Kirish Tóxtasin Jalilov hayoti va ijod yoʻli T. Jalilov ijodiga mansub musiqali dramalar Tohir va Zuhra musiqali dramasi tahlili Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati



Yüklə 32,82 Kb.
səhifə6/7
tarix03.06.2023
ölçüsü32,82 Kb.
#124166
1   2   3   4   5   6   7
Tóxtasin Jalilov

Monolog (yunon monos + logos - nutq) - 1. aytilganlarga to'g'ridan-to'g'ri javob berishni anglatmaydigan nutq (dialogdan farqli o'laroq - qarang); 2. rivojlanish psixologiyasida - yosh bolalarning o'zlari bilan yolg'iz gapirishlari. Ba'zida kattalarda, ayniqsa chalg'itishga moyil bo'lganlarda uchraydi; 3. psixopatologiyada - yo'qolgan yoki ilgari muloqot ko'nikmalarini rivojlantirmagan bemorlarning nutqi. Ko'pincha bu nutq buzilishi otistik bemorlarda, xususan, shizofreniya kasalligida aniqlanadi.
Miniatyura (frans. miniature; lot. minium — qizil boʻyoq) — badiiy usullari oʻta nafis boʻlgan kichik hajmli (moʻʼjaz) tasviriy sanat asarlari. Oʻrta asr qoʻlyozmalarini ziynatlash uchun yaratilgan nafis moʻʼjaz rasmlar, shuningdek, suyak, pergament, magʻzi soxta (toshqogʻoz), metall, chinni, baʼzan maishiy buyumlar (tamakidon, soat, uzuk va boshqalar)ga ishlangan kichik hajmdagi rangtasvirga ham MINIATURA atamasi qoʻllanadi.


Tohir va Zuhara - oʻzbek xalq dostoni. Oʻrta Osiyo, Volgaboʻyi, Ozarbayjonda Tohir va Zuhra nomi bilan afsonalar keng tarqalgan. Shu afsonalar asosida xalq ertaklari, dostonlari yaratilgan. Oʻzbek xalqogʻzaki ijodida ham "Tohir va Zuhra" nomli xalq ertagi va dostonlarining bir necha variantlari uchraydi. "Tohir va Zuhra" dostonida ikki yosh — Tohir va Zuhra oʻrtasidagi fojiali muhabbat tasvirlanadi. Tohir va Zuhra syujeti asosida Sayyodiy (17— 18-asrlar) ayni nomda va Mullanafas "Zuhra va Tohir" dostonlarini yaratganlar. Shuningdek, Sobir Abdulla "Tohir va Zuhra" musiqali dramasini yozgan (1938), "Oʻzbekfilm" kinostudiyasi shu nomda kinofilm yaratgan (1945).
Tarixiy asar uchun muhim bo’lgan tarixiy haqiqatga sodiqlik dramada o’zining to’liq ifodasini topgan. XV-asr feadalizm davrida yuz bergan tarixiy xodisalarning va shu muhitda yashab ijod etgan Navoiy, Behzod, Sohibdaro, Husayn, Majididdin, Binoiy va Mo’minmirzo kabi tarixiy shaxslarning asarga asos qilib olinishi fikrimizning aniq isboti bo’la oladi. Bular esa dramaning chuqur tarixiyligini, o’tmishni bilishy jihatdan ham muhim ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatadi. Dramaturgalar asarning g’oyaviy-badiiy jihatdaqn mukammalligini oshirishda badiiy to’qimadan ham ustalik bilan foydalanganlar. Natijada dramada yuqorida nomlari qayd etilgan tarixiy shaxslar bilan bir qatorda Guli, Abdumalik, Turdiboy, Qulmuhammad, Hosiyat, Qunduz, Qutbiddin, Ubaydullo, Mansur, Abdulvose, Munajjim kabi persanajlar ham o’rin olgan. Bu persanajlar yozuvchilar ijodiy fantaziyasining mahsuli bo’lib, ular ma’lum hayotiy haqiqatga egadir. Busiz to’qima obrazni tasavvur etish qiyin. San’atkorlar ijodiy xayolning hayotiyligi ayniqsa, Navoiy bilan Guliy o’rtasidagi muhabbatga va shoir bilan Mansur munosabatlariga asoslangan yordamchi syujet chizziqlarida yorqin namoyon bo’ladi.
