarining albat asariga aylangan.
1925—27 yillarda Oʻzbek konsert-etnografik ansamblining Qozon, Moskva, Leningrad, Boku sh.lari boʻylab va chet el (Parij, Berlin)da bergan konsertlarida faol qatnashgan. Xalq raqslari jahon festivali (London, 1935)da ishtirok etib, Oltin medalga sazovor boʻlgan. Eronga gastrolga borgan konsert brigadasining oʻzbek gruppasiga rahbarlik qilgan (1942). Shogirdlari: S. Kalonov, K. Jabborov, F. Toshmatov, M. Mirzayev, D. Zokirov va b. Katta qizi Eʼtibor Jalilova — Oʻzbekiston xalq artisti, oʻgʻillari Dehqon Jalilov — Oʻzbekistonda xizmat kursatgan sanʼat arbobi, ommaviylashgan — "Aylagach" (Navoiy) kabi ashulalar muallifi Xolxoʻja (1919—71) va mohir sozanda Salohiddin Toʻxtasinovlar — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar, kichik qizi Xolida Jalilova — xonanda-pedagog. Oʻzbek davlat filarmoniyasining oʻzbek xalq cholgʻu asboblari orkestriga Toʻxtasin Jalilov nomi berilgan (1967). — Oʻzbek bastakorlik maktabi dargʻalaridan biri boʻlgan Oʻzbekiston xalq artisti, atoqli bastakor, mohir sozanda Toʻxtasin Jalilov yurtimizda mumtoz musiqa sanʼatini shakllantirish va rivojlantirishda, yosh avlodni tarbiyalashda beqiyos hissa qoʻshgan ustoz sanʼatkorlardan. — deydi Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi, Sanʼat arbobi Rustam Abdullayev. — Bastakorning milliy ruh bilan yoʻgʻrilgan betakror kuy va qoʻshiqlari, ashulalari xalqimiz orasida keng tanilib, millatimiz faxriga aylandi.
Tadbirning asosiy qismi konsert shaklida tashkil qilinib, tashrif buyurgan mehmonlarga bastakor tomonidan bastalangan qoʻshiqlar guldastasi sozandalar ansambli, maqomchi va xalq artistlari tomonidan ijro etildi.
Toʻxtasin Jalilov 1896-yilda Andijon shahrida tavallud topgan. 10 yoshidan Yusufjon changchi boshchiligidagi sanʼatkorlar bilan xalq sayillarida, qishloq va shahardagi toʻy marosimlarda qatnashib musiqa sirlarini qunt bilan oʻrgandi. 1925-yildan Toʻxtasin Jalilov Hamza tashkil etgan Fargʻona teatr truppasida ish faoliyatini boshladi. Keyingi yili mashhur sanʼatkor Muhiddin Qoriyoqubov taklifi bilan Samarqanddagi Oʻzbek davlat etnografik ansamblida ishini davom etdi.
1927-yilda ansambl bilan Moskva, Leningrad, Boku, Qozon va Ufa shaharlarida oʻtkazilgan gastrol konsertlarida boʻldi. 1928-1934-yillarda Andijondagi Oʻzbek davlat musiqali drama teatri musiqa rahbari, 1934-yildan Toshkentdagi Oʻzbek davlat musiqali teatrining musiqa rahbari, 1936-yildan Muhiddin Qoriyoqubov rahbarligida tashkil topgan Oʻzbek davlat filarmoniyasi badiiy rahbari, 1940-1949-yillarda Muqimiy nomidagi musiqali) drama teatri badiiy rahbari vazifalarida faoliyat olib bordi.
Toʻxtasin Jalilov oʻzbek milliy musiqasini jahonga targʻib qilishda katta hissa qoʻshdi.
Xususan, 1936-yilda Londonda oʻtkazilgan jahon raqs festivalida Muhiddin Qoriyoqubov, Toʻxtasin Jalilov, Tamaraxonim, Usta Olim Komilovlar qatnashib, xalqaro eʼtirofga sazovor boʻlishdi.
Toʻxtasin Jalilov 30 dan ortiq yaratgan musiqali dramalari bilan ona zaminimizda bu janrning ildiz otishi va rivojlanishiga beqiyos hissa qoʻshgan.