Oltin ko‘l”. Musiqali drama – komediya “Oltin ko‘l” (nomi ramziy ma’noda atalgan)da voqea Farg‘ona vodiysining bir dongdor kolxozida o‘tadi. Mehnat jarayonida sodir bo‘lgan yosh kolxozchilarni mehnatga va kattalarga bo‘lgan munosabatlari, sevgi – muhabbatlari, rashk o‘tida yonishlar, turlicha kelishmovchiliklari aks etgan.
“Jon qizlar”. Zamonaviy qishloq-xo‘jalik mavzuiga bag‘ishlangan musiqiy komediyalar orasida kompozitor Abdurahim Muhammedov (1923-1980)ning “Jon qizlar” asari alohida o‘rin egallaydi. Pyesa mualliflari qirg‘iz dramaturglari: K.Shangitboev va K.Bayseitovlar, o‘zbek tiliga shoir Po‘lat Mo‘min tarjima qilgan. Spektaklning premyerasi 1963-yili Muqimiy nomidagi musiqali teatrda o‘tgan. Mazkur asar tomoshhabinlarda katta qiziqish uyg‘otdi va tez orada “Jon qizlar” respublikamizdagi barcha musiqali drama va komediya teatrlarida ham tomoshabinlarga havola qilindi. Asar sahnalarda uzoq umr ko‘rdi.
“Fotima va Zurha”. Mustaqillik yillarida yaratilgan zamonaviy mavzuda yozilgan musiqali sahna asarlarining orasida kompozitor Farhod Alimovning (dramaturg U.Umarbekovning pyesasi) “Fotima va Zuhra” musiqali dramasi adabiy mazmun va musiqiy saviyasi bilan ajralib turadi. Muqimiy nomidagi respublika davlat musiqali teatr jamoasi 1997-yili spektaklni tomoshabinlarga havola qildi va qizg‘in olqishlarga sazovor bo‘ldi. Asar mazmuni va g‘oyasi giyohvandlikka qarshi kurushga qaratilgan. Zamona zayli bilan yoshlarning orasida bangilikka duchor bo‘lganlarning soni yildan-yilga ko‘payishi sababli, jinoiy voqealar sodir bo‘lmoqda. Mazkur asarda yig‘indi obrazlar orqali, giyohvandlik qanday fojealarga olib kelishi tasvirlanadi.
Xulosa
Bastakorlar va professional kompozitorlar shu davrda yaratgan musiqiy sahna asarlarini tahlil qilishda va ularga baho berishda biz ham atoqli musiqashunos, kompozitor A.N.Serovning italyan va fransuz kompozitorlarining opera, musiqiy drama yoki musiqiy komediyalarining katta qismini tahlil qilib, har bir sahna asariga baho berishda quyidagi mukammal (yuksak orzu) MEZONNI qo‘llab, u yozadi: “ … Agar asar tomoshabin – tinglovchini har sahnada pyesa sifatida ham musiqiy asar sifatida qiziqtira oladigan musiqiy dramani yoki komediyani ham dramatik adabiy mazmun, ham musiqiy taassurot birgalikda bir butun bo‘lib ketgandagina musiqiy sahna asar inson qalbida sezilarli zavq uyg‘otadi, chuqur iz qoldiradi. Agar bunga o‘rni kelganda orkestr sadosi vokal(ovoz) go‘zalligi orqali ajralmas taassurot mukammal bo‘lsa, unda musiqiy drama yoki komediya tomoshabin tinglovchida mukammal taassurot qoldiradi. Shularni amalda hal qilish imkoniyati bor – ku axir!”[5] deydi Serov va hamkasblarini ijodlarida shu “MEZON”ni nazarda tutmoqlariga da’vat qiladi. Biz ham mazkur davrda yaratilgan musiqiy drama va komediyalarning ayrimlarini tahlil qilishda shu “mezon”ga yondoshamiz. Urushdan keyingi to‘rt yil orasida “Muqimiy nomidagi davlat musiqiy teatri”da sahna yuzini ko‘rgan, yuqorida zikr etilgan qardosh respublikalarning kompozitorlari yaratgan spektakllardan tashqari quyidagi musiqiy dramalar ham sahna yuzini ko‘rdilar: 1946-yilning 25-iyunida “Tohir va Zuhra” musiqiy dramasining ikkinchi tahriri;
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Akbarov I., Toʻxtasin Jalilov, T., 1978.
Muzikali dramalardan parchalar, T., 1958; Tanlangan asarlar, T., 1968; Qoʻshiqlar guldastasi, T., 1989.
Matyoqubov O. Andijon samosi.// “Jannatmakon” jurnali, fevral, 2011 yil.
Karimov N. “Tohir va Zuhra”ning ijodkori”. //Yangi O‘zbekiston. 30 yanvar, 2021 yil, 21-son.
Tursunov T. O‘zbek teatr tarixi. Toshkent, 2008.
Dostları ilə paylaş: |