Alisher Navoiy har bir voqea va hodisaga “Aql va idrokning talabiga ko’ra” yondoshadi va har bir masalaga xalq va davlat manfaati nuqtai nazaridan baho beradi. Navoiy Hirotdagi xalq isyonini ham bostirishda masalaga adolat va haqiqat nuqtai nazaridan qaraydi “xalqning haqli talablariga odilona quloq solmoq lozim” ligini shohdan talab etadi. Majididdin esa tezda isyonchilar ustiga qo’shin tortib bosqinni bartaraf etishni taklif qiladi. Bayqaro esa “Temur avlodi qilichning qudrati” ni ko’rsatishga shoshiladilar.Yodgormizo poytaxtga kirish va Bog’iston qal’asini egallashi vaziyatni yanada murakkablashtirardi. Mamlakat tinchligi va osoyishtaligi uchun jiddiy xavf bo’lgan ushbu voqeani bartaraf etishda ham Navoiy “bunday musibatlarni hayajon va his bilan emas, har bir mushkulni aql va sovuqqonlik bilan, hal qilish” ni lozim ko’radi. Bu og’ir vaziyatda ham Alisher xalq va davlat manfaati yuzasidan yurtni tinchitish va Yodgor Muhammadni tinchitish borasidagi butun ixtiyorni o’z zimmasiga oladi. Navoiy poytaxt qo’zg’olonchilari oldiga borib, Hirot beklari tomonidan nohaq solingan soliqlarni hirojni bekor qiladi. Xalqning odil talabiga quloq solib, zolim beklarni jazolaydi. Me’mor Jaloliddin yordamida Bog’iston qal’asiga yashirin yo’l bilan kirib Yodgormirzoni tiriklayin qo’lga tushirib, Husayn huzuriga keltiradi. Bu ikki bu ikki masalani xal qilishda Navoiy xarakteridagi xalq va davlat manfaati yo’lida har qanday og’ir vazifani bajarishga qodirlik, xaqiqatparvarlik va adolatparvarlik xususiyatlar yorqin holda ko’rinadi. Navoiy davlat arbobi sifatida ushbu fazilatlari bilan Husayn Bayqaro va Majididdinlardan yuqori turadi. Chunki Husayn saltanat ishlariga o’zining “dunyo bevafo, toj-tah bebaho” qabilidagi falsafiy qarashi bilan yondoshsa, Majididdin esa urush va tengsizlik tarafdori.
Dramaturgalar Navoiy obrazini puxta yaratish uchuntarixdan muhim voqealarni saralab oldilar misol uchun asardagi Darveshali qo’zg’olonini olaylik. Tarixdan ma’lumki, Alisher Navoiyning inisi darveshali saltanatga qarshi bosh ko’targan. Dramadan Darveshali qo’zg’oloni Navoiy tamonidan bostirilganligi va u Husayn huzuriga yuborilganligidan xabardor bo’lamiz. Demak dramaturglar bu tarixiy faktdan ham Navoiy harakteridagi xalq va mamlakat tinchligi yo’lida har qanday og’ir vazifalarni bajarishga qodirlik kabi muhim hislatlarni yanada yorqinroq ko’rsatishda ustalik bilan foydalanganlar. Darveshali qo’zg’olonini tinchitib, Balhda osoyishdalik o’rnatib, Hirotga qaytgan Alisher katta hurmat va izzat o’rniga asossiz zulm va razolatga duch keladi. “Fitnachi o’rgimchak” ning omon qolishi, inisi Darveshalining zindonga solinishi, ariq qazish ishlarining to’xtatilishi, Jaloliddinning qatl etilishi va Gulining haramga keltirilishi kabi voqealar Majididdin boshliq reaktsion guruhlarning Navoiy va uning tarafdorlariga qarshi ochiqdan-ochiq kurashga o’tish edi. Gulining o’limi bilan ham Alisherning qaddini buka olmagach, shoir bilan Husayn o’rtasiga nizo sola olmagach, Majididdin “mish-mishlarga qaraganda shahzoda Badiuzzamonning feli bir aynigan emish. Alisher siz o’tirgan taxtga o’g’lingiz Badiuzzamonin yoki nabirangiz Mo’minmirzoni ko’rmoq orzusida yurgan emish!” deb yana fisqu fasodni avjiga mindirib, shohni Alisherdan voz kechishga undaydi va o’zining razil muddaosiga erishadi. U nurning zulmat ustidan g’alabasi yo’lida kurash olib borishdan charchamaydi. “Astrabotdek notinch bir viloyatda ham tinchlik va osoyishtalik o’rnatadi”. “Balh ustida chiqqan ota bilan bola o’rtasidagi xavfli mojaroni bartaraf etadi ” va mamlakatta nisbiy tinchlik o’rnatish, insonlar o’rtasida adolat va haqiqat urug’larini sochish Alisher Navoiy uchun eng mo’tabar, eng oliyjanob ish edi. Navoiy simosidagi bu oliyjanob fazilatlar bizga yaqin zamondoshlarimiz uchun ibratlidir. Asar mualliflarinig Navoiyning ijtimoiy-siyosiy faoliyatini puxta aks ettirishga aloxida e’tibor berishlarining sababi ham shunda. Chunki tarixiy shaxs sifatida shoir faoliyatidagi ushbu fazilatlar bir tomondan, asarda Navoiy xarakterini qirrqlarini yorqin aks ettirishda ikkinchidan esa dramaning zamonaviy ruhini yanada oshirishda katta ahamiyatga ega edi. Navoiy Hirotdagi xalq isyonini bartaraf etish, Yodgormirzoni da fetish uchun jo’nar ekan Bayqorodan “xalq xuzurida, butun kuchuni yurtni obot qilishga sarf eturlar”, diya vada berishga vakolat so’raydi. Shoh ham bunga rozi bo’ladi. Biroq Bayqoro Majididdinning ta’sirida o’z va’dasidan voz kechadi xalq vakili sifatida saroyga yuborilgan Jaloliddin pulsiz qaytadibu Majididdin boshliq salbiy kuchlar tamonidan Navoiyga berilgan birinchi zarba edi dramada Navoiyning ijtimoiy-siyosiy faoliyati yoritilishi jarayonida shoir ideali, Navoiy va xalq masalalari ham ochiq oydin namoyon bo’ladi. “Adolat barchadan afzal va oliy” deb tushingan Navoiy mamlakatda adolat va haqiqatning qaror topishi faqat yurt bog’boni podshoh amri bilangina ro’yobga chiqishi mumkin deb o’ylaydi va barcha masalalarga shu mezon asosida yondoshadi. Uning Husayinni odillikga chaqirishi, yurt va xalq g’amini yeyishiga da’vat etishning boisi ham shunda. Haraktaerlarni harakatda ochish san’atdamazkur asarlarda mavjud xislat-traditsiyalarini muallif bilan birga safdoshlari ham davom ettiradi, ularni yangi-yangi navatirona xususiyatlar bilan boyitdi. Shu jihatdan ayniqsa, Uyg’un va Izzat Sultonning “Alisher Navoiy” (1944) p’esasi alohida etiborlidir. Har bir davr adabiy jarayonining o’z shoh asari, o’z durdonasi bo’ladi. Dramaturgiyamizning yigirmanchi va o’ttizinchi yillarini “Boy ila xizmatchi”, “Maysaraning ishi” , “Paranji sirlari”, “Gulsara”, “Nurxon” larsiz tasavvur qila olmaganimizdek uning qirqinchi yillarini “Alisher Navoiy” siz idrok etaolmaymiz.
Drama maqsad, izchil rivojlantirilishi, ustunlik bilan amalga oshirilishi namuna bo’larli darajaga yetkazilgan. Asarda konflikt ibtidosi g’oyat qisqa. Shoh Husayn Bayqaroning yangi xiroj olish to’g’risidagi buyurug’iga qarshi xalq g’alayoni va poytaxtga Yodgorbekning kutilmaganda bostirib kelishi bilan dramatik kanflikt tugallanadi. Lekin “Alisher Navoiy” ga xos xususiyatlar ayniqsa uning murakkab rejalanganligi, mualliflarning maqsadi o’tkir qiyinchilik vaziyatlardan chuqur hayotiy zaminda ta’sirli ifodalashga intilib, yordamchi konfliktlarga murojaat etishlari dramatik harakat tugunini tag’in ham kattaroq tugishga olib keladi: yuqoridagi tugun yuzaga kelgach, Navoiyning ashaddiy dushmani makkor, g’alamis va fitnachi vazir Majididdin shohning maishatparast va buzuq tabiatidan foydalanadi. Uning bog’da yurgan qiz (bu shirning sevgilisi Guliy edi) ni ko’rib, xayoli qochgan shohga “haromboz” deyishi bilan boyagi tugun yana bir bor qattiq tugiladi. Bu yordamchi chiziq Navoiy ideali bilan uning zamoni va zamondoshlari axloqiy va dunyoga qarashlari maslaklaridagi ziddiyatlarzaminidan tug’uluvchi bosh kanfliktni kuchaytirishda, xarakterlar xususiyatlarini ochishda, ularning ruhiy dunyosini ifodalashda ichki va tashqi harakat birligini taminlashda muhim zveno bo’lib qatnashadi. Dramatik konfliktning puxta va qattiq tugulishi, unda murakkab hayotiy ziddiyat va insonning taqdirlarini qamrab olinishi voqealarini tez rivojlantiradi, persanajlar munosabatini darxol keskinlashtiradi, Navoiyning xalqparvarligi, adolat o’rnatishida qat’iy va o’z so’ziga amal qilishi ikkkinchi ko’rinishda tag’in ham kuchliroq qarshiliklarga- bekzodalar va ularning homiylari noroziligiga, Mansur kabi yangi ayg’oqchi dushmanlarning ko’payishiga sabab bo’ladi. Majididdin bilan Yodgorbek o’rtasidagi xoyinlikni ochuvchi xatning Navoiy qo’liga tushishi, Darveshali qo’zg’olonida uning og’asi ulug’ shoirimizning ishtiroki bor deya tuxmat qilinishi, sir ochilmasligi uchun Yodgorbekning qatil etib yuborilishi kabi hodisalar ayniqsa tashqi harakatni tobora kuchaytiradi, chuqurlashtiradi, ichki harakatga zamin hozirlaydi.
Ikkinchi parda oxirida (to’rtinchi ko’rinish) Navoiy dalillar bilan Majididdinning xoyin va razil shaxsligini ochib tashlagach, shoh tomonidan uni o’ldirish uchun jallodning chaqirilishi bilan drama, ayniqsa tashqi harakat ma’lum nihoyaga yaqinlashgandek, uning marrasi ko’rinib qolgandek tuyiladi. Biroq dramaturglarimizning, san’atkorligi konfliktni mahorat bilan rivojlantirishlari, unga munosib harakat tanlaganlari, voqealarni ilgaridan kuchaytirishga, dramatizmning oshishiga olib keladi: Majididdinning ustaomonligi va Darveshali qo’zg’oloni bostirilguncha uning o’limini kechiktirishga shohni ko’ndirishga kifoya qiladi. Bu hol o’z o’rnida yana yangi kurashuvlarning, yangi kuch bilan ilgariga jadal borishiga, murakkablashishiga olib keladi. Yangi jumboq - endi nima bo’lar ekan, degan mushkil savol va sir kitobxon yoki tomoshabinning hayajon va besabrlik bilan kutishga, asardagi dramatizmning asiri bo’lishga mahkum etadi. Kanflikt keskin va murakkab bo’lsa bir shna asarida dramatizm bir necha bor yuqori cho’qillarni egallashi mumkin. Lekin ularning navbatdagisi oldindagisidan kuchli bo’lishi mumkin. Zotan bu janr dramatizmi tabiati shunitalab qiladi. “Alisher Navoiy” da xuddi shunday xislatlar mavjud. Jumladan, beshinchi va oltinchi ko’rinish (uchinchi pardada) Gliyning, shoh haramiga keltirilgach, og’ir va fojeali qismatga yo’liqishi, Jaloliddinning qatl etilishi, obodonchilik ishlarining yo’ldan chiqarilishi xaeakterlarni yangi vaziyatga munosib ravishda chuqur ochadi, dramani murakkablashtiradi. O‘zbek musiqiy teatr tarixida, o‘zbek professional kompozitorlarining orasida birinchi marotaba mustaqil ravishda kompozitor Manas Leviyev shoir – dramaturg Uyg‘un bilan hamkorlikda “Oltin ko‘l” nomli musiqiy drama – komediya partiturasini yaratdi. Mazkur asarning premyerasi 1949-yili 6-noyabrda “Muqimiy nomidagi davlat musiqiy teatr” jamoasining ijrosida tomoshabinlarga havola qilindi. Spektaklning premyerasi respublika jamoatchiligida juda katta taassurot qoldirdi. Matbuotda ham asarga, ayniqsa kompozitor o‘zbek halq musiqasidan “iqtibos” kiritmay milliy ruhda orginal musiqa yaratgani mutaxassislar tomonidan yuqori baholandi. O‘zbek professional kompozitorlarga o‘rnak bo‘lishini bashorat qilishdi. Haqiqatdan ham bashorat zoe ketmadi.
Kompozitor Manas Leviyev (1912 – 1990), “Oltin ko‘l”ga musiqa bastalashdan avval, Leningrad Konservatoriyasini bitirgach, yillar davomida musiqaning turli janrlarida asarlar yaratishda ko‘p ovozli musiqiy uslubda, milliy musiqiy asarlar yaratishda ijodiy izlandi. Mutaxassislik mahoratini oshirishga harakat qildi va ayrim ijodiy yutuqlarga muyassar bo‘ldi. Natijada u zamonaviy milliy ruhda yorqin ommaviy qo‘shiqlar, romanslar, vokal – simfonik asarlar drama teatrining spektakllariga, kinofilmlarga musiqalar bastaladi. “Suhayl va Mehri” nomli balet yaratdi. Yuqorida zikr qilingan barcha kompozitorlar yillar davomida mustaqil ijodiy faoliyatlarida M.Leviyev kabi o‘z ijodiy yo‘lini topib olishda izlandilar, ijodiy mahoratlarini oshirishda tinimsiz ishlab, musiqiy san’atning turli shakl, janrlarida bir talay asarlar ular qatorida musiqiy sahna asarlari ham yaratdilar va yaratmoqdalar.

Yüklə 32,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin